- 713 -
kristallari bilan mustaxkam bog’lanadilar va kimyoviy hamda biologik
barqarorliklari tufayli suyak to’qimasida ko’p oy va yillar saqlanadi. Suyak
rezorbtsiyasida bisfosfonatlar lokal ajraladilar. Bunda ular osteoklastlarning
faolligini va sonini kamaytirib, suyak rezorbtsiyasini tezligini kamaytiradi.
Bisfosfonatlar osteoblastlarga ham ta’sir etadi
va ularni osteoklastlarga
rag’batlantiruvchi ta’sirini kamaytiradi
Suyaklar kaltsifikatsiyasini, amaliy nuqtai nazardan, susaytirmaydigan va
osteomalyatsiya rivojlantirmaydigan (masalan, alendronat) bisfosfonatlar eng ko’p
qiziqish uyg’otdi. Shunday dori vositalarni nafaqat qisqa muddat balki davomli
vaqt uzluksiz qo’llaniladi.
Bisfosfonatlar ovqat hazm qilish traktidan yomon so’riladi (<10%) shu
sababli ularni nahorda (och qoringa) qabul qilish kerak. So’rilgan moddalarning
tahminan yarmi suyaklarda depolanadi, qolgan qismi o’zgarmagan
holda buyrak
orqali ajraladi. Dori vositalarni parenteral kiritish mumkin (vena tomiriga infuziya
yo’li bilan). Bemorlar ularni yaxshi qabul qiladilar. Nojo’ya ta’sirlardan
pamidronatda maxalliy ta’sirlash kuchli darajada namoyonligidan uni faqat
parenteral yo’l bilan kiritiladi. Etidronat suyaklarni mineralizatsiyasini buzib
osteomalyatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu ma’noda II- va III- avlod
bisfosfonatlari xavfsizroqdir. Jumladan alendronat katta dozalarda kuchsizroq
darajada ta’sirlantirish xossasini namoyon qiladi, lekin bu uni davomli enteral
qo’llanilishiga xalaqit bermaydi.
Bisfosfonatlar
nafaqat osteoporozda, balki Pedjetning suyak xastaligi,
giperkaltsimiya, giperparoteriozda, hamda suyaklarning o’simtali xastaliklar
tufayli jarohatlanishlarida qo’llaniladi. Asosan oxirgi xastalikda ayniqsa osteoliz
og’riqlar bilan kechadigan holatlarda qo’llaniladigan dori vositalarning biri bu
klodronat natriydir (bonefos)
Ovqat hazm qilish traktidan u yomon so’riladi. Qonga o’tish darajasi 1-2%
shu sababli dori vositaning katta konsentratsiyasini hosil qilish uchun uni vena
tomiriga kiritiladi. U to’qimalarda tez tarqaladi.
Suyaklarga yuqori darajada
yaqinlikka ega. Organizmdan buyrak orqali (70% o’zgarmagan modda 1 kun
- 714 -
davomida) ajraladi. vena tomiriga kiritiladi va ichiladi. Dori vositani bemorlar
yaxshi qabul qiladilar.
Noxush ta’sirlari sifatida ko’proq dispepsiya ( ko’ngil aynish, qayt qilish,
og’riq, diareya va boshqa) kuzatiladi. Suyaklar mineralizatsiyasini etidronatga
nisbatan kamroq buzadi.
Dinatriypamidronat (aredia) dori vositai ham asosan suyak to’qimasiga metastaz
beruvchi ko’pgina xavfli o’simtalar (ko’krak bezi, nafas yo’llari raki, mielom
xastaligi va boshqa), osteoliz va giperkaltsimeyada qo’llaniladi. Dori vosita
suyaklarning rezorbtsiyasini susaytiradi va qon zardobida
kaltsiy ionlarinini
kamaytiradi. Bu o’sma ta’sirida suyaklarning shikastlanishini susaytiradi, og’riqni
kamaytiradi. Dori vositani tomirga infuziya qilish yo’li bilan kiritiladi. Noxush
asoratlar ko’rinishida isitmalash, dispeptik o’zgarishlar, mialgiya, limfotsitopeniya,
anemiya, gipokaltsemiya, gipofosfatemiya, gipomagnemiya, allergikreaktsiyalar va
boshqalar rivojlanishi mumkin.
Uzoq vaqtdan beri qo’llanilishiga qaramay osteoporozlarda ftoridlarni
qo’llash maqsadga muvofiqligi xaqida yaqqol fikr shu vaqtgacha yo’q. Shunga
qaramay ko’pgina klinistlar ma’lum bir ijobiy siljish kuzatilishini inobatga olib
ushbu dori vositani qo’llashni davom ettirmoqdalar. Bunday holat ularni
osteoblastlarni rag’batlantirish va ularni proliferatsiyasini kuchaytirish bilan
bog’liq. Terapevtik ta’sir kengligining katta emasligi ftoridlarni qo’llashni
cheklovchi omillardan biridir. Bundan tashqari ular ko’pgina
noxush asoratlarga
egadirlar: suyak to’qimasining jarohatlanishi (flyuoroz), ovqat hazm qilish
traktining (ko’ngil aynishi, qayt qilish, qon ketishi) shikastlanishi, og’riq,
osteomalyatsiya va boshq. Ftoridlar guruhida eng kam zahar dori vosita natriy
monoftor-fosfat xisoblanadi.
Osteoporozni davolashda strontsiy ranelat (bivalos) yangi dori vositadir. U
suyaklar hosil bo’lish jaroyonini rag’batlantiradi va uni rezorbtsiyasini susaytiradi.
Ovqat hazm qilish traktidan yaxshi so’riladi. Biologik o’tish darajasi 27%
atrofida. Dori vositani bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Bazan ko’ngil aynish,
diareya, bosh og’rig’i kuzatiladi. Strontsiy ranelatni tabobatda qo’llashga ruxsat
- 715 -
berilgan. Ammo dori vositani keng klinik sinovlardan o’tkazish talab etiladi,
ayniqsa uni xavfsizligini.
Anabolik steroidlar suyak to’qimasining massasini oshiradilar va shu tufayli
osteoporoz rivojlanishini to’xtatadi, ammo shu bilan bir qatorda ko’pgina noxush
holatlar yuzaga keladi( maskulinizatsiya, qon zardobida zichligi past lipoproteidlar
miqdorini ortishi, zichligi yuqori bo’lgan
lipoproteidlarni kamayishi, jigar
funktsiyasining buzilishi va boshq). Shu tufayli ularni qo’llash cheklangan
(ayniqsa postmenopauza davridagi ayollarda). Takidlash joizki osteoporozlarda
ko’pincha ta’sir mexanizmi har- xil bo’lgan moddalarni birgalikda qo’llaniladi.
Kombinatsiyalangan davolashda ko’proq ishlatiladigan tarkibiy qism bo’lib kaltsiy
tuzlari xisoblanadi.
Ushbu patologiyani davolashga bevosita aloqasi bo’lmagan ba’zi dori
vositalar kaltsiy ionlari balansiga ta’sir ko’rsatishi mumkinligini inobatga olish
ahamiyatga ega. Jumladan tiazid guruhidagi peshob haydovchi vositalar kaltsiy
ionlari
ekskretsiyasini
kamaytiradi
(buyrakning
distal
naylarda
ularni
reabsorbtsiyasini oshirish xisobiga bo’lsa kerak). Osteporozda tiazidlarni davomli
qo’llanilsa (oylab) ular suyak zichligini oshirib
ularning tez-tez sinishini
kamaytiradilar. Diuretiklarning boshqa namunasi furosemid peshob ajralishini
kuchli darajada oshirishi bilan bir qatorda Genle qovuzlog’ining ko’tariluvchi
qismida kaltsiy ionlarini rezorbtsiyasini kamaytiradi va natijada kaltsiy ionlarini
ajralishini oshiradi. Etakrin kislotasi ham xuddi shunday ta’sirga ega. Demak, turli
xil peshob haydovchi vositalar kaltsiy ionlarini almashunuviga bir xil ta’sir
etmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: