16-MAVZU: SOYA URUG‘PALLASIDAN KALLUS TO‘QIMASI OLISH VA O‘STIRISH
Material va asbob uskunalar. 2-3 kunlik steril soya o‘simliklari, steril Petri likobchasi, skalpel, pinset, Miller oziqa muhitli 100 ml li kolba yoki 20 ml li probirkalar (8-jadval).
Tushuntirish. Kallus to‘qimasini sterillanmagan o‘simliklarning turli qismlaridan, masalan tamaki poyasi o‘zagidan, sabzi ildiz mevasidan shuningdek steril sharoitda o‘stirilgan o‘simlik o‘simtalaridan yoki o‘simliklardan olish mumkin. Keyingi holda kallus olish texnikasi ancha soddaroq bo‘lib, materialni oldindan sterillashni talab qilmaydi. Mazkur ishda soya urug‘palla o‘simtalaridan kallusli to‘qima olish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.
Ishning borishi. Petri likobchasi yoki probirkadagi soya o‘simtalari laminarda steril Petri likobchasi yoki buyum oynasiga olinib skalpel yordamida o‘simtalardan urug‘palla ajratib olinadi va 4x4x2 mm li kubiklarga bo‘linadi. Pinset yordamida ularni 100 ml li tagi yumaloq kolbalarga yoki 20 ml li probirkalarga (tarkibida 0,5 mg/l kinetin bo‘lgan Miller oziqa muhiti solingan) joylashtiriladi (6-jadval). Uch haftadan keyin tajriba kuzatiladi va urug‘pallalarda hosil bo‘lgan kallus to‘qimasining rasmi chizib olinadi.
17-MAVZU: FERMENTLAR AJRATIB OLISHNING TEXNOLOGIK JARAYONLARI
Fermentlarning olinishi. Tripsin olish texnologik jarayonlari. Tripsin Ichakka proteolitik fermentlar proferment ko‘rinishida oshqozon osti bezidan kelib tushadi. Ular tripsinogen, xemotripsinogen, prokarboksipeptidazalar A va B, proelastaza. Bu fermentlarning faollashuvi polipeptid zanjirining qisman proteolizi yuz berishi natijasida, ya’ni proteinazalar faol markazini qoplab turgan fragm entning gidrolizi natijasida yuz beradi. Barcha profermentlarning faollashuvi jarayonining markazi tripsinning hosil bo‘lishidir. Oshqozon osti bezidan tripsin fermentini ajratib olish usuli
1.1-sxemada keltirilgan. Tripsinogen— Enteropeptidaza — A o‘t kataliz — Tripsin Ximotripsinogen Ximotripsinlar Prokarboksipeptidazalar A va B Karboksipeptidazalar A va B P/oelastaza Elastaza Ichak proteoletik profermentlarning faollashuvi Oshqozon osti bezidan kelib tushuvchi tripsinogen ichak enterokinazasi yoki eteropeptidazasi yordamida faollashadi. Bundan tashqari, hosil bo'lgan tripsin pepsinogenni tripsinga aylanishiga avtokatalitik yordam beradi. Tripsinogenning faollashish mexanizmi shundaki, tripsin ingibitori deb ataluvchi N- uchki geksapeptid bitta peptid bog'ining gidrolizi natijasida erkin holatga o'tadi. Tripsin boshqa profermentlarida ham peptid bog'larini uzib, faol fermentlaming hosil bo'lishiga olib keladi. Natijada ximotripsinning uchta har xil turlari, A va B karboksipeptidazalar va elastazalar yuzaga keladi. Proteinazalar ingibitori,
Soyali ingibitor bilan sorbent olish. Tajriba sharoitlari TI manbayi sifatida gullash paytida o‘rilgan beda ishlatilgan. Yangi o‘rilgan bedani elektr go‘sht maydalagichda maydalab, uzun pressda yashil shirasi ajratilib, 10 daqiqa 82°C da ushlanib, so‘ngra 6000 ayl/daqiqa 15 daqiqa sentrifuga qilib jigarrang shirasi olinadi. TI faolligi 1 mg oqsilining ingibirlangan tripsinning mg miqdorida bo‘ladi. Eritmalarda oqsil miqdori Lauri metodi bilan aniqlanadi. TI ning biospetsifik sorbenti quyidagicha olinadi: Kapron + glutar aldegidi + tripsin. Tashuvchi sifatida P-6 markali poliamidning har xil formalari: Kukunli (0,14:0,25;0,50; 1,0mm), Granulali (2x2mm), ipsimon (0,1—1,0) va kapron materiali ishlatiladi. 1. Kukunli poliamid. Tekistil chiqindisi bo'lgan kapronning (1 kg) 2,5 1 konsentratsiyali HCl da eritiladi. 1:6 atsetonning suvli eritmasi 1 1/soatiga
tezlik bilan uzluksiz aralashtirilgan holda qo'shiladi, Byuxner voronkasida suziladi, havoda quritiladi va elakdan o'tkaziladi. 2. Tashuvchini faollash. Tashuvchini 2,5—4,5 M HCl 45°C inkubatsiya qilinadi. Inkubatsiya qiluvchi eritmaga nisbatan granulalangan tashuvchining og'irligi 1:6 bo'lishi lozim. Faollashgan tashuvchidan ortiqcha HCl ni 40 % atsetonning suvli eritmasi bilan so'ngra neytral holgacha suv bilan yuvib tashlanadi. 3. Bifunksional agentni modifikatsiyalash. 1 g faollashgan tashuvchiga 0,5 ml 25 foizli glutar aldegidining suvli eritmasini qo'shib, pH 9,0 bo'lgan 0,1 M borat buferida 20°C da 24 soat inkubatsiya qilinadi. Bifunksional agentning ortiqchasi tashuvchini toki yuvindi suv rangsiz bo'lguncha suv bilan yuvib tushiriladi. 4. Tripsinni kovalent bog'lash. Modifikatsiya qilingan 1 g tashuvchiga pH 9 bo'lgan 0,1 M borat buferidagi 10—200 mg tripsin preparati qo'shiladi so'ngra, uzluksiz aralashtirib turgan holda inkubatsiya 5—6 soat davomida olib boriladi. Bog'lanmagan tripsin oqsili 5 barobar 1 M NaCl eritmasi bilan yuvindi suvda oqsil qolmaguncha yuvib tushiriladi. Sorbent havoda quritiladi va 4°C da saqlanadi. Biospetsifik sorbent tayyor bo'ladi. Sorbsiyaga 1 g sorbent solib, 40 ml jigarrang shira quyiladi va 4°Cda uzluksiz aralashtirib turgan holda inkubatsiya qilinadi. pH 7,5—8,0 da sorbsiya maksimal bo'ladi. 0,5—0,7 M NaCl, 20—40 mM CaCl2, 10—20 % glitserin qo'shilganda TI sorbsiyasi oshadi. Desorbsiya TI ni desorbsiya qilish uchun ferment—ingibitor kompleksi hosil qilgan bog'lami bo'shashtirish zarur. TI muhitning pH ini HCl ning 20 mM li eritmasi qo'shib o'zgartirilganda tezroq desorbsiya bo'ladi. Shu bilan birgalikda mochevina eritmasiga 2 M NaCl qo'shib muhitning ion kuchi o'zgartirilganda desorbsiya yaxshi ketadi. Biotin (H vitamin) va avidin kompleksi Odam organizmini biotinga bo'lgan ehtiyoji, asosan, ichak bakteriyalarining uni biosintez qilish hisobiga qoplanadi. Qisman 38 oziq-ovqat orqali kiradi. No‘xot, soya, gulkaram, qo‘ziqorinIar, tuxum sarig'i, jigar kabi oziq-ovqat mahsulotlari biotinga boydir. Katta odamning 1 sutkalik biotinga bo'lgan talabi 150—200 mkg atrofidadir. Oziq-ovqat bilan kelib tushgan biotin ichak proteinazalari yordamida oqsillar bilan bog‘langan holatdan erkin holatga o‘tib, ichakka so'riladi. Qonda biotin albumin bilan bog'lanib to'qimalarga boradi, jigar va buyrakda to'planadi. Peshob va axlat orqali o'zgarmagan holda organizmdan chiqarib yuboriladi. To'qimalarda erkin biotin biotinli fermentlarning faol markazida joylashgan lizin guruhi bilan kovalent bog'lanadi va karboksibiotin uning koferment ko'rinishi hisoblanadi. Biotin kofermenti oiganizm to'qimalari tomonidan gidrokarbonat ionlarining yutilishini ta’minlab beradi. Piruvat karboksilazalar (atsetil — KoA — karboksilaza), propionil - KoA - karboksilazalar tarkibiga kirib, karboksillanish reaksiyalarida ishtirok etadi. Shu bilan birgalikda biotin glukoneogenez, yog' kislotalar sintezi, Krebs siklida propion kislota qoldiqlarining oksidlanishini ta’minlaydi. Biotin glukoproteidlaming vakili bo'lmish avidin bilan spetsifik kompleks hosil qiladi. Tovuq tuxumi oqida avidin ko'p miqdorda bo'ladi. Shuning uchun ham xom tuxum iste’mol qilinganda oziq-ovqat biotinni bog'lanishi yuz beradi va uning so'rilishi to'xtaydi. Tabiatda shunday moddalar borki, bir-biri bilan bog'langanda, juda mustahkam bog'lar hosil qiladi. Shulardan biri biotin bilan avidin (tuxum oqsili) bir-biri bilan juda mustahkam birikma beradi. Agar 10 va 18 ta begona molekula bo'lib, bitta biotin bo'lsa, avidin uni tortib biriktirib oladi, ya’ni ulaming birikish konstantasi 10 va 18 ga teng bo'ladi. Misol uchun bir idishda juda ko'p har xil molekulalar bor. Biotinning karboksil guruhlari ularga ulanadi. So'ngra kolonkadagi karboksil guruhlarini ham ularga ulaymiz. Keyin kolonkadagi sorbentning ustidan barcha molekulalarni yuborsak, turli xil molekulalar ulanadi. Lekin hammasi har xil bo'lganligi sababli 39 bog'lanish kuchi ham har xil bo'ladi. Tepadan desorbsiya qiluvchi eritma (glitserin, etilenglikol) yuborsak, kuchsiz bog‘langanlari oldin, kuchli bog'langanlari esa oxirida tushadi. Biz kerakli moddani desorbsiya qilib ajratib olamiz. Ish tugatilgach, oxirida avidindan biotin ajratib olinadi. Odamda biotin yetishmovchiligi aniqlanmagan. Tibbiy amaliyotda hozircha biotin preparati ishlatilmagan, lekin dermatoz hollarida qo‘llanishga urinishlar bo'lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |