O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi milliy goya manaviyat asoslari va huquq talimi yonalishi 2 kurs b patok talabasi Sohibova Sug'diyona Fan: Globallashuv va g'oyaviy tahdidlar Topshirdi: Sohibova


Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash



Download 193,5 Kb.
bet5/7
Sana02.07.2022
Hajmi193,5 Kb.
#733583
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Soxibova. S globallashuv va goyaviy tahdidlar

3. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ijtimoiy-psixologik muammo sifatida
Vatan – bu inson va uning avlod ajdodlari kindik qoni to‘qilgan muqaddas dargohdir. Vatan-bu ajdodlar maskani el yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf odatlari, qadriyatlari chinakamiga ishlanib, kamol topib boradigan zamindir.
Vatan deganda hamisha o‘zimiz tug‘ilib o‘sgan, ko‘z ochib ko‘rgan, ta’lim tarbiya olib voyaga yetgan, necha-necha ajdodlarimiz yashab o‘tgan, ularning aql- idroki, mehnati sarf qilingan yurt ko‘z oldimizga keladi.
Vatan ona kabi aziz va muqaddasdir. Vatan insonga baxt iqbol beradigan zamindir. A.Avloniy aytganidek: “Har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining Vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz Turkistonliklar o‘z Vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi arablar Arabistonlarini, qumlik issiq cho‘llarini, eskimoslar Shimol taraflar, eng sovuq qor va muzlik yerlarni va boshqa yerlarni ziyoda suyarlar. Agar suymaslar edi, havosi yaxshi Turonlik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi”1.
Vatan – bu xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan – muqaddas qadriyat. Taraqqiyot Vatandan boshlanadi. U insonning kindik qoni to‘kilgan joy, insonni ijtimoiy yetimlikdan asrovchi manzil, ma’naviy kamolot va fuqorolik maydoni, hayot maktabi, farovonlik va baxt-saodat o‘chog‘idir.
Vatan tuyg‘usi bo‘lgan kishidagina vatanparvarlik jo‘sh uradi. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I A Karimov aytganidek: “Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug‘iladi. Ya’ni, inson o‘zligini anglagan, nasl-nasabini bilgani sari yuragida vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan Vatanga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo‘ladi”2.
Vatan tuyg’usini o’zida mujassam etgan kishigina jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun kurashadi. Shunday ekan, O’zbekistonda yashovchi har bir yosh avlod kelajagi buyuk bo’lgan davlatimizni dunyoga tanishtirishda yagona maqsad sari birlashishi kerak. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji oquvchilarida vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mazkur o’quv muassasalarida tahsil olayotgan o’quvchilar jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida o’zlarining munosib o’rinlarini topishlari, jamiyat va Vatan ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilishlari, fidoyilik ko’rsatishlari, safarbarlik xislatlarini namoyon qila olishlari uchun ularda harbiy vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish nihoyatda zarur.
Ona – yerimiz, Vatanga bo’lgan muhabbat, olijanob tuyg’ular xalqimiz qon qoniga singib ketgan milliy harakterining azaliy fazilatlaridandir. Bu qadrli insoniy fazilatlarni asrab-avaylash va takomillashtirish, yoshlarni mustaqil O’zbekistonning munosib o’g’il-qizlari qilib tarbiyalashimizning asosiy yo’nalishlari bo’lib qolishi kerak.
Ko’p asrlik tariximiz davomida yuzaga kelgan, eng Yaxshi jangovar va mehnat an’analarimiz o’zining boy ma’naviy kuchini yo’qotgani yo’q. Uning chuqur manbalarga ega ma’naviy imkoniyatlari juda ham yuqoridir, hamda hozirgacha qadrlanib kelinmoqda.
Yurtimiz mustaqilligidan keyingi yillarda yosh avlodni vatanparvar, milliy g'ururli, ma'naviyati yuksak insonlar etib tarbiyalash yanada dolzab muammo kasb etmoqda. Chunki, milliy mustaqilligimizni aynan vatanparvar, har tomonlama barkamol yoshlar mustahkamlaydi, rivojlantiradi, uni dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqadi. Bunday yosh avlodni shakllantirish borasida yurtimizda bugungi kunga qadar tahsinga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ham birinchi e'tibori yoshlarga qaratilgan. Yoshlarga jahon standartlari darajasidagi sharoitlarni yaratish, ta'lim-tarbiya berish, har tomonlama qo'llab-quvvatlash yurtimizda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmunini tashkil etmoqda.
Milliy mustaqillik - xalqimizda ayniqsa o'sib kelayotgan yosh barkamol avlodimizni vatanparvarlik tuyg'ularining tiklanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Avvalo, hozirda yoshlarning harbiy vatanparvarligi ota-bobolarimiz yaratuvchanlik ishining bevosita davomidir. Saodatli, baxtli, kelajagi buyuk O'zbekistonga hozir har daqiqada ulush qo'shmoq, vatanga muhabbat, vatanparvarlikning asl ko'rinishidir. Vatanga munosib farzand bo'lish, uning eri, suvi, elu-yurt bilan chambarchas bog'liq ekanligimizni teran anglash, uni ardoqlash ham vatanparvarlikning bir ko'rinishidir.
Vatanparvarlikning eng oliy tuyg'u sifatida o'tmish mutafakkirlari alohida qayd etganlar va o'zlari ham unga sodiq qolganlar. Endi ana shu qaydlardan ba'zilarini eslab o'tamiz.
Siseron (Rumo notig'i va faylasufi). Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrobalar qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina “Vatan” degan so'zda mujasamlashgan. Vatanga nafi tekgudek bo'lsa, qaysi vijdonli odam u uchun jonini berishga ikkilanar ekan!
Gegel (nemis faylasuf). Ma'rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati Vatan yo'lida qurbon bo'lishga hozir ekanliklarida aks etadi.
Bayron (ingliz shoiri). Kimki o'z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.
Belinskiy (rus tanqidchisi). Kimki o'z Vataniga dahldor bo'lmasa, u insoniyatga ham dahldor emas.
Gyugo (franso'z adibi). O'z Vataniga dog'- tushurish uni sotish degan so'z.
Vatan tuyg'usi bo'lgan kishidagina vatanparvarlik jo'sh uradi. Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug'iladi. Ya'ni, inson o'zligini anglagan, nasl-nasabini bilgani sari yuragida vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo'lsa, tug'ilib o'sgan Vatanga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo'ladi.
Vatanparvarlik deganda esa yana quyidagilarni anglash joiz:
-o'z xalqini, tarixini yaxshi bilish va u bilan fahrlanish:
-qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan moddiy va ma'naviy me'roslarni ko'z qorachig'iday asrash va avlodlarga taqdim etish:
-xalqimizning, ajdodlarimizning go'zal va ma'noli urf-odatlar, rasm-rusm va udumlarni qadrlay bilish, ularni davom ettirish:
-ajoyib vatandoshlar - ajdodlar nomi bilan, ularni ulug' ishlari, ijodlari bilan fahrlanish, ularni ishlarini davom ettirish, ularga munosib voris bo'lish:
-shunday ajoyib xalqqa, yurtga, uning boy tili va madaniyatiga mansubligi bilan fahrlanish:
-turon zaminni himoya qilib, tomirdan ohirgi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan bahodirlarni, ayovsiz janglarda halok bo'lgan qahramonlarni yod etish:
-asrimizning 20-50 yillari va nihoyat 80- yillarida xalqimiz, millatimizga qarshi uyushtirilgan qatag'onlarda qamoq va surgin a'zoblarni boshdan kechirgan va halok bo'lgan minglab millatmiz gullarini unutmaslik:
-bu aziz va go'zal vatanimizda yuksak e'tiqod bilan yashash unga hamisha sadoqatli bo'lishdir.
Harbiy vatanparvarlik hammamizning o'z ishimizga mas'uliyat bilan qarash, vatanning boyliklarini ko'z qorachig'iday asrash, boyliklariga boylik qo'shishga o'z ulushimizni qo'shish uni fan cho'qqilari sari intilish va boshqalardir.
Vatanparvarlik bir so'z bilan aytganda o'z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga imkon darajasida hissa qo'shish:
- ona yurtimizda tinchlik, barqarorlikni va osoyishtalikni saqlashga intilish vatanparvarlikning belgisidir;
- vatanparvarlik-xalqaro munosabatlarda vatan, millat manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yishdir.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 49-moddasida «Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar»3 deb ta’kidlangan. Bu har bir sog‘lom avlodda o‘z xalqining a’nalariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalash bilan birga, o‘z Vatani, millatining butun jahon hamjamiyatida teng huquqli mustaqil davlat sifatida namoyon bo‘lishiga hissa qo‘shuvchi haqiqiy insonni shakllantirishni taqozo qiladi.
Vatanparvarlik tushunchasi insonparvarlik tushunchasi bilan uyg'undir. Vatanparvarlik uchun intilish, vatanpavrvarlik uchun kurashning zaminida insonparvarlik yotadi.
Insonparvarlik bu o'zbek xalqi milliy ruhiyatning ajralmas fazilatidir. U purma'no va sermazmun tushunchadir. Insonparvarlik inson, xalqning ajralmas hislati tarzida ko'zga tashlanadi. Qur'oni Karim insonparvarlik g'oyalari asosiga qurilgan Muhammad alayhissalom hadislari g'oyalarga boy hikmatlar majmuasidir. Insonparvarlik kishilarning bir-biriga hurmatida, qadr-qimmatida, mehr shafqatida, diyonatda, o'zaro ko'maklashuvida hamdardlikda, boshqalar qayg'usiga sherik bo'lib, quvonchidan va baxtidan sevinishda, xalq baxti va yutuqlaridan fahrlanishda ko'rinadi. O'zbek xalqi doimo u insoniyat dardini kuylab kelgan. Al-Xorazmiy, Al-Beruni, Ibn Sino, az-Zamahshariy, Pahlavon Mahmud, A. Navoiy, Ogahiy, asarlardagi g'oyalar -insonparvarlik ruhi bilan ajarlib turadi. Xususan, Navoiy ijodida insonparvarlik alohida ahamiyat kasb etadi. Uningcha, vatanga, xalqqa sadoqat eng avval uning taqdiri ustida g'amxo'rlikdan iboratdir. Insonga nisbatan beparvolik, uning taqdiri va baxtu saodati ustida g'am emaslik sharafli inson uchun tamomila yotdir.
Bo’yin egmas So’g’diyona va Baqtriya, Maroqanda va Xorazmshox, xalq ozodligi uchun cho’ldagi Shiroqning jasorati (eramizdan avvalgi I asr, Doro I) va Spitamen qo’zg’oloni (324 – 327 eramizdan avvalgi yillar), Muqanna (VIII asr 70 yil arablarga qarshi) larning unutilmas jasorati yoshlarimiz uchun ibrat namunalaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida “Biz ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal qilib, teran anglagan holda, qat’iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo‘lidan bormoqdamiz”4 deb aytib o‘tdilar
Ulug’ sarkardalar Amir Temur (1336 - 1405) va uning avlodlari Bobur (buyuk mo’g’illar sulolasining asoschisi XV – XVI asr) larning tarixdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy merosi milliy qadriyatlarimiz, ya’ni ma’naviy-ma’rifiy boyligimizdir. Ulug’ ajdodlarimiz Beruniy (olim 973 –1050y), al Xorazmiy (matematik, geograf, tarixchi 780 - 847 y), ibn Sino (Aviasenna, medisina, asgronomiya, geologiya 980 - 1037 y), Imom Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Ulug’bek (astronomiya maktabi asoschisi, davlat arbobi 1394 - 1449 y) kabi olimlarimizning xotirasi bir umr mangu bo’lib, insonlar qalbidan ijobiy o’rinlarni egallab qolgandir.
Ikkinchi Jahon urushi frontlarida O’zbekistonlik jangchilar ulug’ ajdodlarimiz an’analariga munosib tarzda mardlik ko’rsatdilar.
Masalan bulardan Sobir Raximov, Ahmadjon Qurbonov, Toshtemir Rustamov, Qudrat Suyunov va boshqa ko’pgina jangchilarimiz ona Vatanimizni himoya qilib qahramonlik ko’rsatdilar.
Ikkinchi Jahon urushida 120 mingdan ko’proq yurtdoshlarimiz orden va medallar bilan mukofotlanganlar. Ulardan 300 dan ko’progi Qahramon degan nomga, 58 jangchi esa 3 - darajali Shuhrat ordeniga sazovor bo’lganlar.
Jang maydonlarida o’z Vatani uchun jon berib, qahramonlarcha himoya qilgan, mamlakat ichkarisida vatan himoyasiga o’z mehnati bilan hissa qo’shganliklarini har doim xotiramizda saqlaymiz. "Yer yuzida hayot ekanmiz qahramonlarimiz mardliklari, ularning xotarasi oldida bosh egamiz" I.A.Karimov5.
Yoshlarni xalqimizning jangovar va mehnat an’analariga tayangan holda tarbiyalash - olib borayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarimizning bir yo’nalishidir.
An’ana - bu avloddan-avlodga o’tib kelayotgan e’tiborga loyiq, mavjud ijgimoiy, iqtisodiy munosabat, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tizimi bilan bog’lik. Insonlar ongida ma’lum bir davr ichida singib ketgan va ularning hayotda doim uchrab turadigan ishlab chiqarish usul va uslublari hamda ustun turuvchi siyosiy onglari kundan kunga rivojlanib bormoqda. Qisqa qilib aytganda an’ana - bu bir avloddan ikkinchi avlodga o’tgan avvalgi avloddan meros bo’lib qolgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizdan biridir. O’zbek xalqining an’analariga O’zbekistonga, uning yeriga, tabiati, insonlariga bo’lgan muhabbat, Vatanimiz an’analari, madaniyati, tarixini bilishga intilish, Respublikamiz erishgan yutuqlari va qudratidan faxrlanish va boshqalar kiradi. Yoshlarga harbiy vatanparvarlik tarbiyasini berishda avlod - ajdodlarimiz to’plagan tajribalarga asoslangan holda ish olib borish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri bolib qolmoqda.
An’analar xalqning aniq tarixiy asosi bilan belgilanadi, ularni o’z-o’zidan bir xalqdan olib ikkinchi xalqqa singdirib bo’lmaydi. Har bir xalqning, har bir millatning o’z an’analari mavjuddir. Ularning ba’zilarida umumiylik ham bo’lishi mumkin. Masalan: Jangovar an’analar ko’p davlatlar armiyalarida harbiy bilimni egallash, o’z kasbini sevish kabi mehnat an’analaridan iboratdir.
Ikkinchi Jaxon urushi davrida dushman bosib olgan yerlardan ko’chirib keltirilgan oilalarga ko’rsatilgan yordamni misol qilib ko’rsatish mumkin. Minglab insonlar bu yerda o’z tinchligini topdi, ko’pchilik uchun O’zbekiston ularga Vatan bo’lib qoldi. O’zbek oilalarida ota-onalarini yo’qotgan bolalar tarbiyalana boshladilar. Poytaxtimizning xalqlar do’stligi maydonida temirchi Shomaxmud ota va uning xotini Baxri ayaga yodgorlik haykali Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qayta o’rnatildi.
Ushbu vatanparvar insonlar 14 turli millat bolalarini farzand qilib olib, o’z bag’rilarida tarbiyaladilar.
O’zbekiston yurti ya’ni xalqi nonni juda ham e’zozlaydi va qadrlaydi. Yoshu qari yerga non tushsa darhol olib, uni ko’ziga surtadi. Vatan ham non kabi bizning millatimiz uchun muqaddasdir.
Vatanparvarlik deganda esa yana quyidagilarni anglash joiz:
-o‘z xalqini, tarixini yaxshi bilish va u bilan fahrlanish:
-qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy me’roslarni ko‘z qorachig‘iday asrash va avlodlarga taqdim etish:
-xalqimizning, ajdodlarimizning go‘zal va ma’noli urf-odatlar, rasm-rusm va udumlarni qadrlay bilish, ularni davom ettirish:
-ajoyib vatandoshlar - ajdodlar nomi bilan, ularni ulug‘ ishlari, ijodlari bilan fahrlanish, ularni ishlarini davom ettirish, ularga munosib voris bo‘lish:
-shunday ajoyib xalqqa, yurtga, uning boy tili va madaniyatiga mansubligi bilan fahrlanish:
-turon zaminni himoya qilib, tomirdan ohirgi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan bahodirlarni, ayovsiz janglarda halok bo‘lgan qahramonlarni yod etish:
-asrimizning 20-50 yillari va nihoyat 80- yillarida xalqimiz, millatimizga qarshi uyushtirilgan qatag‘onlarda qamoq va surgin a’zoblarni boshdan kechirgan va halok bo‘lgan minglab millatimiz o’glonlarini unutmaslik;
-bu aziz va go‘zal vatanimizda yuksak e’tiqod bilan yashash unga hamisha sadoqatli bo‘lishdir.
Vatanparvarlik hammamizning o‘z ishimizga mas’uliyat bilan qarash, vatanning boyliklarini ko‘z qorachig‘iday asrash, boyliklariga boylik qo‘shishga o‘z ulushimizni qo‘shish uni fan cho‘qqilari sari intilish va boshqalardir.
Harbiy vatanparvarlik bir so‘z bilan aytganda o‘z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga imkon darajasida hissa qo‘shish:
-ona yurtimizda tinchlik, barqarorlikni va osoyishtalikni saqlashga intilish harbiy vatanparvarlikning belgisidir.
-harbiy vatanparvarlik-xalqaro munosabatlari vatan, millat manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishdir6.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev va O‘zbekiston davlatining eng ulug‘vor hamda insonparvar g‘oyalaridan biri – ichki va tashqi tinchlik siyosatidir. Inson tug‘ilgan ekan, u yashashi kerak. Yashash uchun tinchlik zarur, demak, davlatimizning tinchlik siyosati insonparvarlik siyosati mazmuni bilan yo‘g‘rilgan.
Hozirgi paytda harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni va jarayoni Respublikamizning o’quv muassasa ta’lim tizimi yangilanishi bilan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jadallashuvi, Vatan himoyasidagi insoniy omillar o’rnining o’sib borishi va jangovar mehnat tashkilidagi keskin o’zgarishlari bilan yuzaga kelgan an’analar bilan boyib bormoqda.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining eng asosiy vazifalari:
- Yoshlarda Vatanga muhabbat;
- O‘zbekiston Qurolli Kuchlariga xurmat va sadoqat;
- Ajdodlarimizning mehnat va an’analariga sodiqlik;
- Vatan mustaqilligini qo’lda Qurol bilan himoya qilishga doimiy shaylik;
- Yoshlarda harbiy kasblarga, Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishdek sharafli burchga qiziqish uygotish kabi vazifalardan iborat.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining bosh vazifasi mustaqil, o’z yo’lidan rivojlanayotgan Vatanimiz uchun, g’urur, Qurolli Kuchlarga nisbatan muhabbat, jangovar va mehnat urf-odatlarimizga sadoqat, harbiy mehnatga hurmat hissini har taraflama rivojlantirish, ozodlik va mustaqilligimizni, qo’limizdagi qurol bilan muhofaza qilishga doimiy tayyorlikni shakllantirish, o’z fuqarolik burchini ado etishdir.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarda harbiy xizmatga qiziqishni rivojlantirish, harbiy kasblarni egalash, yoshlarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmatga tayyorlashga yordam berishni ko’zda tutadi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi Vatanni himoya qilish uchun tayyorlikni ta’minlaydigan fikr, ishonchini, dunyoqarashni shakllantirish, unga bor kuchni, kerak bo’lsa hayotini ham berish. Bo’lajak jangchilarning ma’naviy-ruhiy, axloqiy-intizomiy, jangovar xislatlarini tarbiyalashdan iborat.
Yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi natijasida quyidagi jangovar xislatlar shakllanadi: harbiy bilim, jangovar mahorat, intizomlilik va tashkilotchilik, jangovar birodarlik, harbiy qasamyod va nizomlar talablarini, komandir va boshliqlar buyruq va ko’rsatmalarini so’zsiz bajarish. Bu jarayonda boshlang’ich harbiy tayyorgarlik, mudofaa – ommaviy ishlari katta o’rin tutadi.
Afsuski, bugungi kunda yoshlarning jismoniy tayyorgarligi zamonaviy ishlab chiqarish hamda Qurolli Kuchlar safida xizmatga bo’lgan talablarga to’laqonli javob bermaydi. Bu o’z o’rnida yoshlarning aqliy, jismoniy, ahloqiy – ma’naviy va ruhiy holatlari bilan bog’liq bo’lgan kasalligidan xalq xo’jalik sohalari ham katta zarar ko’rmoqda.
Statistika ko’rsatadiki, yoshlar ichida ortiqcha og’irlikka ega, kasalliklarga moyil bo’lgan gavda va tayanch – harakatlantiruvchi apparatda nuqsonlari bo’lgan yoshlar foizi katta, mutaxasislar fikricha, qoloq o’quvchilar ichidagi 58% dangasalik yoki yaxshi rivojlanmaganlik sabablariga ko’ra emas, balki jismoniy nuqson va kamchiliklar deb o’z tengdoshlaridan orqada qoladi.
Tuman, shahar madaniy-oqartuv va sport muassasalaridan yaxshi foydalanish, turli sport to’garak va seksiyalari faoliyatini oshirish jismoniy tarbiya mashg’ulotlari sifatliroq o’tkazish maqsadaga muvofiq.
Yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi - davlatimiz faoliyatining muhim sohalaridan biridir.
Yoshlarni vatan himoyasiga tayyorlashning qayta ko’rilishi harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mazmuniy va tashkiliy-uslubiy tomonlaridan to’laroq foydalanishni talab qiladi. Tarbiyaviy tadbirlar samaradorligi tahlili, harbiy vatanparvarlik tarbiyasining amaliyoti bilan berilgan va tekshirilgan an’anaviy shakllarni tanlash va mustahkamlash, yoshlarni vatan himoyasiga tayyorlash vazifalarini zamonaviy sharoitlarda yanada to’la tadbiq qiladigan yangi shakllarini qidirish zarur.
Vatan himoyasiga tayyorlikni maxsus ommaviy mudofaa ish, harbiy sport o’yinlari va boshqa harbiy vatanparvarlik tarbiyasining muhim shakllari natijasi sifatida ko’rishimiz mumkin.
Ta’lim muassasalarida harbiy vatanparvarlik tarbiyasi quyidagi maqsadlarda o’tkaziladi:
- Halqiga sadoqat, Vatan tarixiga va an’analariga chuqur hurmatda bo’lishni shakllantirish;
- Prezident Farmonlari, Oliy Majlis va O’zbekiston Respublikasi hukumati qonun va qarorlarini so’zsiz bajarish lozimligi ruhida tarbiyalash;
-O’zbekiston xalqlari jangovar vatanparvarlik an’analarini targ’ibot qilish, Yoshlarda harbiy xizmatga va armiyaga muhabbat, yuksak ma’naviy - jangovar xislatlar, harbiy Qasamyod va harbiy Nizomlarni bajarishda shaxsiy javobgarlik hamda jasurlik, intizomlilik, zukkolik, o’z Vatani himoyasiga doimo tayyor bo’lishni tarbiyalash.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining asosiy mazmuni:
- Vatanini himoya qilishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining Konstitusion burchini tushuntirish;
- O’zbekiston Respublika mudofaasini kelgusida kuchaytirish masalalari bo’yicha hukumat qarorlari bilan tanishish;
- O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari bilan hal qilinadigan masalalar va ularning vazifasi va xususiyatlarini tushuntirish;
- O’zbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risi"gi qonuni, harbiy Qasamyod va harbiy Nizomlarning asosiy talablarini o’rganish va o’zlashtirish;
- Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashning maqsad va vazifalarini tushuntirish;
- ajdodlar merosi, buyuk va jasur ota-bobolarimizning jangovar an’ana udumlarini targ’ibot qilish.
O’rta maxsus ta’lim yurtlaridagi vatanparvarlik tarbiyasi jarayoni – yetakchi vazifani bajaradi, bo’lajak Vatan himoyachisining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi, chunki o’quv fanlarining mazmunida xalqimizning muhim ma’naviy, axloqiy, madaniy an’analari ifodalangan. Lekin bu jarayonga vatanparvarlik tarbiyasining alohida tarkibiy qismlari bilan chegaralanish yetarli emas. U Vatan himoyasiga tayyor bo’lish, barcha tarkibiy qismlari holatiga har taraflama faol amaliy ta’sir ko’rsatishi va bu tayyorlikni o’smir hayotining eng muhim tomoni sifatida anglab tushunishiga ko’maklashishi darkor.
Vatan himoyasini, el-yurt tinchligi va farovonligini asramoq har bir yoshning muqaddas burchi bo‘lib qolishga da’vat etishini ham talab qiladi. Albatta, bu ulug‘vor vazifalarni amalga oshirish uchun faqatgina eng o‘tkir qurol bo‘lgan badiiy adabiyotning tarbiyalovchilik imkoniyatlaridan keng foydalanish, buning uchun dars jarayonidagina emas, balki auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda ham ertangi kun egalari, chinakam vatanparvarlarni mustaqillikka sadoqat ruhida tarbiyalash lozim. Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, avvalo, ona-Vatanga bo‘lgan muhabbat, uni sevish, e’zozlash, uning ravnaqi uchun har bir inson hissa qo‘shishini o‘rgatishda adabiy asar qahramonlari, tarixiy shaxslar, vatan fidoyilari eng yorqin namuna bo‘la oladi.
Shuningdek, o‘zbek xalqining madaniy merosi hisoblangan san’at, tarixiy va me’morchilik yodgorliklarini asrab-avaylash, ularning tarixi hamda bugungi kundagi ahamiyatini bilish talab etiladi. Zero, bir necha asrlar davomida yaratilgan obidalarimiz - machit, madrasa, saroy, abservatoriya, qasrlar, osmono‘par minoralar, maqbaralar, boy, qo‘hna va navqiron tariximiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Turkiston yodgorliklari kimlarni hayratga solmagan deysiz. Ular yoshlar qalbida ham o‘tmish tariximizga, ajdodlarimizning yuksak ilm va kasb mahoratiga cheksiz hurmat, ular bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadi.
O‘qituvchi yoshlarni o‘z millatiga, ona-Vataniga, imoniga sodiq bo‘lishni o‘rgatishi, ularda sog‘lom kuch, tafakkur, imon va pok vijdonni shakllantirish, Vatan oldidagi mas’uliyat, millat manfaati bilan yashash, Vatan taraqqiyoti, millat obro‘siga hissa ko‘shish, foyda keltirish, fidoyilik va halollik bilan sidqidildan mehnat qilish, xalqning shon-shuhratini, manfaatini o‘ylash, insonparvar bo‘lishiga da’vat etishning turli usul va vositalarini ham topishga harakat qilgandagina yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga keng imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish uchun yangi pedagogik texnologiyaning barcha ko‘rinishlaridan foydalanish, uning yangi-yangi shakllarini izlab topish va yaratish, eng avvalo, yoshlarni mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka o‘rgatish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va yanada rivojlantirish yo‘llarini izlash kerak.
XULOSA
Mazkur bitiruv malakaviy ishimizdan quyidagicha xulosaga keldik:
- Mehnatsevar, tinchlikparvar, taraqqiyoti yuksak darajada bo’lgan, madaniyati, ilm-fani rivojlangan huquqiy jamiyat poydevorini yaratish jarayonida yosh avlodning ham, albatta o’z o’rni bo’lishi kerak.
- Yosh avlodni buyuk kelajak quruvchilar sifatida tarbiyalash, ularni xalqimizning bugungi kundagi ulkan yaratuvchanlik ishlarining munosib davomchilari sifatida voyaga yetkazish uchun Prezidentimiz, hukumatimiz barcha ishlarni amalga oshirmoqdalar. Xalqimizning mana shu ezgu niyatlarini ro’yobga chiqarish uchun hukumatimiz tomonidan bir qator qonunlar, qarorlar, Prezidentimiz tomonidan farmonlar qabul qilindi. Bular jumlasiga, “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturlari”, “Sog’lom avlod uchun”, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida va boshqalar kiradi. Bu qonunlar bizlarga ta’lim va tarbiyaning barcha turlari bilan bir qatorda yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasini ham mazmunan sifat jihatdan yanada yuqori darajalarda tashkil etish va amalga oshirish imkonini beradi.
- O’zbekiston xalqi buyuk davlat, jamiyat qurilishi yo’lida mardonavor mehnat qilmoqda. Bizning kundalik vazifamiz, yoshlarni ana shu qurilishlar jarayoniga jalb qilish, ular ongiga O’zbekistonning buyuk kelajagi aynan, yoshlar qo’lida ekanligini singdirish, kundalik mashg’ulotlar, turli tadbirlar davomida ularda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg’ularini uyg’otish va bu tuyg’ularni asrab-avaylab tarbiyalashdir.
- Hozirgi kunlarda bizning mintaqamizda, xususan, Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy ahvol keskin bo’lib qolmoqda. Turli diniy ekstremistik, aqidaparast guruhlarning hokimiyat uchun kurashishi, ularni bizning jamiyat uchun umuman yot bo’lgan dunyoqarashlarini targ’ib qilishi Vatanimiz mustaqilligiga, uning tinchliksevar ko’pmillatli xalqiga xavf tug’dirishi mumkin. Bu guruhlarning yoshlar o’rtasida olib borayotgan buzg’unchilik targ’ibotlari hech kimni befarq qoldirmasligi kerak.
- Vatan himoyasiga shaylik, o’quvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ular tomonidan jamiyat madaniyati boyliklarini avaylab asrash, ko’z qorachig’iday saqlay olishlik bu – yoshlarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasini samarali o’zlashtirish natijalaridan kelib chiqadi.
- Bugungi kunda keng fikrlovchi, chuqur e’tiqodli insonlargina vatanparvar fuqaro-vatan himoyachisi bo‘lishi mumkin. Bo‘lajak vatan himoyachisini tarbiyalash, eng avvalo vatanpavarlik tuyg‘usidagi intilishlar bilan to’ldirilgan yoshlar turmush tarzini tashkillash demakdir. Bunga esa tarbiya muassasalarining o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari bilan erishish mumkin.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda har bir pedagog va ma’sul shaxslar (ta’lim muassasa rahbarlari, ota-onalar, mahalla faollari) quyidagi asosiy vazifalarni yaxshi bilishlari to’g’risida tavsiyalar ishlab chiqildi:
birinchidan, ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan fanlarni uzviy birlikda olib borib, o’quvchi Yoshlarni milliy va baynalminal ruhida tarbiyalash, ularni vatan himoyasiga doimo har tomonlama shay bo’lishlarini ta’minlash;
ikkinchidan, o’quvchi yoshlarni faol ongli, mehnatsevar, vatan uchun jasorat va qahramonlik ko’rsatishlikka tayyor yosh avlodni har tomonlama tarbiyalanganlik xislatlarini rivojlantirish;
uchinchidan, o’quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda nazariy-amaliy bilimlar bilan qurollantirish, ularda umumiy o’rta ta’lim maktablarida chaqiriqqacha harbiy ta’lim darslarida o’quv va tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkillashtirish va o’tkazish, ularda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.

Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish