O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


I. KIRISH 1. Farmakologiya fanining maqsad va vazifalari. Uning boshqa tibbiy fanlar orasidagi o‘rni



Download 30,26 Mb.
bet3/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

I. KIRISH
1. Farmakologiya fanining maqsad va vazifalari. Uning boshqa tibbiy fanlar orasidagi o‘rni
Farmakologiya tibbiyotning asosiy fanlaridan biri bo‘lib, u shifokorni o‘zining asosiy quroli  dorilar bilan tanishtiradi. U shifokor bemor organizmida dorilar bilan nima qilayotganligini, katta yoki kichik dozalarda ulardan qanday samaralar kutish lozimligini ko‘rsatadi.
Farmakologiya lotincha so‘zlar birikmasidan olingan bo‘lib (pharmacondori, logosfan), dorilar to‘g‘risidagi fan degan ma’noni bildiradi. Famakologiya turli xil kimyoviy birikmalarning tirik organizmlar bilan (Shu jumladan odam va hayvon organizmlari bilan ham) o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Uning eng asosiy vazifalaridan biri – yanada samaraliroq va xavfsizroq bo‘lgan dori vositalarini izlab topishdan iboratdir.
Farmakologik tekshirishlarning doirasi juda keng. U dori moddalarning turli murakkablikdagi biologik tizimlarga ta’sirini o‘rganishni o‘z ichiga qamrab oladi – butun bir organizmdan tortib, har bitta hujayragacha, va hattoki, hujayralarning tarkibiy qismlariga, retseptorlar va fermentlarga ta’sirini ham. Kimyoviy moddalar ta’sirida biologik tizimlar faoliyatining o‘zgarishlari ularning biologik samaralari (faolligi) yuzaga chiqishiga olib keladi.
Tibbiy –biologik fanlar qatoridan o‘rin olgan farmakologiya eksperimental va amaliy tibbiyotning turli sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda bir tomonda tibbiyotning asosiy nazariy fanlari  fiziologiya, patologik fiziologiya, biokimyo tursa, ikkinchi tomonda amaliy fanlar  klinik farmakologiya, terapiya, pediatriy, xirurgiya va boshqalar turadi. Shuningdek, u farmasiya fanlari  Farmatsevtik kimyo, farmakognoziya, Farmatsevtik texnologiya bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular orqali esa biokimyo, botanika, texnologiya fanlari bilan ham bog‘lanadi.
Farmakologiyaning klinika uchun ahamiyatli fan ekanligi Shundan ham ko‘rinib turibdiki, undan o‘tgan asrning oxirlarida dori vositalarining inson organizmi bilan o‘zaro ta’sirlarini turli patologik holatlarda, bevosita bemorning oldida o‘rganuvchi klinik farmakologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.
Farmakologiyaning ahamiyati amaliy tibbiyot uchun o‘ta beqiyosdir. Hozirgi kungacha farmakologlar tomonidan juda katta zahiradagi yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan dori vositalarining yaratilganligi (oxirgi ma’lumotlarga qaraganda butun yer shari mamlakatlaridagi jami yaratilgan va amaliyotda qo‘llanilayotgan dori dori vositalarning soni 300 000 dan ortiqni tashkil etadi) ko‘pchilik kasalliklarni davolashning universal usuliga aylantirdi. Shuning uchun ham farmakologiya fanini mukammal bilish istalgan sohadagi shifokorlar uchun mutlaqo zarur hisoblanadi. Farmakologiyani bilish zarurligining yana bir ahamiyati Shundaki, zamonaviy dori moddalarning ko‘pchiligi juda yuqori faollikka ega bo‘lganliklari uchun ularni tavsiya qilishdagi ozgina noaniqlik bemorning hayotiga xavf soluvchi o‘ta kuchli asoratlarga olib kelishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, farmakologiyaning muhim vazifasi yangi dori vositalarini izlab topishdan iboratdir. Buning uchun asosiy yo‘l – kimyoviy sintez usulidir. Bundan tashqari, o‘simliklarning tabiiy birikmalaridan, hayvonlarning to‘qimalaridan va ma’danlardan ham unumli foydalaniladi. Shu bilan birga, ko‘pchilik bebaho dori vositalarning zamburug‘lar va mikroorganizmlar hayoti davomida ajralib chiqishini ham inobatga olish lozim. Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi dori vositalar yaratishda hujayraviy va gen injeneriyasi ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Farmakologlar tomonidan yangi dori vositalarini izlab topish, ularni sinovdan o‘tkazish va amaliyotga tadbiq etish ishlari kimyogarlar va klinisistlar bilan o‘zaro hamkorlikda olib boriladi. Zamonaviy doriShunoslik sohasidagi ulkan yutuqlar va yuksalishlar qator yangi ilmiy yo‘nalishlar hamda fanlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ularga eksperimental va klinik farmakologiyadan tashqari farmasiya, toksikologiya, immunofarmakologiya, farmakogenetika, yuqumli kasalliklar kimyoviy terapiyasi, o‘sma kasalliklarining kimyoviy terapiyasi, farmako epidemiologiya, farmakoekonomika (farmakoiqtisodiyot) va boshqalarni kiritish mumkin.



Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish