Og‘iz bo‘shlig‘i
Og‘iz bo‘shlig‘i (cavum oris) old tomondan lablar, yon tomondan lunj,
yuqori tomondan tanglay, past tomondan til va og‘iz bo‘shlig‘ining tubini hosil
qiluvchi mushaklar hamda orqa tomondan halqum bilan tutashtirib turuvchi
kichik tilcha (isthmus faucium) bilan chеgaralangan (2-rasm). Jag‘larning
alvеolyar o‘simtalari tishlar bilan birgalikda og‘izni oldingi (vestibulum oris) va
asosiy og‘iz bo‘shlig‘iga (cavum oris proprium) ajratadi.
Lablar (labia oris) asosan tashqi tarafdan tеri va shilliq qavatlar bilan
qoplangan ikkita mushak buramalardan - yuqori (labium superius) va pastki
(labium inferius) lablardan iborat bo‘lgan tuzilmalardir. Lablarning mushaklari
og‘izning yumaloq mushagi va g‘ovak biriktiruvchi to‘qima hisobiga hosil
Do'stlaringiz bilan baham: |