Qonning ivishining pasaytiruvchi vositalar
(Antikoagulyantlar)
Ta’sir tabiatiga asoslanib antikoagulyantlar ikkiga bo‘linadi(7.2-sxema):
Bevosita ta’sirli antikoagulyantlar: (geparin).
Bilvosita ta’sirli antikoagulyantlar: (qon ivishi faktorlarini sintezini susaytiruvchilar)-neodikumarin, fenilin, sinkumar.
Geparin – semiz hujayralarda hosil bo‘ladigan tabiiy qon ivishiga qarshi vosita. Jigar va o‘pkada ko‘p bo‘ladi. Tibbiyot amaliyoti uchun so‘yilgan qora mollarning o‘pkasidan ajratib olinadi. Geparin mukopolisaharid bo‘lib, molekulyar og‘irligi 15000-20000, tarkibida sulfat kislota qoldig‘i bo‘lganligidan kuchli kislotalik xossasiga ega. Eritmalari manfiy zaryadga ega bo‘lganligi, qon ivishida ishtirok etuvchi oqsillar bilan birikishga imkon beradi.
Geparin qon zardobidagi antitrombin III (kofaktor) bilan bog‘lanadi va trombin faolligini susaytiradi, natijada fibrinogen fibringa aylanmaydi. Bundan tashqari geparin protrombinni trombinga aylanishga qarshilik qiladi. Dori vositaning antikoagulyantlik ta’siri in vivo va in vitro sharoitida ham namoyon bo‘ladi. Katta dozalarda geparin trombositlar agregasiyasini tormozlaydi. Geparinni faqat tomirga kiritiladi, geparin jigarning geparinnaza fermenti ta’sirida parchalanadi. Geparin lipoproteinlipaza fermentini ajralishiga sabab bo‘ladi va triglitseridlarning erkin yog‘ kislotalarigacha parchalaydi. Natijada qonda lipidlar miqdori kamayadi. Geparinning miqdori qonda oshib ketsa (dozasi oshirib berilganda), uning antagonisti musbat zaryadli protamin sulfat qo‘llaniladi. (u baliq spermasidan ajratib olingan), natijada geparin faolligi susayadi va erimaydigan kompleks hosil bo‘ladi. Protamin sulfat tomirga kiritiladi, 1mg protamin sulfat 100 ED geparinni faolsizlantiradi.
Natriy gidrotsitrat – antikoagulyant bilvosita ta’sirli, chunki Sa++ ionlarini bog‘lab qon ivishini to‘xtatadi. Asosan 4-5% eritmada, qon konservatsiyasida qo‘llaniladi.
Bilvosita antikoagulyantlar (dikumarin, neodikumarin, sinkumar, fenilin) vitamin K ning antagonistlari bo‘lib. Jigarda protrombin, prokonvertin va boshqa qon ivishida ishtirok etuvchi omillar sintezini to‘xtatadi. Bu dori vositalar faqat in vivo, ya’ni organizmga ta’sir ko‘rsatadilar: enteral yo‘l bilan kiritiladi, ta’siri asta-sekin rivojlanadi (18-48 soatdan keyin) 2-4 kun davom etadi. Hammasi ham kumulyatsiya effektiga ega. Dozasi oshib ketganligini birinchi ishonchli belgisi gematuriya hisoblanadi.
Noxush ta’siri: qon oqishi, qon quyilishi, dispepsiya, jigar funksiyasining susayishi, allergik reaksiyalar.Antikoagulyantlarni trombozlar, emboliyalar, tromboflebit, miokard infarkti, stenokardiya, yurak nuqsonlarida qo‘llaniladi.
Gematuriya, me’da va 12 barmoq yarasi, yazvali kolitlar, buyrak tosh-xastaligi, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Jigar patologiyasida Ehtiyot bo‘lib qo‘llash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |