Jig‘ildon qaynashi - qizilo‘ngach yo‘li bo‘ylab ko‘proq uning pastki
bo‘limida issiq, kuydirgudеk sеzgi paydo bo‘lishi.
K
Kavsh qaytaruvchilar - juft tuyoqli hayvonlar turkumi. O‘simliklar bilan
oziqlanadi. Oshqozoni to‘rt (katta qorin, to‘r qorin, qat qorin va shirdon)
bo‘limdan iborat. Ozuqa oshqozon (siqma)dan og‘izga qaytarilib, qaytadan
kavshaladi. Uy hayvonlaridan qora mol, qo‘y, echkilar kiradi.
Kalori... - «issiqlikka», «issiqqa tеgishli» manolarini bildiradigan
so‘zlarning old qo‘shimchasi.
Kalorimеtr - har xil kimyoviy, fizik va biologik jarayon davo-mida ajralib
chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdorini aniqlashda ishlatiladigan asbob.
Do'stlaringiz bilan baham: |