pand-nasihat ruhidagi barqaror birikmalar
:
―Bir kun tuz ichgan joyga, qirq kun salom qil‖
―Qarindoshingni oshga chaqir, choshga chaqirma‖, ―Tor yerda osh yeguncha, keng yerda musht
yegan yaxshi‖, ―Qo‗lidan ishini olsang, og‗zidan oshini olasan‖; ―Ko‗ngil tortgan osh halol‖,
―Tuzsiz oshni it ichmas‖ ―Minnatlik oshdan, beminnat musht yaxshi‖, ―Oshing halol bo‗lsa ko‗-
chada ich!‖, ―Bermasning oshi pishmas, pishsa ham, qozondan tushmas‖;
2) insondagi salbiy fazilatlarni qoralovchi baqaror birikmalar
:
―Ayron –osh bo‗lmas, nodon – bosh bo‗lmas‖, ―Ishga – no‗noq, oshga – o‗rtoq‖, ―Ishga –
cho‗loq, oshga – qo‗noq‖, ―Ishdan qochding – oshdan qochding‖, ―Osh quli – ish kasali‖,
―Yalqovning oshi – yovg‗on‖, ―Bilmas kishiga ish yo‗q, ishsiz kishiga osh yo‗q‖; ―Och kishiga
osh qo‗ysang, betingga qaramas‖ ;
3) insondagi ijobiy fazilatlarni ulug
ʻ
lovchi baqaror birikmalar
:
― Og‗ayni biriksa, bosh ko‗payar, ovsin biriksa, osh ko‗payar‖, ―Boshi yo‗qning oshi yo‗q‖,
―Og‗a-ining totuv bo‗lsa, ot ko‗p, opa-singling totuv bo‗lsa, osh ko‗p‖; ―Oz oshim – g‗avg‗osiz
boshim‖, ―Oz oshga indov yo‗q‖; ―Yosh kelsa – ishga, qari kelsa – oshga‖, ―Osh qolsa – davlat,
ish qolsa – mehnat‖; ―Do‗stsiz boshim – tuzsiz oshim‖, ―To‗yar oshni ko‗z taniydi, oshnani
ko‗ngil taniydi‖; ―Yo‗qcha guruch osh bo‗lur, mehmon ko‗ngli shod bo‗lur‖[3].
Demak, maqol va iboralar tarkibida uchraydigan oziq-ovqatga doir tushunchalar o
ʻ
ziga xos
ma‘no-mazmunga xos ekan. Chunonchi, tuz deganda olgan narsasiga javobgarlik, mas‘uli-
yatlilik, halollik, tuz totigan joydan, shaxsdan qarzdorlik, yaqinlik kabi yuksak qadriyatlarni
tushuniladi. Shuning uchun ham bu tushunchalar tuzning azal-azaldan qadri baland bo‗lganligini
bildiradi. Non haqidagi barqaror birikmalarning ko
ʻ
pida nonning ulug
ʻ
ligi, muqaddas va
mo‗tabarligi xalqona tilde ta‘kidlanadi hamda uqtiriladi. Bundan tashqari, suv yaratuvchanlikni,
sut poklikni, ushoq tejamkorlikni anglatadi.
Gastronomiyaga doir osh, tuz, non,talqon, mayiz kabilar boshqa xalqlar kabi o‗zbek
xalqining qadimiy, azaliy va bardavom yashovchan kundalik, milliy qadriyatlari bilan bog‗liqligi
bois ular asosida shakllangan barqaror lisoniy birliklar mazmunan hamda mohiyatan umumiylik
kasb etadi. O`zbek xalqi azal-azaldan taomlarga, oziq-ovqatlarga, xususan, non, osh, tuzga ayri-
cha munosabatda bo‗lgan. Ularni muqaddas bilgan, rizq-ro‗z, nasiba sifatida e‘zozlagan, qadr-
lagan, ulug‗lagan va farzandlarini ham shu ruhda tarbiyalagan. Natijada tilga olingan ne‘matlar,
yeguliklar borasida xalqona betakror qadriyatlar shakllanib, xalq og‗zaki ijodida non, osh va tuz
uzvli maqol va matallar, frazeologizmlar yuzaga kelgan hamda yillar davomida bu birliklar
shaklan va mazmunan sayqallanib, boyib va mukammallashib borgan, bizgacha yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |