2. Asosiy qism.
2.1. Kasb hunar kolijlarida fizikani oqitish tushunchasi.
Fizika ta`limini tajribalar asosida takomillashtirishning hozirgi holati.
Kasb-hunar kollejlarida fizikadan qishloq xo`jaligiga oid tajribalarni talabalar hayotida kuzatiladigan misollar bilan almashtirib bo`lmaydi. CHunki, birinchidan, kuzatishlar barcha talabalarda bir xil emas, shuning uchun ular yangi nazariy bilim, amaliy ko`nikma va malakalar shakllanishiga asos bo`la olmaydi. Ikkinchidan, tabiatda yoki texnikada kuzatiladigan u yoki bu hodisa yoki jarayon boshqa qo`shimcha hodisalar bilan murakkab bog’lanishlarni imkon qadar minimal sondagi qo`shimcha omillar bilan ko`rsatib bera oladi. SHu bois talabalar o`rganilayotgan hodisalarning muhim jihatlarini ajratib olish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
M.M.CHernyanovskaya va V.I.CHernyanovskiylarning 1974 va 1977 yillarda himoya qilishgan nomzodlik dissertatsiyalarida fizika o`qituvchisining talabalarga tajribalarni o`qitish jarayonida faoliyatning bir turi ko`rinishida yondashishlar ko`rib chiqilgan. Talabalarning maktabda qishloq xo`jaligiga oid tajribalarni o`rganishlarida yangiliklarni baholash masalalari ilgari surilgan va imkon qadar aniqlashtirilgan. Maktabda bajariladigan qishloq xo`jaligiga oid tajribalardan foydalanib, talabalarni maxsus kasblarga tayyorlash tizimi tuzilishini aniqlash, maxsus va metodik turkumdagi o`quv fanlarining mashg’ulotlarda o`qitish maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatlari yaratib berilgan. Talabalar uchun maktabda qishloq xo`jaligiga oid tajribalarni bajarish jarayonini tashkil etishning asosiy yo`nalishlari ishlab chiqilgan.
N.M.Zverevaning qo`llanmasida talabalarining o`quv jarayonida 3 bosqichli faol fikrlash shakllari berilib, ularga doir misollar keltirilgan. Bilimlarni mustahkamlash va masalalarni hal etish muammosi qo`yilgan. Muallif va ilg’or o`qituvchilarning pedagogik tajribalari hozirgi zamon psixologiyasi va didaktikasi xulosalari asosida umumlashtirilgan.
Talabalarning fizika bilimlariga qiziqishlari unga doir materiallarni analitik ravishda uning tizimidagi elementlarni turli guruhlarga ajratib, ularni turlicha baholab, sintetik holda majmualarga birlashtirib, fizik munosabatlar va funktsional bog’lanishlarni topib, qabul qiladilar. Shu ma`noda aytish mumkinki, fizika bilimlariga qiziqish talabalarning yakka-yakka elementlarnigina emas, balki o`ziga xos «fikriy fizik tuzilishlarni» o`zaro bog’langan fizik kattaliklar va kategoriyalar majmualarini ham idrok qila oladilar. Xususan, quyidagilar: a) namunaviy masalalar, qishloq xo`jaligiga oid tajribalar uchun zarur bo`lgan kattalik majmualariga; b) namunaviy masalalar, qishloq xo`jaligiga oid tajribalar uchun muhim bo`lmasada, ammo berilgan aniq masala echish, qishloq xo`jaligiga oid tajribalar bajarish uchun muhim bo`lgan kattaliklarga; v) masalani echish, qishloq xo`jaligiga oid tajribalar bajarish uchun keraksiz, ortiqcha ma`lumotlarga ajratishlar shular jumlasidandir. Masalalar shartlarining, qishloq xo`jaligiga oid tajribalar bajarishning bu dastlabki tahlili va sintezi idrok qilish momenti bilan «o`sib boradi», yig’ma xarakterga ega bo`ladi.
A.E.Yunovich va N.V.Agafonovalar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalarida bir qancha yangi va modernizatsiyalangan qishloq xo`jaligiga oid tajribalar, yarimo`tkazgichlarning muhim elektr va optik xossalarini illyustratsiya qilish, jumladan, yarimo`tkazgichlarda fotoeffekt, elektr va lyuminitsent xossalariga o`tishi yoritilgan.Keltirilgan ishlarning qimmatli jihati shundaki, tavsiya etilayotgan qishloq xo`jaligiga oid tajribalardan talabalarga yarimo`tkazgichlarni o`qitishda foydalanilgan. Bu qishloq xo`jaligiga oid tajribalar M.V.Lomonosov nomli MDUning fizika fakul’tetidagi laboratoriyalarda muvaffaqiyat bilan amalga oshirilgan. Muallifning aynan shu pozitsiyada turib, qishloq xo`jaligiga oid tajribalar metodikasini ishlab chiqib, uni o`quv jarayoniga joriy qilishga harakat qilganligi diqqatga sazovordir. qo`llanmaning asosiy mazmuni fizika mashg’ulotlaridagi muammoli vaziyatlar yordamida qishloq xo`jaligiga oid tajribalarni bajarishga qaratilgan.
N.M.Zverevaning qo`llanmasida talabalarining o`quv jarayonida 3 bosqichli faol fikrlash shakllari berilib, ularga doir misollar keltirilgan. Bilimlarni mustahkamlash va masalalarni hal etish muammosi qo`yilgan. Muallif va ilg’or o`qituvchilarning pedagogik tajribalari hozirgi zamon psixologiyasi va didaktikasi xulosalari asosida umumlashtirilgan.
Tadqiqotchi kasbiy mahoratni takomillashtirish muammosini hal qila borib, xususan, universitetlarning talabalarini metodik tayyorlashda bu tayyorgarlikning yaxlit tizimini ishlab chiqqanligi muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta`kidlab o`tish joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |