- 894 -
Keng ta'sir spektriga ega. Dori dori vositasi sifatida sikloserinni D-izomeri
ishlatiladi. Hujayra tashqarisida va hujayra
ichkarisida joylashgan sil
mikobakteriyasiga qarshi eng samarador (faolligi bo‘yicha izoniazid,
rifampitsin, streptomitsindan kuchsizroq). Boshqa mikroorganizmlarga katta
konsentratsiyada ta'sir ko‘rsatadi. Hujayra devori sintezini buzib sikloserin
bakteriotsid ta'sir etadi. Sikloserin kimyoviy tuzilishi jihatdan D-alaninga
o‘xshash bo‘lganidan raqobatdoshlik asosida D-alaninratsemaza va D-
alaninsintetaza fermentlarni faolligini susaytiradi (ingibitsiyalaydi).
Natijada
ko‘pgina bakteriyalar hujayra devorini tuzilishi uchun zarur bo‘lgan D-alanil-D-
alanin dipeptidini hosil bo‘lishi buziladi.
Sil mikobakteriyasini sikloseringa chidamliligi nisbatan sekin rivojlanadi.
MIT dan yaxshi so‘riladi. Orqa miya suyuqligiga (likvor) oson o‘tadi, undagi
dori vositaning konsentratsiyasi qon zardobidagiga yaqin. Kiritilgan
sikloserinning tahminan 1/3 kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Dori vosita
buyrak orqali ajraladi (1 sutka davomida tahminan 50 %).
Sikloserinni qo‘llashga ko‘rsatma bu boshqa silga qarshi vositalarni
ko‘tara olmaslik yoki ular samarasiz bo‘lgan holatlardir.
I va II-guruh dori
vositalar bilan sikloserinni birgalikda qo‘llash eng yaxshi natija beradi. Dori
vosita enteral qo‘llaniladi (ichish tavsiya etilgan).
Sikloserinni qo‘llaganda tez-tez noxush ta'sirotlar yuzaga keladi. Asosan
bular asab-ruhiy buzilishlar, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, tirishish,
qo‘zg‘olish
yoki depressiv psixozlar, ba'zida dispepsiya kabi buzilishlar
kuzatiladi. Allergik reaksiyalar juda kam bo‘ladi.
MNS funksiyalarini buzilishlarini bartaraf etish uchun piridoksin,
glyutamin kislotasi, ATF dori vositalari kiritiladi.
Kanamitsinni Streptomyces Kanamyceticus ishlab chiqaradi. Dori vosita
aminoglikozidlar guruhidagi antibiotiklarga mansub. Sulfat shaklida chiqariladi.
Kanamitsin keng antibakterial ta'sir spektriga ega. Jumladan sil
mikobakteriyasi, ko‘pgina grammusbat va grammanfiy
bakteriyalarga halokatli
- 895 -
ta'sir ko‘rsatadi. Streptokokklar (enterokokklardan tashqari), pnevmokokklar
ularning ta'siriga kam sezgirlar. U ko‘k yiring
tayoqchasi, anaeroblarga,
spiroxetalarga, patogen zamburug‘larga va haqiqiy viruslarga ta'sir etmaydi.
Uning antimikrob ta'sir mexanizmi bakteriyalarda oqsil sintezini susaytirishi
bilan bog‘liq. Kanamitsin bakteriostatik hamda bakteriotsid ta'sirga ega.
Bakteriyalar kanamitsinga tez turg‘unlik orttiradilar.
MIT dan dori vosita juda
oz miqdorda so‘riladi, rezorbtiv ta'siridan foydalanish uchun prerapatni mushak
ichiga kiritiladi. Shu yo‘l bilan qo‘llanganda qon zardobida dori vositaning
maksimal konsentratsiyasi tahminan 1 soatdan so‘ng aniqlanadi. Antibakterial
ta'siri 6-12 soatgacha saqlanadi. GEB dan kanamitsin amaliy jihatdan o‘tmaydi.
Buyrak orqali ajraladi.
Tibbiyot amaliyotida kanamitsin II-guruh silga qarshi vositalar dori
vositalari sifatida, hamda grammanfiy mikroorganizmlar (ichak tayoqchasi,
kapsulali bakteriyalar va boshqalar), protey, tilla stafilakokk va boshqa
kanamitsin ta'siriga sezgir bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar bilan chaqirilgan
infeksiyalarda qo‘llaniladi. Boshqa antibiotiklarning samarasiz ekanligi
kanamitsinni qo‘llashga asosdir.
Mushaklar ichiga in'eksiya qilishdan tashqari dori vosita tana
bo‘shliqlariga kiritilishi mumkin. Bundan tashqari, uni ba'zida enteral qo‘llashga
tavsiya etiladi (ichak mikroflorasini qo‘piyishini to‘xtatish uchun)
Kanamitsin yuqori zaharlilik bilan xarakterlanadi. Jumladan u gentamitsin
va
streptomitsinga
nisbatan
kuchliroq
(lekin
neomitsindan
kamroq)
ototoksiklikga ega.
Quloqda shang‘illash (shovqin)ni paydo bo‘lishi dori vositani qo‘llashni
to‘xtatishga asos bo‘ladi, chunki u eshituv nervini jarohatlab, eshitishni qaytmas
susayishiga, hattoki gunglikka olib kelishi mumkin. Kanamitsinni ototoksik
ta'siri, ayniqsa, uni uzoq muddat qo‘llaganda xavfli (silni davolashda).
Vestibulyar buzilishlar nisbatan kam uchraydi. Kanamitsin yaqqol ko‘zga
tashlanadigan nefrotoksik ta'sirga ham ega. Shu
sababli davolash davrida
- 896 -
muntazam nafaqat eshitish holatini, balki buyrak funksiyasini ham nazorat qilish
darkor. Bundan tashqari, jigarga ham salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ba'zan
allergik reaksiyalar kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar va ehtiyot choralari neomitsin va
gentamitsinnikiga o‘xshash.
II guruh silga qarshi antibiotiklarga kapreomitsin va florimitsin sulfat
(viomitsin)lar ham tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: