Qo'llanilishi.
- Toshmali isitma (allergik rinit, allergik kon'yunktivit);
- kelib chiqishi turlicha bo'lgan eshakemi;
- teri qichimasi, qichima dermatozlar;
- o'tkir va surunkali ekzema, kontakt dermatiti;
- dori allergiyasi; hashoratlarning tishlashi va chaqishi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar. O'ta yuqori sezuvchanlik, MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish, nafas yo'llarining pastki bo'limlarining kasalliklari (shu jumladan bronxial astma).
Tavegilni ayollarda emizish davrida qo'llash mumkin emas.
Tavegil (tabletkalari) ni 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas (1 yoshdan boshlab Tavegil siropini va in'ektsiya uchun eritmasini qo'llash mumkin)
Ehtiyotkorlik bilan. Stenozlovchi me'da yarasi, piloroduodenal obstruktsiyasi, qovuq bo'ynining obstruktsiyasi, yuqori ko'z ichki bosimi, gipertirioz, yurak-tomir tizimining kasalliklari, shu jumladan arterial gipertenziyasi bo'lgan patsientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llash.
Homiladorlikda ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan holdagina Tavegilni qo'llash mumkin.
Qo'llash usuli va dozalari.
Tabletkalarni ovqatdan oldin suv bilan birga qabul qilish kerak.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga:1 tabletkadan (1 mg) ertalab va kechqurun buyuriladi.
Davolanishi qiyin bo'lgan hollarda:Sutkalik doza 6 tabletkagachani (6 mg) tashkil qilishi mumkin.
6-12 yoshli bolalarga:1/2-1 tabletkadan nonushtadan oldin va kechasiga buyuriladi.
Nojo'ya ta'sirlari.Sezgi a'zolari tomonidan: Ko'rish aniqligini buzilishi, diplopiya, o'tkir labirintit, quloqlarda shovqin.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: Mumkin - yuqori charchoqlik, uyquchanlik, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, qaltirash, sedativ ta'sir, bo'shashish, charchoqlik hissi, tormozlanish, harakat koordinatsiyasini buzilishi. Ba'zi hollarda, ayniqsa bolalarda markaziy nerv tizimini rag'batlantiruvchi ta'siri, ya'ni bezovtalik, yuqori qo'zg'aluvchanlik, qo'zg'alish, asabiylik, uyqusizlik, isteriya, eyforiya, tirishishlar, parasteziya, nevrit aniqlanadi.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: Dispepsiya, ko'ngil aynishi, epigastriy sohasida og'riqlar, qabziyat, qusish; kam - og'izni qurishi, ishtahani pasayishi va diareya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: Juda kam–tez-tez yoki qiyinchilik bilan siyish.
Nafas a'zolar tomonidan: Kam – bronxial shirasining quyuqlashishi va balg'am ko'chishini qiyinlashishi, ko'krak qafasini qisilish hissi va nafasni qiyinlashuvi, burunni bitishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: Kam – arterial bosimni pasayishi (ko'proq keksa bemorlarda), yurak urishi, ekstrosistoliya.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: Trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, agranulotsitoz.
Allergik reaktsiyalar: Juda kam – eshakemi, teri toshmasi, fotosensibilizatsiya, anafilaktik shok.
Do'stlaringiz bilan baham: |