O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Antibakterial ximioterapiya vositalari



Download 30,26 Mb.
bet378/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

15.2.Antibakterial ximioterapiya vositalari1
Antibakterial ximioterapevtik vositalarga quyidagi ikkita sifat xosdir:
1) ma'lum turdagi xastalik qo‘zg‘otuvchilarga tanlab ta'sir ko‘rsatish, ya'ni muayyan antimikrob ta'sir spektriga egadirlar;
2) inson va jonivorlarga kam zahardirlar.
Ularni ko‘proq rezorbtiv ta'sirlaridan foydalaniladi (enteral va parenteral kiritiladi) dori vositalar sistemali infeksiyalarda qo‘llaniladi. Shu bilan bir qatorda ximioterapevtik vositalarni Mahalliy ham qo‘llashadi; bunda ular juda kam (minimal) so‘rilishi kerak.
___________________
1 Ximioterapiya vositalar deb ma'lum infeksion va parazitar xastaliklar qo‘zg‘otuvchilariga nisbatan tanlab ta'sir etuvchi (tanlab zaharlovchi) moddalarga aytiladi.
Bundan tashqari ularga viruslar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar va gijjalarga qarshi dori vositalar ham kiradi. Bu kuchli va turg‘un antimikrob ta'sir olish va noxush ta'sirotlar rivojlanishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Lokal (Mahalliy) ta'sirni rivojlantirish maqsadida dori vositani teri va shilliq qavatlarga surtiladi, hamda ichak infeksiyalarga ta'sir ko‘rsatish uchun ichiladi (ovqat hazm qilish traktidan so‘rilmaydigan moddalarni). Antibakterial ximioterapevtik vositalarni qo‘llashni o‘ziga hos tomonlari mavjud. Avvalam bor davolashni muvaffaqiyatini ta'minlash uchun xastalikni qo‘zg‘atuvchisini va qo‘llash mumkin bo‘lgan ximioterapevtik vositaga uni sezgirligini aniqlash lozim. Agar xastalik qo‘zg‘otuvchisi ma'lum bo‘lsa, tegishli antibakterial spektrga ega bo‘lgan dori vosita tanlanadi. Qo‘zg‘otuvchisi noma'lum bo‘lgan holda ta'sir spektri keng bo‘lgan moddalar yoki ikkita, yakuniy spektri tahmin qilinayotgan qo‘zg‘otuvchini qamragan dori vositani birgalikda qo‘llash maqsalga muvofiqdir.
Davolashni iloji boricha erta boshlash lozim. Xastalikni avvalida mikroblar soni kam va ular keskin ravishda rivojlanayotgan va ko‘payayotgan holda bo‘ladilar. Bu bosqichda mikroorganizmlar ximioterapevtik vositalar ta'siriga juda ham sezgir bo‘ladilar. Biologik suyuqliklarda va to‘qimalarda dori vositani bakteriostatik yoki bakteriotsid konsentratsiyasini ta'minlash uchun dori vosita dozalari yetarlicha bo‘lishi lozim. Davolashni avvalida ba'zan dori vositani keyingilariga nisbatan ko‘proq bo‘lgan katta dozalarda qo‘llashadi. Davolash muddati optimal bo‘lishi o‘ta muhim.
Klinik holatni birmuncha yaxshilanishi ( isitmani tushishi va boshqalar) dori vositani qabul qilishni to‘xtatishga yetarlicha asos bo‘la olmaydi. Agar davolashni zarur muddatda o‘tkazilmasa, kasallik qaytalinishi mumkin. Ba'zi yuqumli kasalliklarda qayta davolashni o‘tkazishga zaruriyat tug‘iladi. Ba'zi dorilarni me'da – ichak traktidan to‘liq so‘rilmasligi, gematoensefalik to‘qimalardan yomon o‘tishi va Shunga o‘xshashlarni nazarda tutgan holda moddalarni kiritishni eng samarador yo‘lni tanlash katta ahamiyatga ega. Tez-tez bir vaqtni o‘zida ikki-uchta antibakterial vosita beriladi. Shuni inobatga olish lozimki, bunday dori vositalarni birgalikda qo‘llash yetarlicha asoslangan bo‘lishi darkor, chunki birga qo‘llashda antibakterial faollikni ortishi bilan birga ularni zaharligini ham kuchayishi kuzatilishi mumkin. Bakterialarni ximioterapevtik vositalarga chidamlilik ortishlarini oldini olish maqsadida dori vositalarni birgalikda qo‘llash surunkali infeksiyalarda ( masalan, silda) ayniqsa zarur.
Antibakterial ximioterapiya vositalari quyidagi guruh lardan iboratdir:

  • antibiotiklar

  • sulfanilamid dori vositalari

  • xinolin unumlari

  • turli hil kimyoviy tuzilishli sintetik antibakterial vositalar

  • zahmga qarshi vositalar

  • silga qarshi vositalar




Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish