O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi o„zbekiston milliy universiteti


Geotizimlarning strukturali dinamik xususiyatlarini hisobga olish



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/111
Sana29.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#718269
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   111
Bog'liq
geoekologiya oquv qollanma

Geotizimlarning strukturali dinamik xususiyatlarini hisobga olish 
prinsipi.
Geotizimlarning rivojlanish tarixi ularning strukturasi va 
dinamikasida ifodalanadi. Ularni o‗rganish orqali tabiatni muhofaza qilish 
va undan foydalanish tadbirlarini amalga oshirish natijasida kelajakda yuz 
berishi mumkin bo‗lgan o‗zgarishlarni baholash imkoni bo‗ladi. Bunda 
strukturaning barqaror elementlari va rivojlanish yo‗nalishlarini kelajakda 
ham saqlab qolish imkoniga ega bo‗linadi. Geotizimlarning tashqi omillar 
ta‘sirida o‗zgarishida ularning strukturasi va taraqqiyot dinamikasi 
quyidagi maqsadlarda o‗rganilishi lozim: geotizim va uning 
komponentlarini holati hamda xususiyatlarini baholash, antropogen 


123 
ta‘sirga nisbatan barqarorlik imkoniyati, o‗zini-o‗zi boshqarishi, tabiiy 
muhitni boshqarishi va h.k. Tabiat komponentlarining barcha xususiyatlari 
maqsadga muvofiq ravishda o‗rganilishi lozim. 
Tog‗ jinslari. Ularning birinchi suv o‗tkazmaydigan qatlamgacha 
bo‗lgan qismini geofizik va geokimyoviy xususiyatlari, suv o‗tkazish 
xususiyatlari, yotqiziqlarning joylashuvi, qalinligi, tarkibi va boshqalarni 
o‗rganish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Rel‘ef xususiyatlari. Tabiatni muhofaza qilish va oqilona 
foydalanishda rel‘efning quyidagi funksiyalarni bajarishi hisobga olinishi 
lozim: texnogen mahsulotlar va kimyoviy moddalarning to‗planishi (berk 
botiq), yoyilishi (tog‗ oldi, yoyilma konuslari), moddalarning tranzit oqib 
o‗tishi (daryo vodiysi), grunt suvlarning turli tezlikda yotiq harakati 
(o‗ydim-chuqurlik, nishablik) va h.k. Rel‘ef shakllari (qabariq, botiq, 
tekislik) turli eroziya, deflyasiya kabi tabiiy geografik va geokimyoviy 
jarayonlarning shakllanishi va rivojlanishiga katta ta‘sir etadi.
Yer osti va yer usti suvlari. Ularning oqim tezligi va oqim miqdori 
moddalarning bir joydan boshqa joyga siljishiga, eritilishi, to‗planishi, 
minerallashuv darajasi va tipining o‗zgarishiga, tuproq va gruntning 
yuvilishiga ta‘sir etadi. Organik moddalarning mavjudligi og‗ir metallarni 
eritishga ta‘sir etadi, ularning migratsiyasini kuchaytiradi hamda 
sug‗oriladigan yerlarda tuproqda tuz to‗planishi va irrigatsiya 
eroziyasining turlicha bo‗lishiga faol ta‘sir etadi. Suvlarning o‗zini-o‗zi 
tozalash qobiliyati oqim tezligiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liq.
Tuproqlar. Ularning gumus miqdori, tuz maromi, fizik xususiyatlari 
yerda mahsuldorlik, tuz to‗planishi (yoki yuvilishi) grunt suvlarning tik 
yoki yotiq harakatini belgilaydi. Tuproqning o‗zini-o‗zi tozalash xususiyati 
uning mexanik tarkibi, rel‘ef xususiyati, yog‗in-sochin va boshqa omillar 
bilan belgilanadi. 
O‗simlik qoplami – hududda eroziya, deflyasiya, atrof tabiiy 
muhitning ifloslanishi, turli tabiiy (biogeokimyoviy) jarayonlarning 
dinamikasi, tabiatda modda almashinuvi kabi hodisalarning yuz berishiga 
ta‘sir etadi.
Iqlim omili. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirishda atmosfera 
stratifikatsiyasining holati, turli tezlik va yo‗nalishdagi shamollarning 
mavjudligi, botiq hududlarda havo massalarining berk sirkulyasiyasi, 
ultrabinafsha nurlarning intensivligi va momaqaldiroqli kunlarning miqdori 
(momaqaldiroqlar texnogen mahsulotlarning achishi natijasida havoning 
ifloslanishini tozalaydi va yog‗in bilan birga atmosferadan chiqib ketishini 
ta‘minlaydi); yog‗in-sochinning davomiyligi va zichligi, tumanli 


124 
kunlarning miqdori va atmosferani ifloslantiruvchi yoki tozalovchi boshqa 
omillar haqida to‗la ma‘lumotlarga ega bo‗lish lozim.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish