Bezgakni oldini olish va davolashda qo‘llaniladigan vositalar Iqlimi iliq bo‘lgan ko‘pgina davlatlarda bezgak hozirgacha eng ko‘p uchraydigan hastalik bo‘lib qolmoqda. Bizni davlatimizda bezgak juda kam uchraydi. Bezgakni qo‘zg‘atuvchisi plazmodilardir. Uch kunlik bezgakni Plasmodium vivax va P. ovale, tropik bezgakni P. Falciparum, to‘rt kunlikni P. Malariae rivojlantiradi. Bezgakni eng ko‘p qo‘zg‘atuvchi P. vivax va P. falciparum hisoblanadi. Bezgak plazmodiysi rivojlanishi ikkita sikldan iborat. Inson organizmida jinssiz (shizogoniya) sikli, chivin tanasida jinsiy (sporogoniya) sikli kechadi.
Chivin chaqqanda inson organizmiga sporozoitlar tushib tezda jigar hujayralariga o‘rnashadi. U yerda ular rivojlanish siklini (plazmotsitlarni preeritrotsitar shakllari) o‘tadilar va keyin bo‘linib to‘qima merozoitlariga aylanadilar. Merozoitlar qonga o‘tib eritrotsitlar ichiga kiradilar va u yerda eritrotsitar shakllarini rivojlanishi o‘tadi. Ularda shizontlar yetilgach uni yuqori darajada bo‘linishi (merulyasiya) kuzatiladi. Bunda hosil bo‘lgan eritrotsitar merozoitlar (morulalar) qonga chiqib boshqa eritrotsitlarga kiradilar va shizogoniya sikli yana qaytalanadi. Eritrotsitlarni yorilishi va merozoitlarni qonga chiqishi vaqti isitmalash xurujida namoyon bo‘ladi.
Eritrotsitar merozoitlarning bir qismidan erkak va ayol jinsiy hujayralar – gamontlar hosil bo‘ladi. Ularni urchishi faqat chivin tanasida kechadi. Jinsiy sikl sporozoitlarni hosil bo‘lishi bilan tugallanadi va ular chivin chaqqanda uning so‘lagi orqali inson qoniga o‘tadi va bezgak plazmodiylarining yangitdan jinssiz rivojlanish sikli boshlanishiga sabab bo‘ladi.
Uch kunlik, balki to‘rt kunlik bezgakda preeritrotsitar sikl nihoyasida to‘qima merozoitlarining bir qismi yana jigar hujayralariga kiradilar va u yerda davomlimuddatda rivojlanish klinik belgilarni yuzaga chiqarmagan holda, siklni qaytaradilar. Plazmodiylarni bu shakli paraeritrotsitar deb nomlangan. Ular plazmodiylarning eritrotsitar tsiklini rivojlanishi va hastalikni kech qaytalanishini ta'minlaydilar. Tropik bezgakda paraeritrotsitar shakl bo‘lmaydi.
Bezgak ximioterapiyasida birinchi marta xin daraxti po‘stlog‘idan ajratilgan xinin qo‘llangan. Keyinchalik juda ko‘p sintetik dori vositalar yaratilgan.
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha bezgakka qarshi vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
A) Xinolin unumlari:
4-o‘rin olgan xinolinlar: Xingamin (xloroin) Xinin Mefloxin
8-aminoxinolinlar: Primaxin
B) Pirimidin1 unumlari: Xloridin (pirimetamin)
Bezgakka qarshi vositalar bir-biridan inson organizmida plazmodiylarni rivojlanish shakllariga nisbatan ta'sir etishi bo‘yicha farq qiladilar. Shunga asosan quyidagilarga ajratilgan:
1) Gematoshizotrop vositalar (eritrotsitar shizontlarga ta'sir etadilar)
2) Gistoshizotrop vositalar (to‘qima shizontlariga ta'sir etadilar)
a) preeritrotsitar (birlamchi to‘qima) shakllariga ta'sir ko‘rsatuvchilar
b) paraeritrotsitar (ikkilamchi to‘qima) shakllariga ta'sir ko‘rsatuvchilar
3) gamontotrop vositalar (jinsiy shakllarga ta'sir ko‘rsatadilar).
Bezgakka qarshi vositalarni ta'sir yo‘nalishini bilish ularni bezgakni davolash va oldini olishda qo‘llash samaradorligi uchun katta ahamiyatga ega.