Bitiruv ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Ta’lim sifatini boshqarish jarayonida respublikamizda qisqa vaqt ichida qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarni e’tirof etgan xorijiy davlatlar tomonidan ta’lim sifati borasida erishilayotgan yutuqlarni izchil tahlil qilib, ta’lim sifatini oshirishning asosiy tendensiyalarini oʻrganish,“Metall ionlarining tirik organizmlardagi ahamiyati” mavzusini boʻyicha tashkiliy xarakterga ega boʻlgan hujjatlarni ishlab chiqish uchun amaliy dastur boʻlishi mumkin. Olingan xulosa va bildirilgan takliflardan ta’lim muassasalari faoliyatida, mavzu boʻyicha oʻqitishda va takomillashtirishda foydalanish mumkin.
Bitiruv ishi haqida gap ketganda, izlanish natijasida ilgari surilgan xulosalar, “Metall ionlarining tirik organizmlardagi ahamiyati” mavzusini oʻqitishda qoʻllanilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Tushunchalar tahlili”, “Blits soʻrov” metodlarini qoʻllash va umumlashtirilgan fikrlardan amaliyotda oliy ta’lim muassasalarida sifatni boshqarishda, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda, yoshlar bilan ma’naviy-mafkuraviy tarbiya ishlarini tashkil etishda foydalanish mumkin. Tadqiqot materiallaridan maxsus kurslar boʻyicha ma’ruzalar oʻqishda va amaliy mashg‘ulotlarni oʻtkazishda ham foydalanish mumkin.
Bitiruv ishi tuzilmasining tavsifi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, 5 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Bitiruv ishida 36 ta nomdagi adabiyotlardan foydalanilgan. Ishning hajmi 64 betni tashkil etadi.
I-BOB. “METALL IONLARINING TIRIK ORGANIZMLARDAGI AHAMIYATI” MAVZUSINING NAZARIY MASALALARI
1. Metallarning biologik roli. Biokoordinatsion kimyo
Bionoorganik kimyo (BNK) XX asrning 2-yarmida biologiya, kimyo, tibbiyot, biokimyo, molekulyar biologiya fanlarining tutashuvi asosida paydo boʻldi. BNKning fan sifatida shakllanishiga kimyo, tibbiyot, toksikologiya va oziqlanish fanlari sohasidagi bir qator eksperimental ma’lumotlarning yigʻilishi sabab boʻldi. BNK kimyo va biokimyo oʻrtasidagi oʻziga xos “koʻprik” hisoblanadi.
BNKning asosiy vazifasi tirik organizmdagi fiziologik va patalogik jara-yonlarning paydo boʻlishi va rivojlanishida kimyoviy elementlarning ahamiyatini oʻrganish hisoblanadi. Bundan BNKning biokimyo, tibbiyot, farmakologiya, ekologiya bilan chambarchas bogʻliqligi kelib chiqadi. Yuqoridagi fan sohalarining har biri BNKni oʻzicha oʻrganadi va faqat oʻziga tegishli boʻlgan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. BNK – nisbatan yosh fan sohasi hisoblanadi. Fanning asos-chilaridan biri hisoblangan J. Uilyamsning fikriga koʻra: “hozirgi vaqtda bionoorganik kimyo Davriy qonun ochilishiga qadar boʻlgan noorganik kimyoga oʻx-shaydi”. Darhaqiqat, biosferadagi kimyoviy elementlarning ahamiyati, oddiy va murakkab kimyoviy birikmalarning tirik organizmdagi hayotiy jarayonlarda ishtirok etishi haqida yetarlicha ma’lumotlar toʻplangan boʻlsada, koʻpgina birikmalarning ta’sir mexanizmlari haligacha toʻliq aniqlanmagan. Xulosa qilib aytish mumkinki, elementlarning biosferada namoyon etadigan xossalari (oksidlanish daragasi, koordinatsion soni va boshq.) geosferada namoyon etadigan xossalaridan koʻpincha farq qiladi.
BNK tirik organizmdagi metall elementlariga asosiy e’tiborini qaratadi. Metall ionlarining asosiy funksiyalaridan biri kompleks hosil qilish qobiliyatidir, shu sababli BNK oʻzining mazmuni boʻyicha biokoordinatsion kimyo (BKK) hisoblanadi. BNK va BKKning asosiy vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1) molekulyar darajada metallarning (birinchi navbatda biometallarning) bioligandlar bilan oʻzaro ta’sirini oʻrganish; 2) biologik va biokimyoviy jarayonlarni modellashtirish; 3) BNK natijalarini tibbiyotda qoʻllash, kasalliklarni tashhislash, yangi preparatlar yaratish va ularning ta’sir mexanizmini aniqlash; 4) atrof muhitni muhofaza qilish va agrotexnikada qoʻllash. BNKning asosiy qiyinchiliklaridan biri in vitro (ya’ni “probirkada”) olingan natijalarni in vivo (ya’ni tirik tabiatda) toʻgʻri qoʻllashdir.
Tirik organizmda 6 ta metallmas elementlar: C, H, O, N, P, S asosiy qismni tashkil etadi – ularning ulushiga butun organizmlar massasining 97,4% i toʻgʻri keladi. Bu elementlar organogenlar deb nomlanadi. Metallarning 10 tasi: Na, K, Mg, Ca, Mn, Fe, Co, Cu, Zn, Mo biometallar hisoblanadi. Tirik organizmlar tarkibi yer qobigʻi tarkibidan keskin farq qiladi va debgiz suvlari tarkibiga oʻxshashroq boʻladi. Ravshanki, geokimyoning umumiy qonuniyatlari biosfera uchun ham tegishlidir, lekin ayrim elementlarning tirik organinzda toʻplanishi va tarqalishi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi
Bionoorganik kimyo mazmuni boʻyicha bokoordinatsion kimyo hisoblanadi, chunki metall ionlari organizmlarda kompleks (koordinatsion) birikmalar koʻrinishida mavjud boʻladi.
Biogen metallarga quyidagilar kiradi: s-elementlar – Na, K, Mg, Ca; 3d-elementlar – Mn, Fe, Co, Cu, Zn va 4d-element – Mo.
Modomiki, biogen metallar Davriy sistemadagi oʻrniga javob beruvchi turli xossalarni namoyon etar ekan, unda ularning biologik funksiyalari ham turlicha boʻladi (1-, 2-, 3-jadvallar).
1-jadval
Muhim ionlarning hujayra va biosuyuqliklarda taqsimlanishi
Biomuhit
|
Kationlar, mmol/l
|
Anionlar, mmol/l
|
Na+
|
K+
|
Ca2+
|
Mg2+
|
Cl–
|
PO43–
|
HCO3–
|
Qon plazmasi
|
152
|
5
|
2,5
|
1,5
|
113
|
1
|
27
|
Orqa miya suyuqligi
|
143
|
4
|
2,5
|
1,5
|
117
|
1
|
27
|
Hujayra
|
14
|
157
|
–
|
13
|
–
|
38
|
10
|
2-jadval
Biologik sistemalarda kationlar klassifikatsiyasi
Na+, K+
|
Mg2+, Ca2+
|
Zn2+
|
Fe, Cu, Co, Mn, Mo
(Mn+ korinishida)
|
Zaryad tashuvchilar
|
Qattiq strukturalar
|
Kislotalar, katalizatorlar
|
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining katalizatorlari
|
Harakatchan
|
Nisbatan harakatchan
|
Harakatsiz
|
Harakatsiz
|
Kuchsiz komplekslar
|
Barqarorligi oʻrtacha komplekslar
|
Barqaror komplekslar
|
Barqaror komplekslar
|
O ning donor atomlari bilan bogʻlanadi
|
O ning donor atomlari bilan bogʻlanadi
|
N ning donor atomlari bilan bogʻlanadi
|
N va S ning donor atomlari bilan bogʻlanadi
|
Oʻrin olishi tez
|
Oʻrin olishi oʻrtacha
|
Oʻrin olishi sekin
|
Oʻrin olishi sekin
|
3-jadval
Metall saqlovchi ba’zi oqsil va fermentlar
Biometall
|
Bioligand
|
Na+
|
Na-spetsifik ATF-aza aktivatori
|
K+
|
K-spetsifik ATF-aza aktivatori
|
Mg2+
|
Fosfotransferaza, fosfogidraza aktivatori
|
Ca2+
|
Kalsitonin, aspartatlar, glutamatlar
|
Mn2+, Mn4+
|
Piruvatkarboksilaza, arginaza, xolinesteraza, fosfoglyukomutaza, peroksidaza, aminofenoloksidaza
|
Fe(gem)n+
|
Gemoglobin, peroksidaza, katalaza, sitoxrom P-450, triptofan, dioksigenaza, sitoxrom C
|
Fen+
|
Pirokatexaza, ferredoksin, gemeritrin, transferrin, akonitaza
|
Co (B12 koenzim)
|
Glutamatmutaza, dioldegidraza, metioninsintetaza
|
Co2+, nonkorrin
|
Dipeptidaza, ribonukleotidredukaza,
|
Cu2+
|
Tirozinaza, aminoksidaza, laktaza, fenoloksidaza, peroksidaza, askorbatoksidaza, seruloplazmin, superoksiddismutaza, plastotsianin
|
Zn2+
|
Karbangidraza, karboksipeptidaza, alkogoldegidrogenaza
|
Mo6+
|
Aldegidoksidaza, ksantindegidrogenaza, temir-oltingugurtli oqsillar
|
Ishqoriy metall ionlari koordinatsion bogʻlarni hosil qilish qbiliyati boʻlma-gani uchun, ular organizmning elektrolitik muhitini yaratishda ishtirok etadi. Qiyin eruvchan birikmalarni hosil qiluvchi Ca2+ ionlari togʻay, suyaklar asosini tashkil etadi. Biometallar 30% ga yaqin fermentativ sistemalarning markazi hisoblanadi. Oson gidrolizlanadigan metallar (Mg, Zn) fermentativ gidroliz reaksiyalarida ishti-rok etadi; oʻzgaruvchan valentlik va koordinatsion sonni namoyon etuvchi metallar (Cu, Fe, Mo) koʻpgina oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |