Qabul qilish tartibi. Bu preparatni doimo shifokorning qat'iy ko'rsatmasiga muvofiq qabul qiling. Kerakli tomchilar miqdorini tomchilatgich yordamida osh qoshig'iga yoki 1 stakan suvga o'lchab olish lozim. Tomchilarni ichga ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar suyultirilganidan so'ng darhol qabul qilish lozim.Kursning davomiyligi patsentning shikoyatlarini turi, davomiyligi va dinamikasiga bog'liq. Toshmali isitmani davolash odatda 3-6 hafta davom etadi.
Odatdagi dozalar. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga:Kuniga 1 ml tomchi (20 tomchidan, ya'ni 5 mg dan kuniga 1 marta).
6-12 yoshli bolalarga:Kuniga 1 ml tomchi (20 tomchidan, ya'ni 5 mg dan kuniga 1 marta).
2-6 yoshli bolalarga:Kuniga 0,25 ml tomchi (5 tomchidan, ya'ni har kuni (2,5 mg) 2 marta qabul qilishga teng dozalarda: 2 x 1,25 mg).
Buyraklar faoliyatining buzilishlari bo'lgan patsientlarga: Buyraklarning shikastlanishini og'irligiga qarab pasaytirilgan dozalarni berish mumkin. qabul qilish tartibi shifokor tomonidan belgilangan bo'lishi lozim.
Jigar faoliyatining buzilishi bo'lgan bemorlarga:Preparatni buyurishda dozani qanday bo'lmasin o'zgartirish talab etilmaydi. Jigar va buyraklar faoliyatining qo'shma buzilishi bo'lgan patsientlarga buyraklarning shikastlanishini og'irligiga qarab pasaytirilgan dozalarni berish mumkin. qabul qilish tartibi shifokor tomonidan belgilangan bo'lishi lozim.
Tavegil Farmakologik xususiyatlari. H1-gistamin blokatori – etanolamin hosilasi. Allergiyaga qarshi, qichimaga qarshi ta'sirga ega, tomirlarning o'tkazuvchanligini pasaytiradi, sedativ va M-xolinobloklovchi ta'sir ko'rsatadi, uyqu chaqiruvchi faollikka ega emas. Gistamin tomonidan induktsiyalangan vazodilyatatsiya va silliq mushaklar qisqarishi rivojlanishini oldini oladi. Kapillyarlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi, ekssudattsiya va shishning shakllanishini tormozlaydi, qichishishni kamaytiradi. Preparatning antigistamin faolligiga maksimum 5-7 soatdan so'ng erishiladi, 10-12 soat davomida saqlanadi, ayrim hollarda esa – 24 soatgacha.
Farmakokinetikasi: Ichga qabul qilinganidan keyin klemastin me'da-ichak yo'llaridan deyarli butunlay so'riladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 2-4 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 95% ni tashkil qiladi. Plazmadan chiqarilishi ikki bosqichli bo'lib, yarimchiqarilishining muvofiq davrlari 3.6±0.9 soat va 37±16 soatlarni tashkil qiladi. Klemastin jigarda ahamiyatli metabolizmga duchor bo'ladi. Metabolitlariasosan (45-65%) buyraklar orqali siydik bilan chiqariladi; o'zgarmagan faol modda siydikda faqat izlari miqdoridagina aniqlanishi mumkin. Emizikli davrda klemastin ko'krak sutiga kam miqdorda o'tishi mumkin.