Dyujina – bu 12 ta buyumdan tuzilgan uyum.
Esse – bu muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini yozma ravishda erkin ifoda etish shakli; u qandaydir predmet bo‘yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o‘z ichiga oladi.
Elementar matematika – matematikaga oid bo‘lgan bilimlarni eng soddalashtirilgan qismi.
Jismoniy tarbiya – o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
Fantaziya – xayol, hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va xayoliy xotiralarning vujudga kelishidan iborat psixik jarayon.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi. Subyektning olam bilan faol o‘zaro munosabati.
Do'stlaringiz bilan baham: |