O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy univeersiteti tarix fakulteti tarix


O’rta Osiyoning neolit davri tabiiy sharoiti



Download 1,97 Mb.
bet4/10
Sana01.07.2022
Hajmi1,97 Mb.
#725146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi A.Muhitdinov

1.2.O’rta Osiyoning neolit davri tabiiy sharoiti.
Neolit davrining iqlimi hozirgidan ancha farq qilgan.Uning dastlabki bosqichida namchil va issiq iqlim sharoiti hukmron bo’lgan bo’lsa, keyinchalik atlanika bosqichida(taxminan mil. avv VII-VI mingyilliklar) ob-havosi isib, iqlim quruqlashib brogan.Ilgarigi namchil iqlimli o’rmonlarda qurg’oqchilik kuchaygan. Neolit davri ekologik o’zgarishlari oqibatida osiyoning tabiiy sharoiti qulay va issiq iqlimga ega bo’lgan subtropik mintaqlarida mezolit davridagi ixtisoslashgan termachilik va ovchilik asosidagi ishlab chiqaruvchi xo’jalik dehqonchilik va chorvachilik vujufga keladi. Xo’jalikning ishlab chiqaruvchi shakliga o’tish dastlab Yevropaning issiq iqlimli janubiy o’lkalarida sodir bo’lgan. “Serunum yarim oy hududi”nitashkil etgan Yaqin Sharq,Mesopotamiyaning shimoli va Kichik Osiyo yerlarida mil.avv IX-VIII mingyilliklardayoq o’simliklarni madaniylashtirish va hayvonlarni xonakilshtirish boshlangan. O’rta Osiyoda muzlikdan keyin harorat ko’tarilib, iliq va namchil iqlim qaror topadi.Qizilqum hududida yillik yog’ingarchilik miqdori 250-450mm, iyul oyida o’rtacha harorat +22+23Cni tashkul etgan. Tabiiy suvhavzalari:daryo va ko’llarga boy yashil o’rmozorlardan iborat bo’lgan. Qizilqumda mil.avv VII-II mingyilliklarda hukmron bo’lgan bunday tabiiy iqlim “Lavlakon namgarchiligi” davri nomini olgan. Amudaryoning quyi o’zani, Ustyurt va O’zboy o’zani atrifidagi yerlar ham shunga o’xsash iqlim sharoitida bo’lgan. Hozirgi O’zbеkiston hududlarida mеzolitning oxiri va nеolit davrida odamlar yashashi uchun qulay ekologik muhit mavjud bo’lib, bu davrda janubi-g’arbiy Ustyurt va Qizilqumning ichki hududlari Zarafshon va Amudaryo etaklari ibtidoiy jamoalar tomonidan dеyarli o’zlashtirib bo’lingan edi. Soha mutaxassislarining e’tirof etishicha, nеolit davrida “Lavlakon namgarchiligi” dеb ataluvchi tabiiy iqlim sharoitining vujudga kеlganligi yangi mintaqalarni o’zlashtirish imkonini yaratdi. Shu tariqa, ibtidoiy jamoalar turli tabiiy, ekologik sharoitlarga tushib qolib, bu holat ular turmush tarzining moslashish zaruratini taqozo etgan va o’z navbatida bu jarayon turli nеolit madaniyatlarining paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. Geografik jihatdan Janubi-G‘arbiy Qizilqumning tarkibiy qismi bo‘lgan Qoraqotin botiqligining sharqiy tomonida yigirmadan ko‘proq sho‘r suvli havzalar tizimi mavjud. Ularning eng kattasi Lavlakon hisoblanadi. Lavlakon namgarchiligi iqlim sharoitida (mil. avv. 6-4 ming yilliklar) ushbu suv havzalari atrofi qalin to‘qayzorlar bilan qoplangan, o‘simlik, hayvonot dunyosi va parrandalarga boy bo‘lgan, ko‘llarda baliqlar serob bo‘lib, ibtidoiy odam yashashi uchun to‘liq imkoniyat mavjud bo‘lgan. Lavlakon ko‘li qadimgi qirg‘oqlari gir atrofi bo‘ylab 300 dan ziyod neolit jamoalariga tegishli makonlar o‘rganilgan. Lavlakon 26 makonarxeologik manbalari miqdori va ilmiy qimmati bilan Quyi Zarafshon vohasi, Oqchadaryo havzasi, Mohandaryo makonlaridan deyarli qolishmaydi. Lavlakon neolit jamoalari moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari masalasiga kelganimizda yodgorliklar xronologiyasi va davrlanishlari Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari madaniyati davrlanishi va xronologik sxemasiga mos kelmaydi. Lavlakon yodgorliklari,xususan Qoraqata yodgorliklaritosh qurollari yasalish texnologik uslublari bilan Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari madaniyati dan farq qiladi. Lavlakon yodgorliklari tosh industriyasi o‘ziga xos xususiyatlaridan biri nisbatan tosh qurollarining mikrolitlashganligi hisoblanadi. Lekin, lavlakonliklarning mikrolit qurollari tarkibida «shoxli trapetsiyalar» mutloqa uchramaydi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, Qoraqata botiqligi markaziy qismlaridan (Lavlakon makonlaridan atigi bir necha o‘n kilometr sharqroqdagi sarhadlar) topib o‘rganilgan neolit jamoalari makonlari moddiy madaniyati o‘z xususiyatlariga nisbatan o‘zgacharoq madaniyatga tegishli bo‘lib chiqdi. Aniqrog‘i, bu makonlar o‘zining ko‘p jihatlari bilan Quyi Zarafshon madaniyatiga o‘xshash bo‘lsa-da (hatto «shoxli trapetsiya» qurollari ham uchratildi), lekin tosh industriyasi paraqali qismi mikroparaqali elementi bilan O‘rta Zarafshon vohasi sazog‘on jamoalari paraqa qurollariga o‘xshashligi borligi aniqlandi. Bu madaniy o‘xshashlik Qizilqum ichki hududlari boshqa sarhadlaridan topib o‘rganilgan makonlar moddiy madaniyatida ham qisman kuzatiladi.Lavlakon jamoalari turmushlarida ishlatilgan sopol idishlar o‘z shakli yasalish usullari bilan Kaltaminor jamoalarinikiga aynan o‘xshash. Faqatgina idishlar devorlari sirtiga berilgan naqshlar o‘ziga xoslilik jihatlari bilan farqlanadi.5 Quyi Zarafshon, Oqchadaryo havzasi neolit jamoalari idishlaridan farqli o‘laroq o‘rta va so‘nggi neolit bosqichlarida bu jamoalar idishlarida hukmron mavqeni chiziqli emas, balki arratishli ko‘rinishdagi naqshlar egallaydi (chamasi 40%). Kaltaminor madaniyati sopol idishlari asosiy naqshi hisoblangan to‘lqinsimon ko‘rinishli naqshlar deyarli uchramaydi. Idishlarda Kaltaminor jamoalari madaniyati so‘nggi bosqichlariga xos bo‘lgan «tebranuvchi», «sakrovchi taraqsimon» ko‘rinishidagi naqshlar umuman uchramaydi. Bu kabi xususiyatlar Lavlakon jamoalari moddiy madaniyatining o‘ziga xosligini ko‘rsatadi.Yuqorida zikr etilgan, lavlakon neolit jamoalarining o‘ziga xos xususiyatlari mutaxassis olimlarga lavlakonliklar madaniyatini Kaltaminor tarixiy madaniy jamoalari madaniyati chegarasida mahalliy madaniy variant deb ajratish imkonini bergan. Ko‘llarning o‘ziga xos geografik jihatdan joylanishi ham shu o‘ziga xoslikka ta’sir etgan bo‘lishi mumkin. Lavlakon ko‘li atroflarida, shuningdek, Qizilqum ichki hududlari ko‘pgina sarhadlarida jamoalar turli zeb-ziynat, yasan-tusan taqinchoqlar yasashda feruza toshlaridan keng foydalanganlar. Qizilqum sarhadlarida o‘ndan ortiq bu tosh konlari tadqiq etilgan. Hattoki, Lavlakon makonlaridan (xuddi Beshbuloq hududidagidek) ushbu toshga maxsus rang beradigan ixtisoslashgan ustaxonalar qoldiqlari ham topib o‘rganilgan.Shunday qilib, kaltaminar tarixiy-madaniy jamoalar madaniyati - Oqchadaryo, Lavlakan hamda Quyi Zarafshon kabi mahalliy madaniy variantlar majmuasidan iborat. Ular umummadaniyat tarkibida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Yuqorida zikr etilganidek, kaltaminorliklar nisbatan kengroq sarhadlarga tarqalishib yashaganlar. Jamoalar turli ekologik sharoitlarga tushib qolishgan va ularni o‘rab turgan atrof-muhit esa turmush tarziga ta’sir etib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan bir-biridan farqlanuvchi madaniyatlar yaratilishiga sabab bo‘lgan va ular mahalliy madaniy variantlar sifatida namoyon bo‘lgan.


Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish