124
Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yo‗llari har xil: boshqa tillardan so‗z olish, yangi
so‗z yasash, ayrim grammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, so‗z birikmasining semantik bir
butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda o‗zbek terminologiyasining boyishi, asosan,
boshqa tillardan so‗z olish va ichki so‗z yasash hisobiga ro‗y bermoqda. Hozirgi paytda dunyo
tilshunosligining diqqat markazida turli xil mavzular bilan birga terminologiya ham turibdi.
Aynan shu davrda zamonaviy tilshunoslik fanida yanada keng ma‘no kasb etgan va chuqurroq
o‗rganilayotgan ―terminologiya‖ni topish mushkul vazifaladan biri hisoblanadi.
Terminologiya
zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning aktual yo‗nalishlaridan biridir. Hozirgi vaqtda termino-
logiya masalasining o‗sib borishi, bir tomondan, ilm-fanning dinamik rivojlanishi tufayli yangi
tushunchalarning ko‗payib borishi sababli deb qaralsa, ikkinchi tomondan, terminlarning shakl-
lanish jarayoni, rivojlanishi va funksiyasi kabi masalalarning yetarli darajada o‗rganilmaganligi
bilan bog‗liq hodisa deb izohlanadi.
Terminоlogiya har bir til so‗z boyligining juda kata qismini tashkil etadi. Uning juda tez
rivojlanishi ham bejiz emas, chunki u yangi so‗zlar yasash imkonini beradi. Biror tilning termi-
nologiyasi ko‗p terminlar tizimidan tashkil topgan. Bilim, sanoat yoki madaniyatning biror max-
sus sohasidagi biror so‗z yoki so‗z birikmasi termin deb ataladi. Termin ifoda etayotgan biror
so‗zning mazmuni mavzuli biror adabiyotda izohlash orqali talqin qilinadi.
Terminologiyaning o‗ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan,
umumadabiy tilda sino-
nimiya, omonimiya va ko‗p ma
ʼ
nolilik tilning boyligi bo‗lsa, terminologiyada bular salbiy hodisa
hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun o‗zbek tilida yarimo‗tkazgich –
chalao‗tkazgich – nimo‗tkazgich terminlari qo‗llanmoqda. Bu, o‗z navbatida, o‗qish
-
o‗qitish va
axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham terminologiyasi ma
ʼ
lum darajada
barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish ma
ʼ
lum
terminologik me
ʼ
yorlar asosida amalga oshiriladi. Ammo shuni ham aytish o‗rinliki, bu jara-
yonda ruscha va rus tili orqali kirib kelgan terminlarni o‗rinsiz, sun‘iy ravishda yangi yasalmalar
yoki arab va fors-tojikcha so‗zlar bilan almashtirish hollari ham kuzatiladi. Masalan, bankrot –
sinish, buxgalter – hisobchi, gazeta – ro‗znoma, institut – oliygoh, klub - tomashagoh, kompen-
satsiya – tovon, medal – nishon, kurs – bosqich, fonetika – tovushshunoslik, sinonim – ma‘no-
dosh, omonim – shakldosh, antonim – zid ma‘noli va hokazo. Tuproqshunoslik sohasida yaratil-
gan
degradatsiyalangan
(aynigan)
qora tuproq
,
matematika sohasidagi
erkin (bog‗liq) miqdor,
o‗xshashlik (analogiya) metodi
kabi terminlar muvaffaqiyatli chiqmagan bo‗lib, ularni ishlatish
ancha noqulaylik tug‗diradi. Murakkab terminlar tarkibidagi har bir so‗z boshqasi bilan affikslar
yordamida yoki sintaktik tartib orqali birikkan bo‗lishi kerak. Ularning ko‗makchilar va bog‗-
lovchilar vositasi bilan grammatik munosabatga kirishishlari ma‘qul emas. Chunki yordamchi
so‗zlar vositasi bilan birikkan so‗zlardan iborat bo‗lgan murakkab terminlarning terminlik xusu-
siyati bilinmay qoladi, oddiy, erkin birikmaga o‗xshab ketadi. Masalan,
burchak bilan o‗lchash,
o‗rta va chet nisbatga bo‗lish (―zolotoye secheniye‖)
kabi. Ko‗rinib turibdiki,
bu terminlar
tarkibidagi
bilan
ko‗makchisi hamda
va
bog‗lovchisining kelishi ularni jonli nutq elementlariga
o‗xshatib yuborgan.
Terminologiya voqelikni tushunishning ma‘lum bir belgilangan tizimini
ifodalab, intellektual aloqa kanalining biri hisoblanadi. Tilshunoslikda terminlarning o‗zgarishi
hamda yangi terminlarning paydo bo‗lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‗liqdir.
Texnika taraqqiyoti ta‘sirida terminologiya o‗zaro aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan,
ilmiy-texnika progressi qonuniyatlari bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy qonuniyat-
lari bilan bog‗liq ravishda o‗zgarib boradi. Нayotda fan va texnika
taraqqiyoti qanchalik katta
ahamiyatga ega bo‗lsa, uni egallash, boshqarish va taraqqiy ettirish uchun terminlar ham shun-
chalik muhim ahamiyatga molikdir. Albatta, bunday o‗zgarishlar o‗zbek tilining ish ko‗rish
doirasini kengaytirib, uning leksik tarkibini yangi-yangi ilmiy va texnik terminlar bilan boyitdi.
Ma‘lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi shu soha terminologiya-
125
sining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek, tartibga solinganligi kabi belgilar bilan ham
uzviy bog‗liqdir. Terminlarning aniqligi va qat‘iylashishi shu millatning fani, madaniyati dara-
jasini ko‗rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha
bo‗lib, ma‘lum fanning taraqqiyotiga bog‗liq. Bu taraqqiyot to‗xtovsiz bo‗lgani uchun yangi ata-
malarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo‗ladi. Umuman, ona tilida atama-
larning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo‗llanmalar
tuzish uchun ham, o‗zbek tilida
dars olib borish uchun ham zarur bo‗lgan manbadir. Shu boisdan bugungi o‗zbek tilshunosligida
terminologiya masalariga ahamiyat yildan yilga takomillashib bormoqda. Zeroki, atamalarning
ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta‘sir ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: