4
psixologiyaning yo’nalishlarida ilgari surilayotgan nazariy muloxazalar to’g’riligini
tekshirish mumkin bo’ladi.
Psixodiagnostikada metodlardan foydalanish qulay, to’g’ri va o’sha
natijalarni aniq bilish uchun,
PSIXOMETRIK
(olingan
natijalarni obektivligi,
ishonchliligini, natijalarning aniqligini o’lchov ishlarini amalga oshiradi) omillardan
foydalanamiz. Bu omillardan biri standartlashtirish hisoblanadi.
STANDARTLASTIRISH-
testni unifikatsiyalash jarayonini va baholarini
yagona me’yorlarga keltirishdir. Metodikani standartlashtirish tufayli turli sinovdan
o’tayotganlarning olingan natijalarini solishtirishga erishiladi va test baholarini
standartlashtirish ko’rsatkichlari tanlovga nisbatan aks
ettirish imkoniyati paydo
bo’ladi. Diagnostik metodika har qanday tadqiqotchilikdan shunisi bilan farq
qiladiki, bu farq standartlashtirishdir
2
.
Standartlashtirish (A.Anastazi bo’yicha) bu xatti xarakat jaroyonining va
testni bajarishni baholashning bir xilligidir. Shu tariqa standartlashtirish ikki o’rinda
ko’rinadi. Eksperiment jarayoniga yagona talablarni
ishlab chiqish sifatida va
diagnostik sinovlar natijalarini baholashning mezonini aniqlash sifatida ko’riladi
3
.
Eksperiment jarayonini standartlashtirish qo’llanmani, tekshiruv blanklarini,
natijalarni qayd etish usullarini, tekshiruvni o’tkazish
sharoyitlarini
unifikatsiyalashni taqozo etadi.
Eksperimentni o’tkazishdagi qo’yiladigan talablar quyidagilar
4
:
1. Qoidalarni sinaluvchilarga bir hilda, odatda yozma yetkazish kerak;
Og’zaki ko’rsatmalar berishda ular turli guruhlarda hammaga tushunarli bir
hil ohangda bir hil so’zlar bilan yetkazilishi kerak.
2. Biror bir sinovdan o’tayotgan shaxsga boshqalardan ko’ra hech qanday
imtiyoz berilishi kerak emas.
3. Eksperiment jarayonlarida yana alohida kishilarga qo’shimcha
tushintirishlar berish kerak emas.
5
4. Turli guruhlar bilan eksperimentlarni imkoniyat darajasida kunning bir
paytida o’xshash o’tkazish zarur.
5. Berilgan vazifalarni yechishning vaqt
chegarasi barcha sinovdan
o’tayotganlar uchun bir hil bo’lishi lozim va h.k.
Psixodiagnostik testlarni standartlashtirish test baholarini chiziqli yoki
nochiziqli qayta tashkil etishdan iborat. Boshlang’ich test baholarini qayta ishlab
chiqish
mazmunini, ularni taqsimlash xarakterini o’zgartirish va shu bilan test
natijalarini tushinishni va talqin etishni yengillashtirishdan iborat. Odatda qayta
tashkil etishning uch asosiy turi qo’llaniladi:
1. Normal ko’rinishga keltirish.
2. Standart shaklga keltirish.
3. Kvantill standartlashtirish.
Psixodiagnostik testlarni standartlashtirish
normallik aksiomasi deb
nomlanadigan ko’rinishga asoslanadi. Ya’ni barcha psixik xarakteristikalar
populyatsiyada GAUSS ning “normal qonuni” bo’yicha degan mulohazaga
tayanadi. Test natijalarini normal taqsimlash haqidagi
mulohazalar biroz ideal
hisoblanadi. Amaliyotda ko’plab testlar beradigan natijalar taqsimoti normaldan farq
qiladi. Shuning uchun ko’p hollarda malumotlarni normal ko’rinishga keltirishning
usullarini topishning qo’shimcha vazifasi yuzaga keladi. Bu keltirishning usullarini
izlab topishing eng avvalida gistogrammalar qurish va taqsimlash poligonini
yaratish katta yordam berishi mumkin. Ular normallikdan chap yoki o’ng tomonga
assimetiryani, og’ishni oson aniqlash imkonini beradi.
Psixologik tadqiqotlarda logarifmik tasdiqlashdan ko’p foydalaniladiki
ularning xususiyati poligonning qattiy chap tarmog’i va o’ng (
yani chastota test
baholarning o’sishi bilan keskin tushub ketadi ) hisoblanadi. Boshlang’ich test
ma’lumotlarni logarifimlashda egri taqsimlashning chap tarmog’i cho’ziladi, xamda
taqsimlash biroz normal ko’rinish kasb etadi. O’ng tomonli assimetiryali
taqsimlashni normallshtirish uchun ma’lumotlarni tirigonametrik va darajaviy qayta
tashkil
etishdan foydalinadi. Shu tariqa normal taqsimlash qonuniga