6.3-Rasm. Levadopaning ta’siri (A) va uning karbidopa bilan birgalikda ta’siri (B). GEB-gematoensefalik baryer; minus-susaytiruvchi ta’sir. Qizil rangga bo’yalish darajasi dofaminning MNS va boshqa to’qimalardagi konsentratsiyasini ifodalaydi.
Nojo’ya effektlarni levadopa bilan gematoensefalik baryerdan o’tmaydigan periferik DOFA-dekarboksilaza ingibitorlari (karbidopa, benserazid) bilan birgalikda qo’llanilganda kamaytirish mumkin. Tarkibida levadopa va karbidopa bo’lgan (sinemet, nakom) va levadopa va benserazid bo’lgan (madopar) dori vositalar ishlab chiqarilgan. Bunday tarkibli dori vositalar levadopani MNS ga ko’p miqdorda o’tishiga yordam beradi. Bunda Levadopaning ichak va jigarda (umumiy qon aylanish tizimiga ko’proq o’tadi), periferik to’qimalarda, masalan buyrakda (qonda yuqori miqdori ta’minlanadi), miyaning endotelial kapillyarlarida (levadopani miya to’qimasiga kirishiga to’sqinlik qiluvchi enzimatik baryerni bartaraf qiladi) dekarboksillanish jarayonini ingibirlanishiga olib keladi. Levadopani samaradorligini oshirish uchun, nojo’ya effektlarini kamaytirish uchun, DOFA–dekarboksilazani ingibitorlaridan tashqari KOMT ni falajlovchi dori vosita entakapon (komtan) ishlatiladi. O’xshash bo’lgan tolkapon dori vositasini ishlatilishi cheklangan, bu dori vositada gepatotoksik ta’sir yuqori. Bundan tashqari ko’ngil aynish, qayt qilishda periferik to’qimalar, markaziy qusish zonalardagi dofaminoretseptorlarni falajlovchi domperidon (gematoentsefalik baryerdan o’tmaydi) moddalari buyuriladi. Ruhiy kasallik rivojlansa markaziy dofaminoretseptorlarni falajlovchi klozapin ishlatiladi (D2 ga qaraganda D4 retseptorlarga nisbatan 10 marta faol). Levadopani tanlab ta’sir qilmaydigan MAO ingibitorlari bilan birgalikda ishlatilib bo’lmaydi (chunki MAO noradrenalin, dofaminni faolsizlantiradi, agarda MAO faolligi susaysa keskin gipertenziya kuzatilishi mumkin), piridoksin (vitamin V6) bilan ham, chunki piridoksin levadopa faolligini susaytiradi. Levadopa 5 yil ichida eng samarador ta’sir ko’rsatadi. Asta sekin o’rganib qolish, diskineziya va boshqa nojo’ya ta’sirlar kelib chiqadi. Dori vositani yurak–qon tomir, jigar, buyrak kasalliklarining og‘ir holatlarida va psixozlarda ishlatib bo’lmaydi.
Parkinsonizmni davolashda qo’llaniluvchi, dofamin retseptorlarini qo’zg‘atuvchi xususiyatga ega bo’lgan dori vositalarga bromokriptin (parlodel) kiradi. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra alkaloid ergokriptinning yarim sintetik hosilasi (lizergin kislotasi unumi) bo’lib, dofaminergik D2 retseptorlarini agonisti hisoblanadi. Parkinsonizmga qarshi yuqori faollikka ega. Bromkriptin prolaktin va o’sish gormoni somatotropinni ishlab chiqarilishini susaytirish xususiyatiga ega. Ichishga buyuriladi, oshqozon ichak traktidan 30% ga yaqini so’riladi. Ko’p qismi jigar to’siqlaridan o’tganda o’z faoliyatini yo’qotadi. Organizmdan asosan o’t-safroda ichak orqali chiqib ketadi. Bromokriptin levadopa bilan kombinatsiya holatida qo’llaniladi. Davolashni boshlang‘ich davrlarida nojo’ya effektlaridan: ko’ngil aynash, qayd qilish, ortostatik gipotenziya kuzatilishi mumkin. Uzoq muddat qo’llanilganda ruhiy o’zgarishlar, diskineziya, etil spirtini ko’tara olmaslik, qabziyat kabi nojo’ya effektlar kuzatiladi.
D2 va D3 dofamin retseptorlarining agonistlaridan biri bo’lib ropinirol (rekvip) hisoblanadi. Parkinsonizmga qarshi ta’siri neostriatumdagi postsinaptik D2 dofaminoretseptorlarga ta’siri bilan tuShuntiriladi. Prolaktin sekretsiyasini pasaytiradi, parkinsonizmga qarshi xususiyati bo’yicha ropinirol bromokriptindan ustun.
Yuqorida aytilganidek, dofaminergik ta’sirotni kuchaytirish uchun, dofaminni faolsizlantirish jarayonini susaytirish lozim. Yuqorida ko’rsatilganidek, dofaminergik ta’sirni kuchaytirishni bir yo’li dofaminni faolsizlantirish jarayonini to’xtatishdan iborat. MAO –B ingibitorlari Shu asosda ta’sir qiladi. Selegilin (deprenil) tanlab, qaytmas holda Shu fermentni falajlaydi. Bu dori vositani odatda levodopa bilan birgalikda ishlatiladi. Tanlab ta’sir qilmaydigan MAO ingibitorlaridan farqi Shundaki, simpatomimetiklar bilan o’zaro ta’sir qilganda gipertenziv reaksiyalarni chaqirmaydi. Tajribalarda aniqlanishicha, selegilin MAO- B ni falajlashidan tashqari neyroprotektor xususiyatiga ega, ishemiya va neyrotoksik moddalar ta’sirida neyronlarning jarohatlanishini kamaytiradi. Qisman bu glial astrostitlardan ajralib chiquvchi nervlarning o’sish faktorlarini indukstiyalashiga bog‘liq. Klinik ma’lumotlarga ko’ra selegilin bemorlarda neyrodegenerativ (Altsgeymer kasalligi) kasalliklarda ijobiy natija bergan. Istisno emaski, Shunday natijani Parkinson kasalligida ham berishi mumkin, bu maxsus tekshirishlarni talab qiladi.
Parkinsonizmga qarshi moddalarga, glutamatergik ta’sirni kamaytiruvchi midantan (amantadin gidroxlorid, simmetrel) dori vositasi kiradi. Zamonaviy tuShuntirishga ko’ra, midantan NMDA-retseptorlarni falajlab, po’stloq glutamat neyronlarining neostriatumga stimullovchi ta’sirini kamaytiradi. Bu Parkinson kasalligini klinik ko’rinishlarini: rigidlik, titroq, gipokineziyani kamaytiradi. Bundan tashqari, midantan qora substansiya neyronlariga nisbatan neyroprotektor effektga ega. Bu holat ko’rsatilgan neyronlarning NMDA-retseptorlarini susaytirishi va hujayralarga kalsiy ionlarini kirishini susaytirishga, bu esa neyronlarning destruksiyasini, kasallikni rivojlanishini susaytiradi. Midantan ba’zi bir M-xolinolitik ta’sirga ega. Midantan Parkinson kasalligini, simptomatik parkinsonizmni (postenstefalitik yoki serebrovaskulyar), va ayniqsa levadopa ishlatib bo’lmaydigan holatlarda qo’llaniladi. Midantan gipokineziyani kamaytiradi yoki bartaraf qiladi, rigidlik va qaltirashni esa kamroq darajada kamaytiradi. 1-2 va undan ko’proq kundan so’ng holat yaxshilanadi, bir necha kun, ba’zida haftalardan so’ng maksimal effekt kuzatiladi. Bemorlar midantanni ko’p hollarda yaxshi ko’taradilar. Nojo’ya effektlaridan ba’zida uyqusizlik, gallyutsinatsiya, ortostatik gipotenziya, dispeptik o’zgarishlar, bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Dori vositani MNS ni bir qator kasalliklarida: gallyutsinatsiyalar bilan kechuvchi, tutqanoq shaklidagi titroqlarda, hamda jigar va buyrakni og‘ir kasalliklarida ehtiyotlik bilan qo’llanilishi kerak. Dastlab A2 tipdagi gripp viruslarini profilaktika qilish uchun viruslarga qarshi dori vosita sifatida amantadin nomi bilan taklif qilingan. Midantanni levadopa bilan kombinatsiya holatida qo’llash maqsadga muvofiq, bu holatda doza kamaytiriladi.
Parkinsonizmga qarshi moddalarning oxirgi gruppasi markaziy xolinolitiklar deb nomlanadi. Bu moddalar markaziy xolinoretseptorlarni falajlaganligi tufayli, bazal gangliyalarda xolinergik ta’sirlarni susaytiradi. Atsetilxolinning sinteziga, ajralib chiqishiga, gidroliziga ta’sir qilmaydi. Shunday dori vositalardan keng qo’llaniluvchi dori vosita siklodol (artan, trigeksifenidil gidroxlorid). U markaziy hamda periferik M-xolinolitik ta’sirga ega. MNS ga ta’sir qilib, ekstrapiramid sistemani jarohatlanishi bilan bog‘liq bo’lgan harakat buzilishlarini kamaytiradi yoki bartaraf qiladi. Siklodol samarali darajada titroqni va kam darajada mushaklar rigidligini, kamroq gipokineziyani bartaraf qiladi. Siklodol Parkinson kasalligida, parkinsonizmda va ekstrapiramid sistemaning jarohatlanishi bilan bog‘liq bo’lgan boshqa patologik holatlarda qo’llaniladi. Siklodol antipsixotik moddalarning qo’llanilishi natijasida kelib chiqqan parkinsonizm holatlarida samarali hisoblanadi. Dori vosita ichish uchun buyuriladi. Modda ingichka ichakdan yaxshi so’riladi va tez organizmdan chiqib ketadi. Kumulyatsiya kuzatilmaydi. Uzoq muddat qo’llanilganda o’rganib qolish kelib chiqadi. Periferik M-xolinoretseptorlarni falajlanishi, bir qancha nojo’ya effektlarni (og‘iz qurishi, taxikardiya, akkomodatsiyani buzilishi, ichak silliq mushaklarining tonusini susayishi) kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Siklodolni spazmolitik ta’siri atropinsimon, hamda miotrop (papaverinsimon) ta’siriga bog‘liq. Siklodolni dozasi oshganda MNS da buzilishlar (qo’zg‘alish, galyutsinatsiya) kelib chiqadi. Siklodolni glaukomada, prostata bezi gipertrofiyasi natijasida kelib chiqqan siydik ajralishini buzilishida, yurak, jigar, buyrak kasalliklarida ehtiyotlik bilan qo’llash kerak. Yoshi katta kishilarga Siklodol buyurilmaydi (xotira yomonlashadi, fikrlash buziladi). Parkinsonizmni davolashda ba’zan boshqa markaziy xolinoblokatorlar: tropatsin, (difeniltropin gidroxlorid), benztropin mezilat (kogentin) va boshqalar qo’llaniladi Hamma sanab chiqilgan parkinsonizmga qarshi dori vositalar etiotrop davolovchi moddalarga kirmaydi. Ular parkinsonizm sindromini kamaytiradi yoki bartaraf qiladi, Shuning uchun davolovchi effekti qo’llanilgan vaqtda saqlanib turadi.
Dori vositalar
Nomlari
|
Kattalar uchun o’rtacha terapevtik miqdori, va yuborish yo’li.
|
Ishlab chiqarish shakli.
|
Levodopa - Levodopa
|
Ichishga 0,25-1 g
|
Kapsula va tabletkada 0,25-0,5 g
|
Midantan - Midantanum
|
Ichishga 0,05-0,1 g
|
Tabletka,kapsula, 0,1 g
|
Siklodol - Cyclodolum
|
Ichishga 0,001-0,005 g
|
Tabletka 0,001; 0,002 va 0,005 g
|
Selegilin – Selegiline
|
Ichishga 0,005-0,01 g
|
Tabletka 0,005 i 0,01 g dan
|
Bromokriptin - Bromocriptine
|
Ichishga 0,03-0,04 g
|
Tabletka 0,0025 g; kapsula 0,005 -0,01 g
|
Do'stlaringiz bilan baham: |