- 169 -
– geriatrik
19
farmakologiya – dori dori vositalarining keksa yoshdagi
bemorlar organizmigi ta’sirini o‘rganadi. Bemorning yoshi ulg‘aygan sari uning
organizmi turli dori dori vositalariga nisbatan yuqori sezgirlikka ega bo‘lib
boshlaydi, Chunki keksa yoshdagi organizmda retseptorlarning miqdori
kamayadi hamda ularni parchalovchi
fermentlar faolligi pasayadi, dorilarning
so‘rilishi, metabolizmi va ularning chiqarilish jarayonlari ham o‘ziga xos tarzda
sekinlashadi. Bu esa, mazkur bemorlarda dorilarning dozasini kerakli
darajagacha kamaytirib borishni taqozo etadi.
2. Jinsning ahamiyati
Dori vositalari ta’sirining yuzaga chiqishida jinsning ahamiyati oxirigacha
o‘rganilgan emas. ammo , eksperimental hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar
natijalarining ko‘rsatishicha, ayrim dori dori vositalariga nisbatan ayollar
organizmi erkaklarnikiga qaraganda ancha chidamsiz ekan. Masalan, nikotin,
strixnin kabi dori vositalarga. Bu borada ayrim klinik ma’lumotlar ham mavjud
bo‘lib, verapamilning bioeriShuvchanligi ayollarda
erkaklarnikiga qaraganda
yuqoriroq ekanligi aniqlangan. Operatsiyalardan keyingi og‘riqlarni qoldirish
uchun erkaklarga morfinni ayollarga nisbatan yuqoriroq dozalarda qo‘llash talab
etilishi aniqlangan. Diazepamning oksidlanishi ayollarda erkaklardagiga
qaraganda tezroq yuzaga chiqar ekan.
3. Genetik omillarning ahamiyati (farmakogenetika)
Organizmning dori vositalariga sezgirligi ko‘pincha genetik omillarga
bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Masalan, silga qarshi vositalardan izoniazidning
atsetillanish tezligi har kimda turlicha davom etadi. Bunda uning parchalanishi
tez va davomli kechuvchi bemorlar tafovut qilinadi. Ma’lum bo‘lishicha, uning
parchalanishi
sekin
kechuvchi
bemorlar
organizmida
izoniazidning
atsetillanishida ishtirok etuvchi fermentlar sintezini
boshqarib turuvchi
genlarning yetishmasligi katta ahamiyat kasb etar ekan.
19
Yunonchadan
geron
– keksa, qari,
iateria
– davolash
- 170 -
Ayrim dori vositalariga nisbatan atipik reaksiya sifatida idiosinkraziya
yuzaga chiqishi to‘g‘risida yuqorida bayon etilgan edi.
Dori vositalarining ta’siri yuzaga chiqishida genetik omillarning
ahamiyatini o‘rganish – farmakologiyaning
farmakogenetika
nomli maxsus
yo‘nalishining asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
4. Organizm holatining ahamiyati
Ko‘pchilik dori vositalarining asosiy samarasi organizm holatiga, ya’ni
organizmda qanday patologik jarayon kechayotganligiga
va qaysi kasallikda
qo‘llanilayotganligiga bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Masalan, atsetilsalitsilat
kislotasi faqat organizmning harorati oshgandagina tana haroratini me’yorgacha
tushiradi, boshqa paytlarda u tana haroratiga umuman ta’sir ko‘rsatmaydi.
5. Sutkalik ritmlarning
20
ahamiyati (Xronofarmakologiya)
Inson organizmidagi normal fiziologik faoliyat uchun sutkalik ritmlarning
ahamiyati juda katta. Ma’lumki, organizmda uyqu va uyg‘oqlik holatlarining
bir-birlari bilan almashinib turishi nerv hamda endokrin tizim faolligiga va ular
orqali boshqa a’zo va to‘qimalar faoliyatiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘z
navbatida esa bu organizmning turli vositalarga sezgirligiga ham o‘ziga xos
ta’sir qiladi. Dori vositalari samarasining sirkad ritmlarga bog‘liq holda yuzaga
chiqishi
farmakologiyaning
xronofarmakologiya
deb
ataluvchi
yangi
yo‘nalishining asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda. Xronofarmakologiya ham o‘z
navbatida xronofarmakokinetika va xronofarmakodinamika
21
kabi qismlardan
tashkil topgan. Dorilarning ta’sir samarasi ularni
kunning qaysi paytida qabul
qilinganligiga bog‘liq holda turlicha namoyon bo‘lishi mumkin va bunda
ularning eng kuchli samaralari qabul qiluvchining maksimal faol davriga bog‘liq
20
Bundan tashqari “sirkad (sutka atrofidagi) ritmlar” (lotinchadan
cirka
– atrofida,
dies
– kun) atamasi ham ishlatiladi. Bunda biologik jarayonlarning sirkad o‘zgarishlari 20-28 soat
orasida bo‘lishi nazarda tutilgan.
21
Keyingi yillarda xronofarmakokinetika va xronofarmakodinamika atamalari o‘rniga
shu ma’nolarni beruvchi boshqа ikkita –
хronokinetika
(dori farmakokinetik parametrlarining
sutkalik ritmlar bilan bog‘liqligi) hamda
хronesteziya
(dori vositalariga kunning turli
paytlarida organizmning turlicha sezuvchanligi) atamalari taklif qilinmoqda.
- 171 -
bo‘ladi. Masalan, insonlarda eng faol davr – kunduz kuni bo‘lsa, hayvonlarda –
kechasi hisbolanadi. Shunga bog‘liq holda insonlarda morfinnig maksimal
samarasi kunning ikkinchi yarmida namoyon bo‘ladi. Stenokardiyada
nitroglitserin kunning birinchi yarmida yuqori faollikka ega bo‘ladi.
Xuddi
Shuningdek, sutkalik ritmlarga bog‘liq holda ayrim dori
vositalarning zaharliligi ham o‘zgarib turadi. Masalan, fenobarbitalning
eksperimental hayvonlardagi o‘lim chaqirish darajasi kunning sutkalik
ritmlariga bog‘liq holda 0 foizdan 100 foizgacha etishi mumkin.
Ayrim dorilarning farmakokinetik parametrlari ham sutkalik ritmlarga
bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Masalan, zamburug‘larga qarshi vosita
hisoblanuvchi grizeofulvin kuniga 3 mahal qabul qilinishiga qaramasdan, uning
ichaklar orqali so‘rilishining maksimal darajasi kunduzgi 12.00 ga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, sutka davomida ayrim dorilarning metabolizm va
buyraklar orqali
ajralish jadalligi ham turlicha bo‘ladi. Masalan, fenamin asosan ertalabki
soatlarda jadal ravishda ajratilsa, litiy dori vositalari esa kunduz kuni ko‘roq
ajratiladi.
Bulardan tashqari, xronofarmakologik jarayonlarni o‘rganishda yana
organizmning turli patologik holatlarida hamda kasalliklarida ham dori vositalar
farmakodinamikasining va farmakokinetikasining o‘zgarishlari ehtimolini
inobatga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: