11
Bosim (P) – birlik sirt yuzasiga ta‘sir qiluvchi kuch bo‗lib, turli birliklarda
ifodalanadi: Paskal, n/m
2
, bar va mm sim.ust. Bunda doimo sistema bosimining
atmosfera bosimi bilan farqi emas, balki absolyut bosim ko‗rsatiladi.
Termodinamik sistema qandaydir boshlang‗ich holatdan chiqib, qator
o‗zgarishlarga uchragandan so‗ng yana avvalgi holatiga qaytadigan jarayon
aylanma yoki siklik jarayon deyiladi. Bunday jarayonda har qanday holat
parametrlarining o‗zgarishi nolga tengdir. Jarayonning borish sharoitlariga qarab
izobarik, izotermik, izoxorik, adiabatik jarayonlar bir-biridan farqlanadi, ularda
mos ravishda bosim, harorat, hajm yoki entropiyalar o‗zgarmas bo‗ladi. Adiabatik
sharoitda sistema
tashqi
muhit bilan
issiqlik
almashmasligi
sababli
termodinamikaning ikkinchi qonunidan entropiyaning o‗zgarmas bo‗lishi kelib
chiqadi. Atrof muhitda hech qanday o‗zgarishlarsiz sistemaning boshlang‗ich
holatga qaytish imkoniyatini beruvchi jarayon qaytar (muvozanat) jarayon
deyiladi. Hossalari (harorat, bosim, tarkib, elektr potensiali) vaqt o‗tishi bilan o‗z-
o‗zidan o‗zgarmaydigan va alohida fazalarning barcha nuqtalarida bir xil
qiymatga ega bo‗lgan sistemaning holatlari qaytar jarayonlar termodinamikasida
ko‗rib chiqiladi. Sistemaning bunday holatlari muvozanat holatlar deyiladi.
Muvozanat jarayonda sistema muvozanat holatlarning uzluksiz qatoridan o‗tadi
va kvazistatik jarayon deb ham ataladi. Harorat, bosim va fazalarning ichki tarkibi
teng taqsimlanmagan va vaqt o‗tishi bilan o‗zgaruvchan bo‗lgan holatlar
nomuvozanat holatlar deyiladi. Ular qaytmas (nomuvozanat) jarayonlar
termodinamikasida ko‗rib chiqiladi va unga termodinamikaning asosiy
qonunlaridan tashqari qator qo‗shimcha postulotlar kiritiladi. Jarayonning
termodinamik jihatdan qaytar yoki qaytmasligini kimyoviy reaksiyalarning
qaytarligi yoki qaytmasligi tushunchalari bilan chalkashtirish kerak emas.
Kimyoda ushbu atamalar to‗g‗ri va teskari yo‗nalishlarda borishi mumkin bo‗lgan
har qanday reaksiyalarga qo‗llanishi mumkin bo‗lib, bunda sistemaning
boshlang‗ich holatga qaytib kelishida atrof muhitdagi o‗zgarishlar e‘tiborga
olinmaydi. Termodinamikaning asosiy tushunchalari: termodinamik sistema
(izolyasiyalangan, ochiq, yopiq), sistemaning xolati, termodinamik jarayon, xolat
funksiyasi, siklik jarayon, qaytar va qaytmas jarayonlar, adiabatik jarayon,
gomogen va geterogen sistemalar, uzluksiz sistema, ichki energiya, ish, issiqlik,
intensivlik va ekstensivlik faktorlari. Termodinamikaning nolinchi qonuni:
Issiqlik va temperatura. Termik muvozanat xaqidagi qonun. Termodinamik
temperatura. Termometrlar va temperatura shkalalari.
Do'stlaringiz bilan baham: