- 579 -
10.1-rasm.
Siydik hosil bo’lishida qatnashuvchi jarayonlar (I) va diuretiklar ta’sirining
lokalizatsiyasi (II) Nefron sxemasida: 1 – kapsula va kapiliar koptokcha; 2 – proksimal
egri-bugri kanalcha; 3 – Genle qovuzlog’ining tushuvchi qismi; 4 – Genle
qovuzlog’ining ko’tariluvchi qismi; 5 –
distal egri-bugri kanalcha; 6 – yig’uvchi
kanalcha; 7 – yig’uvchi naycha.
- 580 -
Dixlotiazid
– kuchli diuretik vosita, kimyoviy tuzilishi bo‘yicha
benzotiazidin hosilasi bo‘lib, tarkibida sulfanilamid guruhi bor. Ta’sir
mexanizmi nefronning egri bugri naychalarining proksimal va distal qismlarida
Na
+
va u bilan bog‘liq xlor ionlarining reabsorsiyasining kamayishi bilan
bog‘liq. Diakarbga nisbatan karboangidraza faolligini kamroq susaytiradi.
Dixlotiazid ta’sirida K
+
va bikarbonat ionlarini reabsorbsiyasi Na
+
va Cl
-
ionlariga nisbatan kamroq kechadi. SHuning uchun
dixlotiazid faol saluretik
vosita sifatida tanilgan. Na
+
va xlor ionlari o‘zaro muvofiq yoki ekvivalent
miqdori ajraladi. Dori vosita atsidozda ham o‘z samaradorligini yaxshi namoyon
qiladi. Davomli qo‘llanilganda ham, diuretik ta’sir kuchi kamaymaydi. Kandli
diabet xastaligida dori vosita poliuriyani kamaytiradi,
chanqoqlik hisini
kamaytiradi, qonning osmotik bosimi kuchli darajada pasayadi (mexanizmi
noma’lum). Qisman bunday ta’sir buyrakning konsentrlash qobiliyati oshishi va
chanqash markazi faoliyatini susayishi bilan bog‘liq deb tahmin qilinadi. Qon
bosimi yuqori bo‘lgan hollarda dori vosita uni tushiradi. MITdan dixlotiazid tez
so‘riladi. Ta’siri ancha tez boshlanadi (30-60daqiqadan so‘ng) 10-12soat davom
etadi. Dori vositaga o‘rganib qolish rivojlanmaydi, lekin dixlotiazid peshob
kislotasini ajralishini kamaytiradi va giperurekimiyani rivojlanishiga, shu tufayli
podagra xastaligini kechishiga salbiy ta’sir etadi.
Qo‘llanilishi: katta va kichik qon aylanish doirasida qon dimlanish
holatlarida (yurak-tomir yetishmovchiligi),
jigar sirrozida, nefritlar va
nefrozlarda, homiladorlar nefropatiyasida, buyrak usti bezi gormonlari va
AKTG ta’sirida
yuzaga kelgan shishlarda, xafaqonlik xastaligida(tuzsiz parxez
bilan), glaukomada. Dixlotiazidni bemorlar yaxshi qabul qiladilar, lekin davomli
qo‘llanilganda gipokaliemiya, gipoxloremik alkaloz,
podagrani kuchayishi,
quvvatsizlik, dispepsiya rivojlanishi mumkin. Bularni oldini olish uchun, kaliy
dori vositalari KCl, asparkam, panangin berish kerak.
Siklometiazid
– tuzilishi va farmakologik xossalari bo‘yicha dixlotiazidga
o‘xshaydi, lekin undan tahminan 50marta kuchli. Ta’siri 2-4 soatdan keyin
- 581 -
boshlanib, 10-12 soat davom etadi. Bir sutkali peshob miqdori 1,5-2,5
marta
oshadi.
Klopamid va oksodolin – dori vositalari davomli ta’sirga ega. Klopamid
kuchli ta’sirga ega va 8-18 soat, oksodolin esa tahminan 3 kun ta’sir etadi. Ta’sir
mexanizmi asosan distal (va qisman proksimal) naychalarda natriy ionlarini
reabsorbsiyasini susaytirish bilan bog‘liq. Ikkala dori vosita ham MITdan yaxshi
so‘riladi. Buyrak va ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanishga ko‘rsatmalar va noxush ta’sirlari dixlotiazidnikiga o‘xshash.
Furosemid
Do'stlaringiz bilan baham: