Hozirda uyqu vositalarining quyidagicha tasnifi qabul qilingan.
Anksiolitiklar guruhi (nitrazepam, sibazon, diazepam va boshqa benzodiazepinlar)
Narkotik tipdagi ta’sir etuvchilar guruhi:
geterosiklik birikmalar (barbituratlar) fenobarbital, barbital natriy, barbamil, etaminal natriy)
alifatik birikmalar (xloralgidrat, bromizoval)
Turli kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan birikmalar (dimedrol, natriy-oksibutirat)
Uyqu chaqiruvchi vositalarning ta’sir mexanizmi aniq emas, chunki uyquning kelib chiqish mexanizmi ham oxirigacha xal etilmagan. Uyqu faol jarayon bo‘lib, unda retikulyar formatsiyaning rostal qismi faoliyati susayib (bosh miya po‘stloq qismini kuchaytiruvchi), gipnogen bo‘limlariniki esa ortadi, deb hisoblanadi. Balki uyqu vositalari gipnogen qismlarga ta’sir qilsa kerak. Barbituratlar bosh miyaning o‘zak qismidan po‘stloq qismiga qo‘zg‘atish impulslarini o‘tishini kamaytirsa, anksiolitiklar limbik qismiga ta’sir etadilar. Balki uxlatuvchi vositalar uyquni rivojlantiruvchi endogen birikmalarni (delta peptid) ajralishini oshirsalar kerak. Lekin fiziologik uyqu, uxlatuvchi vositalar bilan chaqirilgan uyqudan farqlanadi, chunki ular ta’sirida uyquning “tez” (odatda uning davomliligi “sekin” kechuvchi fazadan 4 marta qisqaroq) va “sekin” davrlarni davriy almashinishlari va ularning davomliligi buziladi. Bu organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. M-n: barbituratlar ta’sirida uyquning “tez” o‘tuvchi davri qisqaradi. Anksilotiklarning bu kabi ta’siri sustroq.
Anksiolitiklar guruhidagi uxlatuvchi vositalar
Anksiolitiklarning (anxius-bezovtalanish, qo‘rquv bilan qamralgan, lysis-eritish) ko‘plari hayajonni kamaytirish hisobiga uyquni rivojlanishiga yo‘l ochib beradilar. Bu borada benzodiazepin hosilalarining uzoq (diazepam) va mo‘tadil ta’sir etuvchilari (nitrazepam, fenazepam) ko‘proq ahamiyatlidir.
Benzodiazepinlarning ta’sir mexanizmi GAMK-A repseptorlarga GAMKning affinetitining (mosligini) oshirib, GAMKning tormozlovchi ta’sirini orttirishidan iborat. Bunda xlor ionoforlarining davomliroq ochilishi (yoki ularning sonini ortishi) kuzatilib, neyronlar ichiga ionlar ko‘proq kiradi va postsinaptik membranada tormozlanish potensiali ortadi, gipokampda va limbik sistema impulsdan keyingi gipotalamusga ta’sir etish rivojlanmaydi.
Nitrozepam (Nitrazepamum) - uxlatish, anksiolitik, tinchlantiruvchi, tirishishga qarshi va miorelaksantlik ta’siriga ega. Ichilgandan 30-60daqiqa keyin, uyqu boshlanadi va 6-8 soat davom etadi. Ta’siri tugagach, salbiy o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Yurak-tomir va parenximatoz a’zolarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Alkogol va narkotik moddalarning ta’sirini kuchaytiradi. MITdan yaxshi so‘riladi. Jigarda parchalanadi. Organizmda yig‘ilib qolmaydi.
Qo‘llanilishi: uyquni turli xil buzilishlarida, nevrozlarda, qo‘rquv bilan kechadigan ruhiy xastaliklarda, travmalarda, miyada qon aylanishining buzilishida, surunkali alkogolizmning abstinent sindromida, tutqanoqda, operatsiyalardan oldin va keyin. Nitrazepam qabul qilganlar, avtotransport haydashlari mumkin emas. Homiladorlik, miasteniya, jigar va buyrak xastaligida qo‘llash mumkin emas.
Sibazon (Sibazonum) - tibbiyotda keng qo‘llaniluvchi anksioltik. Mo‘tadil uxlatuvchi ta’sirga ega. Narkotik, uxlatuvchi, og‘riqsizlantiruvchi va alkogol ta’sirini kuchaytiradi. Miorelaksant va tirishishni yo’qotish xususiyatiga ega. Me’daning tungi sekretsiyasini pasaytirganligidan oshqozon va 12 barmoqli ichak yara xastaligida ahamiyatlidir. Antiaritmik ta’siriga ega. Sibazonni qon tomir, mushaklarga kiritish va ichish mumkin. Uyqudan oldin 1-2 tabletka ichiladi.
Reladorm (tarkibiga siklobarbital 0,1+sibazon 0,01 kiradi)- Nitrazepam qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarda, kuchli qichish bilan kechuvchi dermatozlar qo‘llaniladi.
Fenazepam (fenazepam). Yuksak faollikka ega bo‘lgan anksiolitik bo‘lib, benzodiazepining boshqa hosilalaridan ustunlikka ega. Yuqorida keltirilgan xastaliklarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |