- 286 -
Barbituratlar bosh miyaning o‘zak qismidan po‘stloq qismiga qo‘zg‘atish
impulslarini o‘tishini kamaytirsa, anksiolitiklar limbik qismiga ta’sir etadilar.
Balki uxlatuvchi vositalar uyquni rivojlantiruvchi endogen birikmalarni (delta
peptid) ajralishini oshirsalar kerak.
Lekin fiziologik uyqu, uxlatuvchi vositalar
bilan chaqirilgan uyqudan farqlanadi, chunki ular ta’sirida uyquning “tez”
(odatda uning davomliligi “sekin” kechuvchi fazadan 4 marta qisqaroq) va
“sekin” davrlarni davriy almashinishlari va ularning davomliligi buziladi. Bu
organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. M-n: barbituratlar ta’sirida uyquning “tez”
o‘tuvchi davri qisqaradi. Anksilotiklarning bu kabi ta’siri sustroq.
Anksiolitiklar guruhidagi uxlatuvchi vositalar
Anksiolitiklarning (anxius-bezovtalanish, qo‘rquv bilan qamralgan, lysis-
eritish) ko‘plari hayajonni kamaytirish hisobiga uyquni rivojlanishiga yo‘l ochib
beradilar. Bu borada benzodiazepin hosilalarining uzoq (diazepam) va mo‘tadil
ta’sir etuvchilari (nitrazepam, fenazepam) ko‘proq ahamiyatlidir.
Benzodiazepinlarning ta’sir mexanizmi GAMK-A repseptorlarga
GAMKning affinetitining (mosligini) oshirib, GAMKning tormozlovchi ta’sirini
orttirishidan iborat. Bunda xlor ionoforlarining davomliroq ochilishi (yoki
ularning sonini ortishi)
kuzatilib, neyronlar ichiga ionlar ko‘proq kiradi va
postsinaptik membranada tormozlanish potensiali ortadi, gipokampda va limbik
sistema impulsdan keyingi gipotalamusga ta’sir etish rivojlanmaydi.
Nitrozepam (Nitrazepamum) - uxlatish, anksiolitik,
tinchlantiruvchi,
tirishishga qarshi va miorelaksantlik ta’siriga ega. Ichilgandan 30-60daqiqa
keyin, uyqu boshlanadi va 6-8 soat davom etadi. Ta’siri tugagach, salbiy
o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Yurak-tomir va parenximatoz a’zolarga salbiy ta’sir
ko‘rsatmaydi. Alkogol va narkotik moddalarning ta’sirini kuchaytiradi. MITdan
yaxshi so‘riladi. Jigarda parchalanadi. Organizmda yig‘ilib qolmaydi.
Qo‘llanilishi: uyquni turli xil buzilishlarida,
nevrozlarda, qo‘rquv bilan
kechadigan ruhiy xastaliklarda, travmalarda,
miyada qon aylanishining
buzilishida, surunkali alkogolizmning abstinent sindromida, tutqanoqda,
- 287 -
operatsiyalardan oldin va keyin. Nitrazepam qabul qilganlar,
avtotransport
haydashlari mumkin emas. Homiladorlik, miasteniya, jigar va buyrak xastaligida
qo‘llash mumkin emas.
Sibazon (Sibazonum) - tibbiyotda keng qo‘llaniluvchi anksioltik. Mo‘tadil
uxlatuvchi ta’sirga ega. Narkotik, uxlatuvchi, og‘riqsizlantiruvchi
va alkogol
ta’sirini kuchaytiradi. Miorelaksant va tirishishni yo’qotish xususiyatiga ega.
Me’daning tungi sekretsiyasini pasaytirganligidan oshqozon va 12 barmoqli
ichak yara xastaligida ahamiyatlidir. Antiaritmik ta’siriga ega. Sibazonni qon
tomir, mushaklarga kiritish va ichish mumkin. Uyqudan oldin 1-2 tabletka
ichiladi.
Reladorm (tarkibiga siklobarbital 0,1+sibazon 0,01 kiradi)- Nitrazepam
qo‘llash mumkin bo‘lmagan
holatlarda, kuchli qichish bilan kechuvchi
dermatozlar qo‘llaniladi.
Fenazepam (fenazepam). Yuksak faollikka ega bo‘lgan anksiolitik bo‘lib,
benzodiazepining boshqa hosilalaridan ustunlikka ega. Yuqorida keltirilgan
xastaliklarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: