Fermentlar faolligiga aktivator va ingibitorlarning ta'siri S.B.Navruzov So‘lak a-amilazasi faolligiga aktivator va ingibitorlarning ta’siri Fermentlarning katalitik ta’siri ba’zi moddalar ishtirokida kuchayadi, bularga aktivatorlar deyiladi. Ferment faolligini pasaytiruvchi moddalarga esa ingibitorlar deb aytiladi. Ko'pincha aktivlovchi va tormozlovchi ta’sir har xil tuzlar tarkibiga kiruvchi metall ionlariga bog‘liq. Masalan, natriy xlorid ta’sirida amilaza faolligi oshsa, mis sulfat qo‘shilganda pasayadi. Aktivator va ingibitorlarning ta’sir mexanizmi murakkab bo‘lib, unga ferment faol markaziga kiruvchi funksional guruhlarni metall ionlari bilan bog‘lanishini sabab qilib ko‘rsatadi. So‘lak a-amilazasi faolligiga aktivator va ingibitorlarning ta’siri Fermentlarning katalitik ta’siri ba’zi moddalar ishtirokida kuchayadi, bularga aktivatorlar deyiladi. Ferment faolligini pasaytiruvchi moddalarga esa ingibitorlar deb aytiladi. Ko'pincha aktivlovchi va tormozlovchi ta’sir har xil tuzlar tarkibiga kiruvchi metall ionlariga bog‘liq. Masalan, natriy xlorid ta’sirida amilaza faolligi oshsa, mis sulfat qo‘shilganda pasayadi. Aktivator va ingibitorlarning ta’sir mexanizmi murakkab bo‘lib, unga ferment faol markaziga kiruvchi funksional guruhlarni metall ionlari bilan bog‘lanishini sabab qilib ko‘rsatadi. Aktivatorlar yoki ingibitorlar ta’sirini baholashda ferment katalitik faolligi o‘sha moddalar ishtirokida sinab ko‘riladi va olingan natijalar nazorat ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Tekshiriluvchi material: suyultirilgan so‘lak (1 - 2 tom chi so‘lakka 1 ml suv qo‘shiladi). Reaktivlar: 1. Natriy xloridning 1% li eritmasi. 2. Mis sulfatning 1% li eritmasi. 3. Kraxmalning 0,5% li eritmasi. 4. Yodning kaliy yodiddagi eritmasi Jihozlar: 1. Probirkalar. 2. Tomizgichlar. 3. Pipetkalar. 4. Termostat yoki termometrli suv hammomi. Ishni bajarilishi - Uchta probirka olinib, birinchisiga 10 tomchi 1% li natriy xlorid eritmasidan, ikkinchisiga 10 tomchi 1% li mis sulfat eritmasidan, uchinchisiga 10 tomchi suv quyilib, hammasiga 20 tomchidan 0,5% li kraxmal va 1 tomchidan suyultirilgan so‘lak qo‘shilib, aralashtiriladi va tezlikda 37°С li termostatga joylashtirilib, vaqti aniqlanadi.
- Kraxmalning gidrolizlanish tezligini aniqlash uchun kraxmal gidrolizlanayotgan probirkalardan 1-2 daqiqa oralatib, 1 tomchidan boshqa probirkalarga olinadi va u bilan yodning kaliy yodiddagi eritmasi bilan reaksiya o‘tkaziladi. Gidroliz jarayoni eritrodekstrin bosqichigacha davom ettiriladi va uni paydo bo‘lgan vaqti daqiqalarda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |