O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet493/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Makrolidlar va azalidlar 
Antibiotiklarning ushbu guruhi o‘zining molekulasi asosida turli xil qandlar bilan 
bog‘langan makrotsiklik lakton halqasini tutadi. Makrolidlar namoyondasi bo‘lib 
eritromitsin, oleandomitsin, roksitromitsin, klaritromitsin va azalidlarniki bo‘lib 
esa - azitromitsin hisoblanadi.
Eritromitsin (eritran, eritrotsin)ni 
Streptomyces erythreus 
ishlab chiqaradi. 
Unga gramm musbat kokklar va patogen spiroxetalar eng sezgirlar. Ammo uning 
ta'sir spektriga gramm manfiy kokklar, bo‘g‘ma tayoqchasi, patogen anaeroblar, 
rikketsiyalar, xlamidiyalar, mikroplazmalar, dizenteriya qo‘zg‘otuvchi amyobalar 
va boshqalar ham kiradi. Binobarin turli mikroorganizmlarga ta'siri bo‘yicha 
eritromitsin benzilpenitsillinni eslatadi, ammo uning ta'sir spektri birmuncha keng. 
Eritromitsinning ta'sir mexanizmi bakteriyalar ribosomalarida oqsil sintezini 
susaytirishdan iborat. Bu peptidtranslokaza fermeti faolligini keskin pasayishi 
bilan 
bog‘liq. 
Me'da-ichak traktidan dori vosita to‘liq bo‘lmasada qonda va to‘qimalarda 
bakteriostatik konsentratsiya hosil qilish uchun yetarlicha so‘riladi. Me'da kislotali 
muhitda eritromitsin qisman parchalanishini nazarda tutib uni kislota ta'siriga 
chidamli kapsula yoki eritromitsinni faqat ichakda ajralishini ta'minlovchi maxsus 
qoplamali tabletkalar (draje) shaklida qo‘llash lozim. Dori vosita turli to‘qimalarga 
oson o‘tadi, Shu jumladan yo‘ldosh orqali. Fagotsitlarda juda katta 


- 851 -
konsentratsiyada to‘planadi (boshqa makrolidlarga o‘xshab). Bosh miya 
to‘qimasiga odatdagi sharoitda o‘tmaydi. Ta'sir davomiyligi 4-6 soat. Safro bilan 
va qisman buyrak orqali ajraladi. 
Eritromitsinni qo‘llash cheklangan, chunki unga mikroorganizmlar tez 
chidamlilik ortiradilar. Shu sababli u rezerv (zaxiradagi) antibiotiklar qatoridan joy 
olgan va uni penitsillin va boshqa antibiotiklar samara bermagan hollardagina 
qo‘llashadi. Eritromitsinni ichish va mahalliy qo‘llash tavsiya etiladi. Eritromitsin 
― kam zahar antibiotik va kamdan-kam hollarda noxush ta'sir ko‘rsatadi. Ba'zida 
dispepsik buzilishlar, allergik reaksiyalar rivojlanadi. Superinfeksiya bo‘lishi 
mumkin. Huddi Shunday xossalar va qo‘llashga ko‘rsatmalarga oleandomitsin ega. 
Uni 
Streptomyces antibioticus 
ishlab chiqaradi.
Oleandomitsin faolligi bo‘yicha eritromitsindan kuchsiz. Ularning antimikrob 
ta'sir spektri va mexanizmi bir xil. Oleandomitsinning ta'sir davomiyligi 6 soat 
chamasida. Zaharliligi past. U eritromitsinga nisbatan kuchliroq mahalliy 
ta'sirlantirish xossasiga ega. Rezerv antibiotiklarga kiradi. Tabobat amaliyotida 
oleandomitsin fosfat (oleandotsin, romitsil) enteral qo‘llaniladi (ichiladi).
Oleandomitsin fosfatni tetratsiklin (oletetrin), tetratsiklin gidroxlorid 
(sigmamitsin, tetraolean) bilan qo‘shib chiqarilmoqda. Keyingi yillarda tibbiyot 
amaliyotiga klaritromitsin, roksitromitsin va boshqalar kabi qator yarim sintetik 
makrolidlar tadbiq etildi. Ta'sir mexanizmi bo‘yicha ular eritromitsindan farq 
qilmaydi. 
Klaritromitsin 
(klatsid) 
stafilakokklar 
va 
streptokokklarga 
nisbatan 
eritromitsinga nisbatan 2-4 marta faolroq. 
Microbacterium avium intracellulare 
va 
Helicobacter pylory 
bilan chaqirilgan infeksiyalarda samarador. Me'da-ichak 
traktidan yaxshi so‘riladi, ovqatdan keyin ham. Miya to‘qimasiga o‘tmaydi. 
Jigarda faol metabolit hosil qilish bilan qisman metabolizmga uchraydi. Buyrak 
orqali ajralishi eritromitsinga nisbatan davomliroq ta'sir etadi. Klaritromitsinning t
½ 
eritromitsininikiga nisbatan 3 marta kattaroq. Samarador yarim sintetik 
makrolidlardan yana biri roksitromitsindir (rulid). U keng antibakterial ta'sir 
spektriga ega. Ichilganda yaxshi so‘riladi.


- 852 -
Azalidlar
1
makrolidlardan kimyoviy tuzilishi bo‘yicha farq qiladilar, ammo 
asosiy xossalari ularnikiga o‘xshash. Ushbu guruh dori vositalaridan biri 
azitromitsin (sumamed) stafilakokk va streptokokklarga ta'siri bo‘yicha 
eritromitsinga nisbatan 2-4 marta kuchsizroq (faolsizroq), ammo 
Haemophilus 
influenza 
hamda gramm manfiy kokklarga ta'siri bo‘yicha undan ustun keladi. 
Ichakdan yomon so‘riladi ayniqsa unda ovqat bo‘lganda. Hujayralarda katta 
konsentratsiyada to‘planish – qon zardobidagiga nisbatan 10-100 marta ko‘proq 
azitromitsinga xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Ta'siri davomiyligi t
½
= 2-4 kun 
(eritromitsinniki 2-5 soat). Gematoensefalik to‘siqdan o‘tmaydi, o‘zgarmagan 
holda buyrak orqali ajraladi. Enteral qo‘llaniladi. Noxush ta'sirotlar sifatida ko‘ngil 
aynash, diareya, kamdan-kam hollarda eshitishni susayishi kuzatiladi. Tannarxi 
eritromitsindan yuqori. Makrolidlar guruhidan yangi antibiotik- diozalin 
(vilprafen) yaratilgan. 
Streptomyces nazbonensis var. josamycetics 
ishlab 
chiqariladi. Boshqa makrolidlardan asosiy farqi unga mikroorganizmlarni 
chidamliligini kamroq rivojlanishidir.
Ta'kidlash joizki makrolidlar va azalidlar “atipik” pnevmoniyaning 
qo‘zg‘otuvchisi 
bo‘lishi 
mumkin 
bo‘lgan 
hujayra 
ichidagi 
obligat 
mikroorganizmlar-xlamidiy, mikoplazmlar va legionellarga qarshi samaradordirlar. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish