Rp.: Pastae Zinci 40,0
D.S. Terining zararlangan qismiga surtish uchun
Liniment – Linimentum (qaratqich kelishik birlik sonda – linimenti, qisqartirilgani – lin.) – suyuq surtma. Linimentlar uchun maxsus asoslar yo‘q. Ularni tayyorlash uchun xohlagan suyuq moylar (Oleum Gossypii – paxta yog‘i, Oleum Helianthi – kungaboqar moyi, Oleum Hyoscyami – mingdevona moyi va b.) ishlatiladi. Linimentlar retseptda asosan kengaytirilgan shaklda yoziladi.
Misol:Tarkibida 5 % tozalangan terpentin moyi va 15 % metilsalisilat saqlagan 75 gramm linimentga retsept yozilsin.
Hisoblash:
1) terpentin moyi 100 g – 5 g
75 g – x
2) metilsalitsilat 100 g – 15 g
75 g – x
Rp.: Olei Terebinthinae rectificati 3,75
Methylii salicylatis 11,25
Olei Gossypii ad 75,0
M.f. linimentum
D.S. Jarohatga surtish uchun
Istisno:Agar liniment tarkibiga 1 ta ta’sir qiluvchi modda kirsa va asos sifatida paxta moyi ishlatilsa, u holda retsept foizli shaklda ham yoziladi.
Ofitsinal linimentlar faqat qisqartirilgan shaklda yoziladi (agarda preparatning bir nechta dozadagi turlari mavjud bo‘lsa, u holda konsentrasiyasini ko‘rsatgan holda yozish mumkin).
Misol: Sintomitsinning 5 % ofitsinal linimentiga retsept yozilsin.
Rp.: Linimenti Synthomycini 5 % – 25,0
D.S. Yaralarga surtish uchun
Shamcha – Suppositorium (qaratqich kelishik birlik sonda – suppositorii, qisqartirilgani – supp.) – bu uy haroratida qattiq va tana haroratida erib ketadigan, dozalarga bo‘lingan dori shaklidir. Shamchalarning to‘g‘ri ichakka va qinga qo‘yishga mo‘ljallangan turlari mavjud. Asos sifatida ko‘pincha ka- kao moyi – Oleum Cacao ishlatiladi. Bundan tashqari, shamchalar ishlab chiqarishda asos sifatida jelatin-glitserinli (jelatin, glitserin va suvlarning aralashmasi) va sovunli-glitserinli (tibbiy sovun va glitserinlarning qotishmasi) asoslar ham qo‘llanilishi mumkin. Dori moddalar shamcha shaklida mahalliy va rezorbtiv (ayrim hollarda to‘g‘ri ichakka ishlatiladigan shamchalar) ta’sir ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Zaharli va kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dori moddalarni shamcha holida ishlatilganda, ularning terapevtik dozasiga katta ahamiyat berish kerak.
To‘g‘ri ichak shamchalari konus yoki silindr shaklida bo‘lib,og‘irligi 1 grammdan 4 grammgacha bo‘ladi. Maksimal diametri 1,5 sm dan oshmasligi ke- rak. Agar retseptda to‘g‘ri ichak shamchasining miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday hollarda u 3,0 g og‘irlikda tayyorlanadi. Pediatriya amaliyotida qo‘llanilishi mo‘ljallangan shamchalarning miqdori 0,5 grammdan 1,5 grammgacha bo‘ladi. Qin shamchalari dumaloq yoki oval ko‘rinishida bo‘lib, og‘irligi 1,5 grammdan 6 grammgacha bo‘ladi. Agar retseptda qin shamchalarining miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday hollarda u 4,0 g og‘irlikda tayyorlanadi. Reseptda magistral, ofitsinal va maxsus nomli shamchalar shaklida yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |