Dori vositalar
Nomi
Kattalar uchun
o’rtacha terapevtik
dozasi, kiritilish
yo’li.
Chiqarilish shakli
Lovastatin-
Levastatin
Ichish uchun – 0,04 g 0,02 va 0,04 g dan tabletkalar
Simvastatin ─
Simvastatin
Ichish uchun – 0,01
0,04 g
0,005; 0,01; 0,02 vava 0,04 g
dan tabletkalar
Fluvastatin ─
Fluvastatin
Ichish uchun - 0,02 -
0,04 g
0,02 va 0,04 g dan kapsulalar
0,01; 0,02 va 0,04 g dan
tabletkalar
Gemfibrozil ─
Ichish uchun – 0,3 -
0,3 g dan kapsulalar; 0,45 g
- 704 -
Gemfibrazil
0,45 g
dan tabletkalar
Nikotin kislotasi ─
Acidum nicotinicum
Ichish uchun – 0,025 -
0,05 g
0,05 g dan kukun tabletkalar
Probukol ─
Probucol
Ichish uchun – 1,0 g
0,25 g dan tabletkalar
Ezetimib ─
Exetimibe
Ichish uchun - 0,01 g
0,01 g dan tabletkalar
12.4. Semirishda qo’llaniladigan vositalar
Semirish yog’larni keragidan ortiq to’planib qolishida namoyon bo’ladi. Bu
davomli vaqt energetik balansning buzilishi tufayli yuzaga keladi. Bunda
energiyaning ozuqalar bilan tushumi uning sarflanishidan ustun bo’ladi, masalan
jismoniy harakatning kamligi. Tabiiyki semirishga imkoniyat yaratuvchi eng
muhim omil bu ovqat ratsionida yog’larning ko’p bo’lishi va gipodinamiyadir.
Ortiqcha tana vaznini bo’lishiga nasliy moyillik borligini yodda tutmoq lozim.
Bundan tashqari ruhiy va neyroendokrin omillar, hamda yosh katta rol o’ynaydi.
Semirish
tibbiyotda jiddiy muammodir, chunki u qandli diabet, yurak-tomir
xastaliklari, osteoartrit va ko’pgina surunkali xastaliklarni keltirib chiqaruvchi omil
hisoblanadi. Bundan tashqari bunday odamlar toifasida erta o’lim ortadi. Shu
sababli asosiy maqsad tanavaznini kamaytirish bo’lmay, semizlikni davolash unga
hamrox bo’lgan xastaliklar tufayli yuzaga keladigan nogironlikni va o’limni
kamaytirishdir.
Semizlikni davolashning asosiy tamoyili iste’mol qilinayotgan ovqat
quvvatini (kaloriyasini) kamaytirish va jismoniy faollikni oshirishdan iborat.
Ularning samaradorligi kam bo’lgan hollarda farmakologik dori vositalarni
qo’llash zaruriyati tug’iladi. Semizlikda qo’llaniladigan vositalar quyidagi
guruhlarga bo’linadi.
1.
Ishtahani susaytiruvchi vositalar (anoreksigen vositalar).
2.
Lipoliz va termogenezni rag’batlantiruvchi vositalar (β
3
-adrenoretseptorlarni
agonistlari).
3.
Me’da-ichak traktidan yog’larni so’rilishini buzuvchi vositalar (lipaza
ingibitorlari).
- 705 -
4.
Organoleptik xossalari bo’yicha yog’larni o’rniga qo’llaniluvchi vositalar
(past kaloriyali yoki ovqat hazm qilish traktidan so’rilmaydiganlar).
5.
Shakarni o’rniga qo’llaniluvchi vositalar (uglevod bo’lmagan yoki yog’lar
sintezida
ishtirok etmaydigan).
Anoreksigen (ishtahani susaytiruvchi vositalar ) quyidagi guruhlardan tashkil
topgan:
I.
Katexolaminergik sistemaga ta’sir ko’rsatuvchi vositalar (MNSni
rag’batlantiruvchilar).
Fepranon
II. Katexolaminergik va serotininergik sistemaga ta’sir ko’rsatuvchi vositalar.
Sibutramin
Ushbu dori vositalarning barchasi ishtahaning boshqarishning markaziy
gipotalamusda joylashgan mexanizmlariga ta’sir retadi.Markaziy va periferik
simpatomimetik xossaga ega, fenilalkilamin guruhiga mansub samarador
anoreksigen moddalardan fenamin xisoblanadi. Uning ta’sir mexanizmi shundan
iboratki,u nerv tolalarining oxiridan noradrenalin va dofamin ajralishini oshirib
ularni qayta so’rilishini susaytiradi.
Natijada
markaziy
adrenoretseptorlar
va
dofamin
retseptorlarini
qo’zg’alishi kuzatiladi.Bu o’z navbatida ochlik markazini susaytiradi. Shu bilan bir
qatorda, fenamin bosh miya po’stloq qavatiga rag’batlantiruvchi ta’sir
ko’rsatadi.Shu sababli ochlik markazini yanada tormozlansa kerak. Ammo
fenaminning ta’siri faqat anoreksigen ta’sir bilan cheklanmagan.Ushbu modda faol
psixostimulyator moddalarga mansub bo’lganligidan kuchli darajada periferik
simpatomimetik xossasiga ega. Shu sababli uni qo’llaganda bezovtalanish,
uyqusizlik, taxikardiya,arterial bosimning oshishi kuzatiladi.Jismoniy tobelik
rivojlanishi mumkinligi xavf tug’diradi.Fenaminning bir qancha analoglari
sintezlangan(fenilalkilaminlar hosilalari).Jumladan fepranon. Ko’proq tanlab ta’sir
ko’rsatuvchi fepranon farmakologik jihatdan fenaminga o’xshash , ammo ishtahani
tushirish xossasi bo’yicha undan sustroq. Anoreksigen ta’sir mexnizmi
fenaminnikidek bo’lsa ham markaziy nerv sistemasini kamroq qo’zg’atadi. Bundan
- 706 -
tashqari uning periferik adrenomimetik ta’siri yaqqol yuzaga chiqmaydi. Dori
vosita taomdan 30-60 minut oldin ichiladi. Uyquni buzilishini oldini olish
maqsadida dori vositani kunning birinchi yarmida ichish tavsiya etiladi.
Davolanish shifokor nazoratida olib borilishi zarur.Fepranonni yurak – tomir
sistemasi (taxikardiya, arterial bosimni ortishi,aritmiya)
Semirishda qo’llaniladigan vositalarning kimyoviy strukturasi va MNS
(bezovtalanish,uyquni buzilishi) tomonidan noxush ta’sirotlar yuzaga chiqishi
mumkin. O’rganish va jismoniy tobelik rivojlanish kuzatilgan. Anoreksigen
xossaga,serotoninni neyronal yutilishini tanlab susaytiruvchilar ,ham egadirlar.
Ammo,avval ma’lum bo’lgan ushbu guruh dori vositalarinining, noxush ta’sirotlari
tufayli qo’llanmaydi. Misol sifatida asosan antidepressant sifatida qo’llanilayotgan
fluoksetinni keltirish mumkin. Ammo u kuchli darajada anoreksigen ta’sirga ham
ega.
Sibutiramin (meridil) noradrenalin, serotonin, dofaminni neyronal yutilishini
susaytiruvchi anoreksigen vosita hisoblanadi. Qonda siydik kislotasi miqdorini
kamaytiradi,lipidlar miqdoriga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Me’da-ichak traktidan tez va yaxshi (~77%) so’riladi. Dori vositaning katta
qismi jigardan birinchi o’tishdayoq metabolizmga uchraydi. Hosil bo’lgan
metabolitlari anoreksigen xossaga ega. Sibutramin va uning metobolitlari yuqori
darajada zardob oqsillari bilan bog’lanadilar; asosan buyrak orqali ajratiladi.
Noxush ta’sir sifatida taxikardiya ,pressor ta’sir ,uyquni buzilishi ,bosh
og’rig’i,MNSni rag’batlantirishi,qabziyat va boshqalar kuzatiladi.
Anoreksigen vositalarni,
Do'stlaringiz bilan baham: |