O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi o„zbekiston milliy universiteti



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/111
Sana29.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#718269
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111
Bog'liq
geoekologiya oquv qollanma

 
 
2.4. Atmosferaning xususiyati va ekologik muammolari. 
 
Yer yuzida yashaydigan barcha tirik organizmlar uchun havo eng 
asosiy omil hisoblanadi. Inson bir kecha-kunduzda o‗rtacha 25 kg havoni 
nafas organlari orqali oladi. Odam oziq-ovqatsiz besh haftadan ortiq, 
suvsiz bir hafta yashashi mumkin, lekin havosiz 5 daqiqa ham yashay 
olmaydi. Shundan ham ko‗rinib turibdiki, havo inson hayoti uchun 
benihoya katta ahamiyatga egadir. 
Havoning tarkibida o‗rtacha 21 % atrofida kislorod bo‗ladi, ana shu 
gaz miqdorining kamayib ketishi yoki o‗ta yuqori bо‗lishi ham turli 
halokatlarga olib kelishi mumkin. Tabiatdagi eng buyuk muvozanat Yer 
sharining barcha hududlarida kislorodning mo‗tadillashib turishidadir. 
Agar kislorodning miqdori 25 % ga yetsa, daraxtlar va yog‗och 
mahsulotlari yomg‗irda ham yona boshlaydi yoki uning miqdori 10 % ga 
tushib qolsa hech qanday olov yoqishning imkoniyati bo‗lmaydi. 
Atmosfera havosini kislorod bilan ta‘minlab turuvchi asosiy omil bu 
o‗simliklar olami, o‗rmonlar hisoblanadi. Masalan, Janubiy Amerikadagi 
Amazonka chakalakzor o‗rmonlari yer yuzining ―o‗pkasi‖ deb baholangan. 
Havo tarkibida 78,09 % azot moddasi bolib, azot hayotning asosini 
tashkil etadi, bu ham tiriklik uchun o‗ta zarur elementlardan biri 
hisoblanadi. Havodagi karbonat angidrid gazi 0,03 % atrofida bo‗lib, bu 
ham, o‗z navbatida, fotosintez jarayoni uchun asosiy omil hisoblanib, 
energiyani to‗plashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida qayd etilgan 
moddalar yer sharining barcha joylarida qariyb bir xil holatda uchrashi 
tabiatning buyuk yaratuvchi ekanligiga yana bir karra iqror bo‗lishimizga 
sabab bo‗ladi. 
Atmosfera havosi barcha tirik organizmlami kosmik nurlardan 
himoya qilib turadi va sayyoramizdagi issiqlikni inson uchun zarur bolgan 
meyorda saqlaydi. Mabodo havo qobig‗i bo‗lmaganida edi, yer yuzasidagi 
harorat kunduzi +100 daraja, kechasi —100 daraja bo‗lar edi. 
Atmosfera havosining tashqi ta‘sirlar, ya‘ni kosmik changlar, 
meteoritlar va Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarni, birinchi 
navbatda, qaytaradigan shunday qobiq borki, uni ozon qavati deb aytiladi. 


68 
Ozon qavati zichlashtirilsa, qalinligi 3-5 sm atrofida bo‗lib, yer sathidan 
22-25 km yuqorida joylashgan, uni olimlarimiz ―biologik qalqon‖ deb ham 
ataydilar. 
Ozon qatlamiga bo‗ladigan ichki ta‘sirlarga insoniyat faoliyati kuchli 
ta‘sir etmoqda. Kosmik parvozlar, reaktiv samolyotlar parvozi, 
avtomobillar va boshqa manbalardan chiqayotgan gazlar, ayniqsa, sovitish 
tizimlaridagi freon gazi bu qatlamning yemirilishiga kuchli ta‘sirini 
ko‗rsatmoqda. 
0‗tgan XX asrda, ayniqsa, uning ikkinchi yarmidan keyin 
sayyoramizdagi barcha mamlakatlarda sanoat, transport vositalari va 
qishloq xo‗jaligi tez sur‘atlarda rivojlandi. Aholisi bir necha milliondan 
iborat yirik, sanoati taraqqiy etgan shaharlar paydo bo‗ldi. Sanoat 
korxonalaridan, ayniqsa, kimyoviy moddalar ishlab chiqaradigan 
zavodlardan, transport vositalaridan, qishloq xo‗jaligida qo‗llanilayotgan 
moddalardan, otilayotgan vulqonlardan hamda neft mahsulotlarining yoqib 
yuborilishidan chiqqan zaharli gazsimon moddalardan atmosfera havosi 
ifloslanmoqda. 
Mutaxassislarning hisob-kitobiga qaraganda, so‗nggi yuz yil ichida 
inson faqat yonilg‗i hisobiga havoga 400 mlrd tonnadan ortiq is gazini 
chiqargan. Shuningdek, oltingugurt oksidi, azot oksidi, ammiak, xlor va 
boshqa gazlar havoga turli miqdorda chiqarilib turilmoqda. 
Atmosferada karbonat angidrid gazining ko‗payib borishi natijasida 
o‗ziga xos ―issiqxona‖ vujudga keldi. Bu esa Yer havosi haroratining 
oshishi xavfini tug‗dirdi. 
Har yili sayyoramizda ishlab chiqarish ehtiyojlari va yonish 
jarayonlari uchun 10 mlrd tonnadan ortiq kislorod sarflanadi. Biosferada 
kislorodning miqdorini tiklovchi va ko‗paytiruvchi yashil o'simliklar 
maydoni yildan yilga kamayib bormoqda. Oqibatda kelajakda atmosferada 
kislorodning kamayish xavfi tug‗ilmoqda. 
Atmosfera havosi avtomobillardan chiqqan zaharli gazlar tufayli eng 
ko‗p ifloslanmoqda. Hozirgi vaqtda avtomobillar sonining ko‗payib borishi 
atmosfera va uning yerga yaqin qatlamlarida azot, oltingugurt, uglerod 
gazlari, qo‗rg‗oshin birikmalari va boshqa zaharli moddalar miqdorining 
ko‗payib ketishiga olib kelmoqda. Avtomobillaming ko‗p qismi shaharda 
mavjud bo‗lgani uchun ulardan chiqqan zaharli moddalar shaharlarda zich 
joylashgan aholi sog‗lig‗iga ko‗proq ta‘sir etadi. 
Atmosfera havosini avtomobillardan ifloslantirmaslik uchun ularning 
dvigatellarini, ayniqsa, karburatorlarini takomillashtirish va nosozligining 
oldini olish, kelgusida elektroavtomobilga o‗tish, avtobuslarni trolleybus, 


69 
tramvaylar bilan almashtirish kabi choralarni ko‗rish katta ahamiyatga 
egadir. 
Ma‘lumki, atmosferaning quyi qatlami — troposferaning qalinligi 
10—12 km bo‗lib, unda havoning 80% i to‗plangan. Ushbu qatlamda suv 
va boshqa kimyoviy elementlarning aylanma harakati sodir bo‗ladi. Yer 
atmosfera havosining o‗rtacha harorati Yer yuzasidan qaytgan radiatsiya 
miqdoriga bog‗liq. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish