Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo'llanilishi.Domperidonni homiladorlik vaqtida qo'llash haqidagi ma'lumotlar yetarli emas. Hozirgi vaqtga odamlarda rivojlanish nuqsonlari xavfini oshishi haqidagi ma'lumotlar yo'q. Shunga qaramasdan homiladorlikda Motiliumni faqat kutilayotgan terapevtik foyda, agarda uni qo'llashni oqlaganida buyurish kerak.Ayollarni ko'krak sutida domperidonning kontsentratsiyasi plazma kontsentratsiyasini 10 dan 50% gachasiga mos keladi va 10 ng/ml dan oshmaydi. Domperidonni yo'l qo'yilgan maksimal kontsentratsiyasi qo'llanganida, ko'krak sutiga ajralib chiqadigan domperidonni umumiy miqdori kuniga 7 mkg dan kam. Yangi tug'ilganlarga bu miqdorni salbiy ta'sir qilish - qilmasligi noma'lum. Shuning munosabati bilan laktatsiya davrida Motilium qo'llanganida emizishni to'xtatish lozim.
Avtomobil boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Ta'sir qilmaydi.
NO-SHPA
Farmakologik xususiyatlari. Drotaverin izoxinolin hosilasi bo'lib, fosfodiesteraza IV fermentini (FDE IV) bostirish yo'li orqali silliq mushaklarga spazmolitik ta'sir ko'rsatadi. Fosfodiesteraza IV fermentining ingibirlanishi sAMF kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi, bu miozin kinazaning (MLCK) yengil zanjirini faolsizlantiradi, bu o'z navbatida silliq mushakni bo'shashiga olib keladi. Drotaverin fosfodiesteraza (FDE) IV fermentini in vitro FDE III va FDE V izoenzimlarini ingibirlamasdan ingibirlaydi. FDE IV silliq mushaklarning qisqaruvchanlik qobiliyatini pasaytirilishi uchun funktsional juda muhim, bu FDE IV ning selektiv ingibitorlarini giperkinetik kasalliklarni va me'da-ichak yo'llarining spastik holatlar bilan bog'liq turli kasalliklarni davolashda foydali bo'lishi mumkin degan fikrga olib keladi.Miokardning va tomirlarning silliq mushaklari xujayralarda sAMF ni gidrolizlovchi ferment, asosan FDE III izoenzimi bo'lib, bu drotaverinni jiddiy yurak-tomir nojo'ya ta'sirlarsiz va kuchli yurak-tomir terapevtik faolliksiz, samarali spazmolitik agent ekanligini tushuntiradi.
Preparat silliq mushaklarning ham nerv etiologiyali, ham mushak etiologiyali spazmida samarali. Vegetativ innervatsiya turidan qat'iy nazar drotaverin me'da-ichak, o't-safro, urogenital va tomir tizimidagi silliq mushaklarga ta'sir qiladi.
Qo'llanilishi.
• biliar yo'llarining kasalliklari: xoletsistolitiaz, xolangolitiaz, xoletsistit,
perixoletsistit, xolangit, papillit bilan bog'liq bo'lgan silliq mushaklarning spazmlari.
• siydik yo'llarining silliq mushaklarining spazmlari: nefrolitiaz, uretrolitiaz, pielit, sistit, qovuqning tenezmlari.
Yordamchi davolash sifatida:
• kelib chiqishi me'da-ichak yo'llaridan bo'lan silliq mushaklarning spazmi, me'da va o'nikki barmoq ichak yara kasalligi, gastrit, me'daning kardial va ingichka ichakka tutash qismi (privratnik) spazmi, enterit, kolit, qabziyat bilan bo'lgan spastik kolit va ichak shilliq qavati kolitining meteoristik shakllari.
• tenzion turli bosh og'rig'i
• ginekologik kasalliklarda: dismenoreya.
Do'stlaringiz bilan baham: |