O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet423/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Gistoshizotrop vositalar
Plazmodiylarni preeritrotsitar shakllarini rivojlanishini to‘xtatuvchi dori vositalarga yuqorida ko‘rib chiqilgan xloridin mansubdir Plazmodiylarning paraeritrotsitar shakllariga 8-aminoxinolin hosilasi bo‘lgan primaxin halokatli ta'sir ko‘rsatadi. U plazmodiylarni jinsiy shakllariga ham ta'sir ko‘rsatadi (gamontotsid ta'sir). Me'da-ichak traktidan yaxshi so‘riladi. Qon zardobida maksimal konsentratsiyasi 2 soatdan keyin hosil bo‘ladi. Organizmda dori vosita tez kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Buyrak orqali asosan metabolitlar ko‘rinishida ajraladi (1 sutka davomida).
Uch kunlik bezgakni kech qaytalanishi hamda bezgakni vositachi orqali tarqalishini oldini olish uni qo‘llashga asosiy ko‘rsatma (gamontotrop ta'sirga ega ekanligidan) hisoblanadi.
Noxush ta'sirlar sifatida dispepsik o‘zgarishlar, metgemoglobinuriya, leykopeniya, ba'zida agranulotsitoz kuzatilishi mumkin. Nasliy enzimopatiya (eritrotsitlarda glyukoza-6-fosfat yetishmasligi)si bo‘lgan shakllarda o‘tkir gemoliz va gkmoglobinuriya rivojlanadi.
Primaxinni boshqa dori vositalar bilan qo‘shib (bir vaqtda va ketma-ket) ishlatish mumkin.
Gamontotrop vositalar
Jinsiy hujayralarga ta'sir ko‘rsatuvchi dori vositalar gamontotsid (primaxin) yoki gamontostatik (xloridin) xossaga ega bo‘lishlari mumkin. Gamontotsid vositalar ta'sirida plazmodiylarning jinsiy hujayralari inson organizmida halok bo‘ladi. Gamontostatik vositalar jinsiy hujayralarni faqat jarohatlaydilar va Shuning natijasida sporogoniya (turli bosqichlarida) jarayoni buziladi.
Bezgakka qarshi vositalarni qo‘llash prinsiplari
Bezgakka qarshi vositalarni bezgakni oldini olish va davolash maqsadida qo‘llashadi.
Shaxsiy ximioprofilaktika sog‘lom odamni bezgak bilan kasallanib qolish xavfi bor tumanda bezgakni oldini olishni nazarda tutadi. Eng maqbul vosita sporozoitotsid ta'sir ko‘rsatishi kurak edi. Ammo bunday dori vosita yo‘q, Shu sababli preeritrotsitar (birlamchi to‘qima) shakllariga ta'sir etuvchi moddalarni qo‘llashadi. Shunday dori vositalardan xloridin yuqorida qayd etilgan edi. Shaxsiy ximioprofilaktika maqsadida ko‘pincha gematoshizotrop vositalardan xingamin, mefloxin hamda doksitsiklin1ni qo‘llashadi. Ular isitmalash xurujini rivojlanishini oldini oladilar. Bezgakni davolash enteral qo‘llaniladigan, plazmodiylarni eritrotsitar shakllariga ta'sir etuvchi, gematoshizotrop vositalar (xingamin) bilan amalga oshiriladi. Xingamin va unga o‘xshash dori vositalarga chidamlilik orttirgan plazmodiylar qo‘zg‘otgan bezgakni davolashda ko‘pincha xinin, xloridin, sulfanilamidlar va sulfonlar yaxshi natija beradi. Ko‘proq ta'sir mexanizmi turlicha bo‘lgan bezgakka qarshi vositalarni birgalikda (kombinatsiya) qo‘llashadi. Tez rivojlanuvchi bezgakda, ayniqsa, bezgak komasida (tropik bezgak asorati) gematoshizotrop moddalarni (masalan, xinin, xingamin), odatda, katta dozada parenteral kiritiladi. Uch va to‘rt kunlik bezgakda to‘liq davolanishni faqat gematoshizotrop vosita-larni o‘zi ta'minlay olmaydi, chunki paraeritrotsitar shakllarni rivojlanishi tufayli hastalik qaytalanishi mumkin.
Shu sababli hastalikni kech qaytalanishini (epidemiyadan oldin) ximioprofilaktikasi maqsadida paraeritrotsitar shakllarga ta'sir ko‘rsatuvchi dori vositalarni berish lozim (primaxin).
_________________________
1Malaronni (atovakvon + proguanil) ham qo‘llashadi.
Tropik bezgak bundan istisno, chunki avval qayd etilganidek u plazmodiylarni rivojlanishida paraeritrotsitar shakllar bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib, tropik bezgakni xloridinni o‘zi bilan to‘liq davolash mumkin.
Jamoat ximioprofilaktikasining asosiy vazifasi (kollektiv epidemiologik ximioprofilaktika) bezgakni bemor odamdan boshqalarga o‘tishini oldini olishdir. Bu maqsadda gamontotrop vositalar (primaxin, xloridin)ni qo‘llash tavsiya etiladi. Bunda chivin tanasida sporozoitlar hosil bo‘lmaydi.
Binobarin, bezgakka qarshi vositalarning ta'sir spektri ularni qo‘llashga ko‘rsatmalarni belgilashda muhim ahamiyatga egadir.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish