Geometrik shakl – uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, shar, kub, silindr, oval, ko‘pburchak.
Individual o‘qitish – o‘quvchi shaxsiga alohida yondoshgan holda ta’ lim-tarbiya berish.
Innovatsiya – yangidan kiritilgan tushunchalar, tartib-qoidalar, texnologiyalar va yangiliklar.
Interfaol usul – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi faol hamkorlik muloqoti
Joriy nazorat - ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Hisobot – kundalik ish yakunidagi yozma axborot.
Ijod – yaratish, yangilikni kashf etish degan manolarini anglatadi va insondagi shu jarayonni ifodalaydi.
Ijodkorlik (kreativlik) – bolalarni maksimal darajada ijodiy ibtidoga, o‘z ijodiy faoliyati tajribasini egallashga yo‘naltirish
Do'stlaringiz bilan baham: |