O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi o„zbekiston milliy universiteti



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/111
Sana29.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#718269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
geoekologiya oquv qollanma

vazifasi

geoekologik omillar va indikatorlarni aniqlash
geoekologik baholash, geoekologik monitoring, geoekologik prognozlash, 
bo‗yicha nazariy bilimlarni shakllantirish; geotizimlarda bo‗layotgan tabiiy 
va antropogen jarayonlarni o‗rganish, ularning geoekologik vaziyatini 
aniqlash, geotizimlarning inson uchun ekologik qulay yoki noqulaylik 
darajasini baholash, geoekologik vaziyatni yaxshilash va tabiiy muhitni 
optimallashtirish chora-tadbirlarini loyihalash va boshqalar bo‗yicha 
amaliy ko‗nikma va malaka hosil qilishdan iborat. 



I BOB. GEOEKOLOGIYANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1.
 
Ekologiyaning umumiy masalalari. 
 
Atrof-muhitni sog‗lomlashtirish, aholini ichimlik suvi, ekologik toza 
oziq mahsulotlari bilan ta‘minlash, biologik xilma-xillikni asrash, iqlim 
o‗zgarishlarining oldini olish dolzarb muammolar hisoblanadi va ularni 
ijobiy hal qilish insoniyatning kelgusi taraqqiyotini belgilaydi. 
Hozirgi mavjud ekologik muammolarni o‗rganish, ularni tushunib 
yetish va zarur tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun har bir 
inson Koinot, quyosh, Yer, notirik va tirik tabiatning uyg‗unligi 
to‗g‗risidagi bilimlarga ega bo‗lishi lozimdir.
Ekologiya biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. 
ekologiya tushunchasi fanga birinchi bо‗lib 1866 - yilda nemis biologi 
E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya – yunoncha sо‗z bо‗lib, uning 
ma‘nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan 
о‗zaro munosabatini bildiradi. 
Umumiy ekologiya to‗rt bo‗limga bo‗lib o‗rganiladi: autekologiya, 
populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera. 
1. Autekologiya ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan 
о‗zaro munosabatini, turlarning qanday muhitga kо‗proq va uzviy 
moslashganligini о‗rganadi. 
2. Populyatsiyalar ekologiyasi populyatsiyalar tuzilmasi va 
dinamikasi, ma‘lum sharoitda turli organizmlar sonining о‗zgarishi 
(biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi. 
3. Sinekologiya biogeotsenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim 
о‗simlik va hayvon turlarining о‗zaro aloqasini hamda ularning tashqi 
muhit bilan munosabatini о‗rganadi. 
4. Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi 
ta‘limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta‘limotning asoschisi V.I.Vernadskiy 
hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya‘ni Yer qobig‗idagi 
mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi. 
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, 
mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika 
taraqqiyotining ta‘siri natijasida ekologiya tushunchasi о‗ta kengayib ketdi. 
Fanga ―Inson ekologiya‖si degan atama ham kirib keldi. Insonni tashqi 
muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. 
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil amerikalik olimlar 
Borjes va Park tomonidan kiritildi. Dastlab inson ekologiyasi tibbiy soha 



bо‗limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, me‘moriy, 
iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham о‗rganildi. Inson ekologiyasi insonni 
atrof-muhitga va aksincha, muhitning insonga ta‘sirini о‗rganadi. Inson 
ekologiyasini о‗rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga keldi. Unga 
birinchi bо‗lib Raderik Mak Kenzil ta‘rif bergan. 
Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning predmeti 
inson bilan uning atrof-muhit о‗rtasidagi xususiy bog‗lanishlarini 
о‗rganishdan iborat. 
Shunday qilib, ekologiya bugungi kunda tibbiy va ijtimoiy fanlar 
jumlasiga kirib, о‗rganilayotgan ob‘ekt yoki tizimni atrof-muhit bilan 
munosabatini keng miqyosda tadqiq etadi. Bir hujayrali sodda tuzilishdagi 
bakteriyalar, zamburug‗lar, о‗simlik, hayvonlar va ularning hamjamoalari, 
biosfera, shuningdek inson ham ekologiya fanining ob‘ekti bо‗lib xizmat 
qiladi. 
Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog‗lanishini 
ifoda etar ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini 
tashkil etadi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish