Penitsillinlarni noxush va zaharli ta'sirlari
Penitsillinlarning zaharliligi past, terapevtik ta'sir kengligi katta. Asosiy
noxush ta'siri allergik reaksiyalar bo‘lib, u ko‘pincha (1-10%)
1
bemorlarda
kuzatiladi. Ular organizmda antitelolar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq.
Odatda allergik reaksiyalar penitsillinlarni qo‘llashni boshlagandan bir qancha
vaqt o‘tgach yuzaga keladi. Ammo ushbu muddat, katta oraliqda bo‘ladi
(daqiqalardan- haftagacha). Penitsillinlar dozasi bilan allergik reaksiya
rivojlanadigan vaqt, uning darajasi orasida karrelyasiya aniqlanmagan. Allergik
reaksiyalar turlicha bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha allergik reaksiyalar terida
toshmalar, dermatit, istmalash bilan cheklanishi mumkin. Birmuncha og‘irroq
shakllari shilliq qavatlarning shishishi, artritlar, artralgiyalar, buyraklarni
shikastlanishi, eritrodermiya va boshqa o‘zgarishlar bilan kechishi mumkin.
Og‘ir kechuvchi va tez rivojlanadigan, ba'zan o‘limga olib keluvchi allergik
reaksiya-allergik shok
2
hisoblanadi (qon bosimi tushadi, bronxospazm, qorin
sohasida og‘riqlar, bosh miya shishi, es xushni yo‘qotish va boshqa ko‘pgina
o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin).
- 842 -
Allergik reaksiyalarni davolash penitsillin dori vositalarini qo‘llashni
to‘xtatish hamda glyukokortikoidlarni (kuchli yallig‘lanishga qarshi va
desensibilizatsiyalash ta'siriga ega) gistaminga qarshi vositalar (allergik
reaksiyalarni rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan H
1
-gistaminning
retseptorlarini qamallab gistaminning ta'sirini bartaraf etadi) kalsiy xlorid va
boshqa vositalarni qo‘llashdan iborat bo‘ladi.
________________________
1
Penitsillin dori vositasiga allergik reaksiyalar ularni qo‘llovchi tibbiyot hodimlari,
hamda ishlab chiqaruvchi, qadoqlashda qatnaShuvchi ishchilarda ham kuzatilishi
mumkin.
2
Odatda penitsillin dori vositasini in'eksiya qilgandan 20 daqiqa keyin rivojlanadi.
Anafilaktik
shokda
α- va β-adrenoretseptorlarni rag‘batlantiruvchi
adrenomimetiklarni (qon bosimini oshiradi, bronxospazmni bartaraf etadi) –
adrenalin gidroxlorid yoki efedrin gidroxlorid, hamda gidrokortizon, dimedrol,
kalsiy xlorid tomirga kiritiladi. Bundan tashqari penitsillinlar noallergik tabiatiga
ega bo‘lgan ba'zi noxush va toksik ta'sir ko‘rsatadilar.
Ularga penitsillinlarni mahalliy qitig‘lovchi ta'siri kiradi. Penitsillin dori
vositasini ichilganda til (glossit), og‘iz bo‘shlig‘i (stomatit) shilliq qavatlarini
yallig‘lanishi, ko‘ngil aynash, diareya kuzatilishi mumkin.
Mushak ichiga kiritilganda og‘riq, infiltratlar hosil bo‘lishi va mushaklarni
aseptik nekrozi, tomirga kiritilganda esa – flebitlar va tromboflebitlar kuzatilishi
mumkin.
Benzilpenitsillinning natriyli tuzini haddan tashqari katta dozalarda qo‘llansa
(ayniqsa orqa miya kanaliga-endolyumbal) neytrotoksik ta'sir yuzaga kelishi
mumkin (araxnoidit, ensefalopatiya). Bunday asorat ba'zan dori vositani buyrak
yetishmovchiligida qo‘llanganda ham rivojlanishi mumkin.
Penitsillinlarni toksik ta'siri ayrim hollarda yurak faoliyatida salbiy
o‘zgarishlar chaqiradi. Kamdan-kam hollarda oksatsillinni jigar fermentlariga
susaytiruvchi ta'siri kuzatilgan. Kislotalar ta'siriga chidamli penitsillinlarning
- 843 -
ichilishi (ayniqsa keng ta'sir spektrlilari masalan, ampitsillin) disbakterioz
rivojlanishining sababi bo‘lishi mumkin (ko‘proq Kandidamikoz).
Do'stlaringiz bilan baham: |