P vitamini (sitrin)
Bu vitaminga bir qator uyg‘unlashgan birikmalar kiradi, shularning
ichida odam uchun muhimi sitrin va rutinlardir. Ular kapillar qon tomirlarining
mustahkamligini
ta'minlaydi.
P
vitaminining
yetishmasligidan
qon
tomirlarining shikastlanishi tufayli qon oqishi (bavosil, bachadondan qon
ketishi va boshqalar) kuzatiladi. Odam tez charchaydigan bo‘lib qoladi,
oyoqlarda og‘riq paydo bo‘ladi.
Uning avitaminozi ko‘pincha C vitamini yetishmasligi bilan birga
uchraydi. Lekin bunday paytlarda faqat C vitaminini qabul qilish kapillar qon
tomirlari yorilishini tuzatmaydi. Shuning uchun bir yo‘la P vitamini bo‘lgan
mahsulotlarni ham qabul qilish lozim. U na'matak, qora smorodina, uzum va
turli xil ko‘katlarda (petrushka, salat, shivit, kashnich va boshqalarda) ko‘p
bo‘ladi. Bu vitaminga bo‘lgan kecha-kunduzlik talab 35-50 mg.
Do'stlaringiz bilan baham: |