51
Shunday qilib, pH ni o‗lchayotganda standart vodorod elektrodini kalomel
elektrodi bilan almashtirish mumkin. Xingidron elektrodi oksidlovchi–
qaytaruvchi elektrodlardandir. U oddiy yarim element bo‗lib, unga pH noma‘lum
bo‗lgan eritma quyiladi va kam miqdorda xingidron solinadi. Eritmaga o‗tkazgich
vazifasini bajaruvchi platina simi tushiriladi. Bunday elektrodni normal kalomel
elektrodi bilan tutashtiriladi va zanjirning EYuK o‗lchanadi. EYuK ni bilgan
holda eritmaning pH ni hisoblash mumkin. Xingidron xinon bilan gidroxinonning
ekvimolekulyar birikmasidir:
2
4
6
2
4
6
)
(
OH
H
C
O
H
C
, u suvda yomon eriydi.
Eritmada xinon bilan gidroxinon o‗rtasida quyidagi oksidlanish–qaytarilish
muvozanati o‗rnatiladi:
2
2
4
6
2
4
6
)
(
H
O
H
C
OH
H
C
;
e
H
H
2
2
2
yoki
e
H
O
H
C
OH
H
C
2
2
)
(
2
4
6
2
4
6
Bu muvozanatda vodorod ionlari qatnashgani sababli oksidlanish–
qaytarilish potensiali eritmaning vodorod ko‗rsatkichi pH ga bog‗liq bo‗ladi.
Xingidron elektrodini ishqoriy eritmalarda qo‗llash mumkin emas, chunki
gidroxinonning ishqoriy tuzlari hosil bo‗lishi natijasida xinon bilan
gidroxinonning nisbati ekvimolekulyar bo‗lmay qoladi. Xinon bilan
gidroxinonning nisbati kuchli elektrolit tuzlari ishtirokida ham o‗zgarib qolishi
mumkin. Xingidron elektrodi vodorod elektrodga nisbatan oksidlovichlarga
chidamli bo‗ladi. Kalomel va xingidron elektrodlaridan iborat bo‗lgan galvanik
elementda xingidron elektrodi musbat bo‗ladi.
Shunday qilib, xingidron elektrodi o‗zini vodorod elektrodi kabi tutadi,
ammo unda standart vodorod elektrodiga o‗xshab atmosfera bosimida emas, balki
juda kichik parsial bosimda Pt vodorod bilan to‗yinadi. Shu sababli, xingidron
elektrodining potensiali eritmadagi vodorod ionlarining bir xil aktivligida
vodorod
elektrodining potensialidan 0,7 V ga musbatroqdir.
Hozirgi vaqtda eritmalarning pH ni o‗lchash uchun shisha elektrodlardan
(ionselektiv elektrodlar) keng foydalanilmoqda. Ushbu elektrodlar alohida tarkibli
shishalardan tayyorlanadi va ularning tarkibiga ko‗p miqdorda ishqoriy metallar
kiradi, shuning uchun ular oddiy shishaga nisbatan kichik elektr qarshiligiga ega.
Ushbu elektrodda kislotaning konsentrlangan eritmasi bilan ishlov berilgan juda
yupqa shisha to‗siq (membrana) mavjud bo‗lib, bu membranadan eritmaga
vodorod ionlari o‗tadi va membrana manfiy zaryadlanadi (
2
3
SiO
ionlari xisobiga).
Hosil bo‗ladigan potensiallar farqi eritmadagi vodorod ionlarining aktivligiga
bog‗liq. Shisha elektrodining potensiali tez o‗rnatiladi va eritmadagi
oksidlovchilar va platina elektrodini zaxarlaydigan qator moddalarga bog‗liq
emas. Shisha elektrodining kamchiliklari ham bor, masalan, shisha membrananing
yuqori omik qarshiligi EYuK ni o‗lchayotganda sezgir
asbsoblardan foydalanishni
talab qiladi (pH–metrlar). Bundan tashqari, shisha elektrodini pH ning 0-12
oralig‗ida qo‗llash mumkin.
Ionselektiv elektrodlar yuqorida aytilganlardan farq qiladi, ularda ikkala
chegaralangan fazalar – membrana va eritma – ion o‗tkazuvchanlikka ega bo‗ladi.
Jarayon membrana bilan eritma orasida ionlarning almashinishi bilan boradi.
Fazalararo chegarani kesib o‗tuvchi ionlarning zyaryadi o‗zgarmaydi, ammo
zyaryad boshqacha taqsimlanishi mumkin. Membrananing tarkibi va tuzilishi
52
topilsa fazalararo chegaradagi potensial faqat birgina ko‗rinishdagi ionning
aktivligiga bog‗liq bo‗ladi. Bunday elektrodlar selektivlik xususiyatiga ega
bo‗ladi va alohida ionlarning aktivligini o‗lchash imkoniyatini beradi.
Ionselektiv elektrodlarning membranalari qattiq va suyuq bo‗lishi mumkin.
Qattiq membranalarga shisha, kristall va geterogen membranalar kiradi. Suyuq
elektrodlarga suv bilan aralashmaydigan dielektrik doimiysi kichik bo‗lgan
organik erituvchilar kiradi (xlorbenzol, toluol), ularda kerakli ionogenlar eritilgan
bo‗ladi (fosfat kislotaning diefirlari, alifatik kislotalar, aminlar, kraun–efirlar).
Do'stlaringiz bilan baham: