A
SOSIY ATAMALAR
............................................................................... 264
ADABIYOTLAR ................................................................................. 293
5
SO‘Z BOSHI
O‘zbekiston Rrespublikasi Davlat ta‘lim standartlari hamda yangi tuzib
chiqilgan fanning o‘quv dasturiga mos ravishda yozilgan «Hazm va
oziqlanish fiziologiyasi» Odam va hayvonlar fiziologiyasi faninig tarkibiga
kiruvchi tegishli boblarni o‘z ichiga olib, 5А140101 “Biologiya” magistratura
yo‘nalishi tinglovchilari uchun darslik sifatida mo‘ljallangan.
Ushbu tanlov fani inson va hayvonlar organizmida oziq moddalarni
qabul qilish, qayta ishlab o‘zlashtirish, hamda bevosita ovqatlanish bilan
bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga bag‘ishlangan nazariy va amaliy masalalarni
yoritishga qaratilgan.
Ushbu masalalarni to‘g‘ri qo‘yilishi, optimal echimi oziq-ovqat
mahsulotlaridan unumli foydalanish, turli xil ekologik holatlarda kishilik
jamiyatida vaqti-vaqti bilan kuzatilib turadigan iqtisodiy inqirozlarning oldini
olish, har xil yuqumli va surunkali xastaliklardan himoyalanishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Darslik ikki qismdan iborat bo`lib, birinchisi hazm a`zolarining
funksional xususiyatlariga bag‘ishlangan. Unda og‘iz bo‘shlig‘i, me‘da, ichak
barcha hazm bezlarining ovqat moddalarning fizikaviy hamda dastlabki
kimyoviy o‘zgarishlarga uchrashida qatnashishi fanning zamonaviy
yutuqlariga tayanib izohlangan.
Ovqat hazim bo`lishi va ovqatlanish fiziologiyasini dastavval
I.P.Pavlov tomonidan yaratilgan mumtoz ilmiy tushunchalardan tashqari
keуingi 50-60 yil ichida fanning turli soxalari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan
metodologik yondashuvlar (elektrofiziologik, immunologik, sitokimyoviy,
biokimyoviy va boshqalar) yordamida yangiliklar ochilib membranada
ovqat hazm bo‘lishi, filogenez va ontogenezda oshqozon-ichak tizimining
morfofunksional xususiyatlari, aholi turli guruhlarida ratsional ovqatlanish
normativlari va boshqalar), bu hol hazm tizimining nafaqat odam va
hayvonlarda iste‘mol taomlaridan kerakli energiya va plastik materiallarni
o‘zlashtirib oluvchi masalalarda faol qatnashuvchi a‘zolar majmuasi
sifatida qarashni taqozo etmoqda.
Me‘da hazm funksiyasini bayon etishda gastroenterologiyadagi keyingi
yutuqlar, jumladan undan ajratilgan shiraning barcha biokimyobiy
6
ko‘rsatkichlarini tekshirish ob‘ektiga hech bir zarar etkazmasdan sof tabiiy
holda qayd qilish yo‘li bilan oligan natijalardan.
Shuningdek, jigarning ovqat hazm bo‘lish jarayonidagi ishtiroki
gepatologiyadagi yangi tekshirish usullari bois qayd qilingan ma‘limotlar
bilan boyitilgan.
Ingichka ichakdagi ichki uyzasidagi epiteliotsitlarda ishlab chiqariladigan
haqiqiy ichak fermentlari u yerda sodir bo‘ladigan so‘rish jarayonlarida
transport funksiyasini bajaruvchi komplekslarning ishlash mexanizmlari bayon
qilingan.
Shu bilan bir qatorda oshqozon-ichak tizimining endokrin funtksiyasi
akademik A.M.Ugolev va bu sohada ish olib borgan boshqa olimlarning
tadqiqotlari asosida tushuntirib borilgan. Ushbu qismda yo‘g‘on ichakning
ingichka ichakda fermentativ parchalanishga uchramagan qismlarining
mikroorganizmlar tomonidan gidrolizlanishi va bu jarayoning qanday
kechishi, ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rsatib o‘tilgan. Oshqozon –ichak
yo‘lining harakat funktsiyasi ham hazm jarayonida muhim ahamiyat
o‘ynashi, uni amalga oshishda davriylik mexanizmlari batafsil gapirilgan.
Ushbu qismda yana ovqat hazm qilish a‘zolari funksiyasining
boshqarilishi, bu jarayonda nerv va gumoral omillar ishtiroki bayon qilingan.
Darslikning ikkinchi qismi bevosita ovqatlanish bilan bog`liq bo`lgan
jarayonlarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda asosiy oziq moddalari ya‘ni,
makronutrientlar
(oqsillar,
yog‘lar
va
uglevodlar)
hamda
mikronutrientlarning (vitaminlar, mineral moddalar) fiziologik va biokimyoviy
xususiyatlari nutritsiologiyada keyingi yillarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar
asosida bayon qilingan.
Ushbu qismda asosiy va qo‘shimcha oziq moddalarning O‘zbekistom
Respublikasi sharoitida asosiy manba‘lari, turli guruh vakillarining ularga
bo‘lgan ehtiyojlari va ularni qondirish masalalariga alohida e‘tibor berilgan.
Nafaqat Respublikamizda balki butun dunyo aholisi orasida uchrab
turadigan oqsil va oqsil energetik taqchillikning kelib chiqish sabablari, ularni
oldini olishda mahaliy mahsulotlardan unumli foydalanish yo‘llari bayon
qilingan. Yana bu qismda organizmda energiya almashinuvining ovqatlanish
jarayoniga bog‘liq masalalari, ehtiyojdan ko‘p va ehtiyojdan kam
oziqlanish olib keladigan oqibatlar haqida fikr yuritilgan bundan tashqari
oqilona ovqatlanish pritsplari (miqdor, sifat, tartib) izohlanib ovqatlanish
nazariyalari ustida to‘xtalgan.
7
Aholi turli guruhlarining jumladan aqliy mehnat qiluchilar, ishchilar,
qishloq mehnatkashlari, o‘quvchi yoshlar, talabalar, sportchilar, homilador va
sut emizdiruvchi ayollar. Keksalar va qariyalarning ratsional ovqatlanishi
asoslari keltirilgan.
Darslik “ Odam va hayvonlar fiziologiyasi” ixtisosligi boyicha
tayyorlanadigan magistrlarga ovqat hazm bo‘lishi va ovqatlanish
masalalarining nazariy va amaliy jihatlarini keng ko‘lamda tushuntirishga,
bu sohada egallagan bilimlarni ta‘lim-tarbiya ishlarida qo‘llashga
moslashtirilgan. Shi bilan bir qatorda u bo‘lajak magistrlar “Odam va
hayvonlar fiziologiyasi“ ning aynan shu sohasi bo‘yicha mustaqil ilmiy
tadqiqotchilar bo‘lib faoliyat yuritishlari uchun ilmiy asos hamda
metodologik yo‘nalish berishga mo‘ljallangan.
Darslikda o‘quv materiallarni tushinishga yordam beradigan rasmlar va
jadvallar hamda atamalar lug‘ati keltirilgan. Har bir qismning yakunida
savollar va muammoli masalalar talabalarni o‘z-o‘zini tekshirish tavsiya
etilgan.
Zamonaviy interfaol axborot uzatish, aqliy hujum, klaster va bosqa
pedagogik texnologiyalar o‘qituvchi darsni qanday tashkil qilinishiga bog’liq
ravishda o‘tkazilishi lozim.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |