LIOTON gel Tarkibi. 100 g gel- 100 000 TBda geparin saqlaydi.
Farmakoterapevtik guruhi. Antikoagulyant. Gel holidagi Lioton 1000 geparin asosidagi sirtga qo'llaniladigan preparat bo'lganligi sababli, u yallig'lanish va jarohatli holatlarda mahalliy davolashda qo'llaniladi.Zararlangan yuzaga surtilganda shishga, koagulyatsiyaga qarshi va anesteziyalovchi ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli, Lioton 1000 eng avval varikoz kasalligini davolashda tomir jarrohligi, hamda shikastlar va lat yeyishlarni uyg'unlashgan holda davolashda travmatologiya sohalarini o'z ichiga olgan keng qo'llash doirasi bilan farqlanadi. Preparat yuqori umumiy va mahalliy o'zlashtirilishi bilan ajralib turadi.
Qo'llanilish sohalari.Varikoz sindrom va flebotromboz, tromboflebit, yuzaki periflebit, varikoz yara kabi u bilan bog'liq asoratlar. Operatsiyadan keyingi varikoz flebit, son teri osti venasini olib tashlash jarrohlik operatsiyasidan keyingi holatlar. Shikast va lat yeyishlar, lokalizatsiyalashgan infil`trat va shishlar, teri osti gematomalari. Mushak-payli to'qimalar va bo'g'im xaltacha-bog'lovchi apparatning shikastli zararlanishlari.
Qo'llash usuli va dozalari.Kuniga 1-3 marta 3-10 sm gelni terining zararlangan sohasiga surtiladi va ehtiyotkorlik bilan teriga ishqalanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar. Preparat komponentlariga ma'lum o'ta sezgirlik.
Ogohlantirishlar. Lioton 1000 ni qon ketishlari, hamda ochiq jarohatlar, shilliq qavatlar va yiringli jarayonlar mavjud bo'lgan zararlangan sohalarda qo'llash tavsiya etilmaydi.Gemorragik simptomlar mavjud bo'lganda Lioton 1000® gel` bilan davolashni puxta o'ylab ko'rish lozim. Sirtga qo'llaniladigan preparatlar bilan davomiy davolanganda ayrim hollarda giperergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
TROMBO ASS Tarkibi. 1 tabletkada faol modda:Atsetilsalitsil kislotasi - 50mg yoki 100mg.
Farmakologik ta'siri. Antiagregant vosita. Trombo ASS trombotsitlarda tromboksan A2 sintezini bosishi hisobiga ularni agregatsiyasini kamaytirishi oqibatida, qon ivishini pasaytirish qobiliyatiga ega. Me'da shirasini ta'siriga chidamli bo'lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni ishlatish, me'da tomonidan bo'ladigan nojo'ya ta'sirlari chastotasini pasaytiradi.
Qo'llanilishi. - Miokard infarktini birlamchi va ikkilamchi oldini olish;
- Yurak ishemik kasalligi bo'lgan bemorlarda miokard infarkti xavfini pasaytirish;
- Ishemik turidagi miya qon aylanishini buzilishini oldini olish
- Trombozlar va emboliyalarni oldini olish, shu jumladan ularni paydo bo'lishini xavfi yuqori bo'lgan patsientlarda (yurak va tomirlardagi operatsiyalardan, aortokoronar shuntlashdan keyingi).