O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi o„zbekiston milliy universiteti



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/111
Sana29.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#718269
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111
Bog'liq
geoekologiya oquv qollanma

Axborotning to„liqligi prinsipi.
Ushbu prinsip aholining ekologik 
ong va madaniyatini ko‗tarishda, tabiatga nisbatan muhofaza qilish hissini 
shakllantirishda o‗zlari yashayotgan tabiiy muhit (geotizim) ning ekologik 
holati haqida haqqoniy, tezkor ma‘lumotlarni yetkazishni talab etadi. 
Chunki aholining ekologik madaniyatini oshirish, ekologik qonunlarni 
buzmasliklari va tabiiy muhitga zarar yetkazmasliklari ularning o‗zlari 
yashayotgan atrof tabiiy muhiti haqidagi axborotlarga ko‗proq ega 
bo‗lishlari bilan bog‗liq. Geotizimlarning maxsus faoliyati va 
mexanizmlari haqida mutlaqo ishonchli, ilmiy asoslangan ma‘lumotga ega 
bo‗lmay turib uni yaxshilashga (o‗zlashtirishga) urinish osongina zarar 
keltirishi mumkin. Shuning uchun ham ―tabiatga inson ta‘siri oqibatlarini 
o‗rganish va bular qanday natijalarga olib kelishini oldindan bilish uchun 
tabiatda, geotizimlarda, ularning komponentlarida inson xo‗jalik faoliyati 
bevosita vujudga keltirgan o‗zgarishlar bilan birga komponentlarning 
o‗zaro aloqalarida, muvozanatida ro‗y bergan o‗zgarishlarni tadqiq qilish 
juda muhimdir‖ (G‗ulomov, 2008). Shuningdek, geotizimlarning genezisi, 
strukturasi, geofizik va geokimyoviy tuzilishi haqida ilmiy asoslangan 
ma‘lumotlarga ega bo‗lmasdan ―rejalashtirilgan va loyihalangan maqsadga 
erishishdagi dastlabki yutuqlar hammani shodlantiradi va hali hech kim 
kutmayotgan, keyinchalik ro‗y berishi mumkin bo‗lgan salbiy oqibatlarni 
unutishga, o‗ylab ko‗rmaslikka olib keladi. Buning oqibatida tabiatda 
muayyan o‗zgarishlar ro‗y beradi, tabiatning aks ta‘siri unga bo‗lgan ta‘sir 
hajmidan bir necha barobar ortiq bo‗lishi va qimmatga tushishi mumkin‖ 
(Novikov, 2002). Bunga Orolbo‗yida sodir bo‗layotgan ekologik va 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni misol qilib keltirish mumkin.
Xilma-xillikning zarurligi prinsipi.
 
Geotizimlar mutlaqo bir xil 
elementlardan iborat bo‗lishi maqsadga muvofiq emas. O‗zaro tafovut, 
o‗zaro aloqador elementlarning ko‗pligi geotizimlarning barqarorligini 
ta‘minlash uchun lozimdir. Shu o‗rinda O.Marshning ―chuqur 
ixtisoslashgan geotizimlarning yemirilish imkoniyatlarini yuqoriligi 
qoidasi‖ni ta‘kidlash ayni muddao. Ko‗proq ixtisoslashgan geotizimlar 
(antropogenlashgan landshaftlar) ning keyinchalik adaptatsiyaga genetik 
zahiralari 
kamayganlari 
tezroq 
yemiriladi. 
Masalan: 
―choy‖, 
―makkajo‗xori‖, ―paxta‖, ―sholi‖ va boshqa antropogenlashgan 
landshaftlar. ―Ob-havodagi ozgina o‗zgarish yoki ayrim kasallik va 
zararkunandalar bunday landshaftlarni birdaniga xarob qilishi mumkin. 
Shularni hisobga olib muhofaza qilish tadbirlarini qo‗llayotganda, 
geotizimlarni o‗zgartirayotganda va yaxshilayotganda uning ko‗p elementli 
bo‗lishiga hamda ko‗proq mahalliy elementlardan foydalanishga e‘tiborni 


126 
qaratish zarur‖ (G‗ulomov, 2008). Shundagina geotizimlar tabiatni 
muhofaza qilish to‗g‗risidagi qonunda ko‗rsatilganidek ―fuqarolarning 
hayoti uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‗lish huquqini ta‘minlash‖ ga 
qodir bo‗ladi. Konstitutsiyamizga binoan har bir inson bu dunyoga kelgan 
kundanoq toza suvdan ichish, toza havodan nafas olish, go‗zal tabiat 
qo‗ynida hordiq chiqarish va estetik zavq olish, o‗zi uchun zarur bo‗lgan 
tabiat ne‘matlaridan foydalanish huquqiga egadir. Insonlarning mazkur 
huquqini imkoni boricha ta‘minlash uchun ushbu prinsipga muvofiq 
geotizimlarning xilma-xil elementlardan iborat bo‗lishiga alohida e‘tibor 
qaratmoq lozim. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish