Nojo'ya ta'sirlari. Me'da-ichak yo'llari tomonidan: me'da-ichak buzilishlari (kam), alohidahollarda – ichakni o'tkinchi spazmlari;
- nerv tizimi tomonidan: ekstrapiramid ko'rinishlar (bolalarda – juda kam, kattalarda – yakka hollarda); bu ko'rinishlar butunlay qaytuvchi va preparatni qabul qilish to'xtatilganidan keyin yo'qoladi;
- immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar (juda kam);
- teri qoplamalari tomonidan: eshakemi;
- endokrin tizimi tomonidan: gipofizni gematoentsefalik to'siqdan tashqarida bo'lishligi bilan bog'liq bo'lgan, plazmada prolaktin miqdorini oshishi; kam hollarda bu giperprolaktinemiya, galaktoreya, ginekomastiya va amenoreya kabi neyroendokrin ko'rinishlar paydo bo'lishini rag'batlantirishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi. Simptomlari:
Uyquchanlik, dezorientatsiya va ekstrapiramid reaktsiyalar, ayniqsa bolalarda, bo'lishi mumkin.
Davolash: Doza oshib ketgan holda faollangan ko'mir va sinchikov kuzatish tavsiya etiladi.Antixolinergik vositalar, parkinsonizmda qo'llanadigan dorilar yoki antigistamin preparatlar, ekstrapiramid reaktsiyalar paydo bo'lganida samarali bo'lishi mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri.Antixolinergik preparatlar Motilium ta'sirini neytrallashi mumkin. Motiliumni peroral biologik kiraolishligi oldindan simetidin yoki natriy bikarbonati qabul qilinganidan keyin kamayadi. Motilium bilan bir vaqtda antatsid va antisekretor preparatlar qabul qilish mumkin emas, chunki ular ichga qabul qilinganidan so'ng uning biologik kiraolishligini pasaytiradi (shuningdek «Ogohlantirish va ehtiyotkorlik choralari» bo'limiga qarang).Domperidonning metabolik aylanishlarining asosiy yo'li CYP3A4 orqali. In vitro tekshirishlar asosida faraz qilish mumkinki, shu fermentni sezilarli ingibirlovchi dori vositalari bilan domperidonni bir vaqtda qabul qilish, plazmada domperidon miqdorini oshishini chaqirishi mumkin. Domperidonni ketokonazol bilan o'zaro ta'siri tekshirilganida (sog'lom ko'ngillilarda), ketokonazolni domperidonni CYP3A4 qaram birlamchi metabolizmini ingibirlashi aniqlangan, buning natijasida domperidonni maksimal kontsentratsiyasini va plato fazasidagi AUC ni taxminan uch marta oshishiga erishiladi.CYP3A4 fermenti ingibitorlari misoliga shuningdek quyidagi dori vositalari kiradi:
- azol qatori zamburug'larga qarshi preparatlar;makrolid guruhi antibiotiklari;
VICH – proteaza ingibitorlari;nefazodon.
Domperidon va ketokonazolni o'zaro ta'siri tekshirilganida, domperidon 10 mg dozada kuniga 4 marta va ketokonazol 200 mg dozada kuniga 2 marta birga qo'llanganida, QT intervalini 10-20 msekundga uzayishi kuzatilgan. Domperidon bilan monoterapiyada o'xshash dozalarda ham, 160 mg sutkalik dozada ham (bu maksimal sutkalik dozadan 2 marta yuqori) QT intervalini klinik ahamiyatli o'zgarishlari aniqlangan emas. Motilium gastrokinetik ta'sirga ega bo'lganligi uchun, nazariy, bir vaqida og'iz orqali qabul qilinayotgan preparatlarni so'rilishiga ta'sir qilishi mumkin edi, xususan, faol moddasi sekin ajralib chiqadigan preparatlarga, yoki ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan preparatlarga. Biroq domperidonni bemorlarda paratsetamol qabuli fonida yoki digoksin bilan davolash vaqtida qo'llash, bu preparatlarning qondagi miqdoriga ta'sir qilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |