O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI
Tibbiyot fizikasi 2002-gurux talabasi
Shodmonxonov Orifxon
Kurs ishi
Mavzu: Kasb hunar kollejlarida fizikani o’qitishda
Talabalar kasbi xususiyatini xissobga olish
Qabul qildi: Begmatova Dilfuza
Reja:
I.
I. KRISH 2
Tadqiqotchi kasbiy mahoratni takomillashtirish muammosini hal qila borib, xususan, universitetlarning talabalarini metodik tayyorlashda bu tayyorgarlikning yaxlit tizimini ishlab chiqqanligi muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta`kidlab o`tish joizdir. 7
14
2.3. Fizika fanini talabalar kasbiy xususiyatida kelib chiqib o’rgatish usullarini aniqlash 15
3.Xulosa 24
I. KRISH
Respublikamiz mustaqillikka erishgach xalq ta’limi tizimida tub o‘zgarishlar sodir bo’ldi: jamiyat taraqqiyotini yoshlaning hayot, ishlab chiqarish, milliy hamda umuminsoniy munosabatlarga sadoqati bilan o’lchash imkoniyatlari kengaydi; yoshlarning ta’lim-tarbiyasi bilan mashg‘ul ijtimoiy institutlar son va sifat jihatidan o‘sdi litsey, kollej, magistratura, universitetlar ko‘paydi; zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qollanmalari yaratildi; Davlat ta’lim standart (DTS)lari tanlanib, pedagogik amaliyotga tatbiq etila boshlandi; o‘qituvchilarning bahs va mushohadalarida pedagogik texnologiyaga oid qarashlari munosib o‘rin egalladi.
Hozirgi sharoitda pedagogik texnologiya g‘oyalarini kasb-hunar kollejlari amaliyotiga olib kirish davlat buyurtmasi hisoblanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday deb yozgan edi: «Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarur». Istiqbolga yo'nalgan bu zalvorli vazifani hal etish an’anaviy ta’lim tizimini yaxshi ma’noda taftish qilishni, ta’lim jarayoni qobig’ida yashirinib yotgan imkoniyatlami izlab topish va ishga tushirishni, XXI asr kasb-hunar kollejlarining tabiatiga va moxiyatiga, xalqimizning milliy mintalitetiga, o’quvchilarining real bilish imkoniyatlariga mos ta’lim tizimini asoslashni taqozo qiladi.
Har yili kasb-hunar kollejlari va liseylarga qabul rejasini ishlab chiqishda 3-4 yildan so’ng tuman, shahar va viloyatlar hududida qanday yangi ob’yektlar ishga tushirilishi,ularda mehnat qilishi uchun qaysi mutaxassisliklar bo’yicha qanday kadrlar kerakligini har tomonlama hisobga olish va shu asosda qabul rejasiga tegishli o’zgartirishlar kiritish g’oyat muhim masala ekanini eslatib o’tmoqchiman. Akademik litsey va kasb-hunar fizika ta’limida ilg’or texnologiyalarining qonuniyatlarini asoslash
Do'stlaringiz bilan baham: |