O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Oila ichidagi o‘zaro munosabatlar psixologiyasi



Download 87,12 Kb.
bet4/12
Sana27.06.2022
Hajmi87,12 Kb.
#709982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hayitov Bobur kurs ishi 3 kurs oila psixologiyasi 111

2.Oila ichidagi o‘zaro munosabatlar psixologiyasi
Oila- o‘ziga xos ijtimoiy birlik bo‘lib, uning asosida er-xotin ittifoqi, qarindoshlik munosabatlari, maishiy hayot birligi, axloqiy va huquqiy ma’suliyat hamda jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ota-onalarning bolalarini tarbiyalashi bo‘yicha va farzandlarning o‘z ota-onalari uchun muayyan majburiyatlari turadi.
Oila hayoti shaklining davrlari-oilaning shakllanishidan boshlab parchalanishigacha o‘zgarishlari dinamikasini tavsiflovchi kategoriya. Oila funksiyalari-oila va uning a’zolari yashashi va faoliyatini namoyon qilish usuli, oila funksiyalari tarixidir va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan chambarchas bog‘liq.
-Oilaning hissiy-emotsional muloqot funksiyasi – bu uning o‘z a’zolari o‘rtasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o‘rtasida mehr-oqibat, o‘zaro g‘amxo‘rlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir.
-Oilaning tarbiyaviy funksiyasi – madaniy, ma’naviy merosni avloddan-avlodga uzatish, yosh avlodni tarbiyalash, jamiyatni madaniy merosini ta’minlab turishdan iborat.
-Jismoniy quvvatni ta’minlash funksiyasi – oila a’zolarining jismonan sog‘, tetik va o‘zini yaxshi his qilishlarini ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan sharoitlarni nazarda tutad.
-Ma’naviy muloqotni ta’minlash funksiyasi – odamning o‘z nasl-nasabi, ma’naviy-madaniy an’analari bo‘lishiga intilishidan kelib chiqadi.
-Reproduktiv funksiya – bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va goism‘lishdek baxtga muyassar bo‘lish, davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishiga ham xizmat qiladi.
-Baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish funksiyasi ham o‘ta muhim bo‘lib, aynan oila har bir a’zosining muammolarini echish, uni tashqi turli ta’sirotlardan himoyalash, kerak bo‘lsa, unda himoya immunitetini shakllantirishga yordam beradi.
-Iqtisodiy xo‘jalik funksiyasi – uy xo‘jaligini yuritish, oila a’zolarining moddiy, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish.
Er-xotin orasidagi emotsional munosabatlardan biri bo‘lgan er-xotinning bir-biriga bo‘lgan muhabbat teng ko‘rinishda bo‘ladi. Lekin ota-ona va bola orasidagi munosabatlarda ota-ona va bola muhabbati har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Ota-ona tomonidan emotsional aloqa ota-ona (roditelskoy lyubvi) muhabbati, ya’ni onalik muhabbati mehri, otalik muhabbati ko‘rinishida, bola tomonidan esa avval bog‘lanish ko‘rinishda, so‘ng o‘g‘il yoki qiz (farzandlik) muhabbati ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Ota-onaning bolaga bo‘lgan muhabbati o‘zini tarixiga ega. XVIII asrgacha “roditelskaya lyubov” alohida xislat sifatida ko‘rilmagan. Ota-ona munosabatlari jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ijtimoiy-madaniy talablar ko‘rinishida bu tarbiya, goism ruhiy va jismoniy sog‘lomligi, goism nazorat qilish va jazolash ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Buning sababi tug‘ilish va bolalarni o‘limining yuqori bo‘lmaganligidadir. O‘rta asrlarda 5 yoshgacha bo‘lgan bola orasidagi o‘lim 30%ni tashkil etgan Evropada. Bolalar ko‘p bo‘lganligi uchun ota-onalar har bitta bolaga alohida mehr bera olishmagan faqat XVIII asrdan boshlab Evropada onalik mehri majburiy xislat deb tan olingan.
Ota-onaning bolaga bo‘lgan emotsional munosabati quyidagi variantlarga bo‘linadi:
1. Shartsiz emotsional qabul qilish-hech narsaga qaramay farzandni yaxshi ko‘rish;
2. Shartli emotsional qabul qilish- goism xulq-atvori, yutuqlariga qarab yaxshi ko‘rish;
3. Ambivalent emotsional munosabat – bolaga nisbatan ijobiy va salbiy munosabatlarning qo‘shilib ketgani. Masalan: muhabbat va nafrat;
4. Indifferent munosabat-befarqlik, sovuqqonlik, masofa saqlash, past empatiya;
5. Emotsional inkor etish.
Onalik mehri- bu tabiatan berilgan goismv instinktdir. Lekin boladan voz kechish holatlari ham uchrab turadi. Bunday ayollarni psixologik xususiyatlari o‘rganilganda bu holatni yuzaga kelishiga ayolning emotsional holatini krizisi, ehtiyojini buzilishi, ijtimoiy holatlar sabab bo‘ladi. Bolani qabul qilish yoki inkor etish shaxs tipining turlariga bog‘liq. Rus olimlari M. Rodionova, F.E. Vasilyuklar shaxs tiplarini 4ga ajratishgan:
1. goismve
2. goismve
3. qadriyatli
4. ijodiy

Infantily tip Bu tipdagi ayollar bolaga nisbatan keskin qarshi qaraydi, ya’ni, “mening baxtslizligim sababchisi – bola” deb qabul qiladi. Agarda goism qabul qiladigan bo‘lsa ham, unda u “goism- tanamning bir qismi”- degan munsabatda bo‘ladi. Bunaqa onani anamnezi so‘ralsa, u yoshligida ona tomonidan inkorlik va ona mehrini ko‘rmaganligi kelib chiqadi. Bunday ayollar homiladorlik paytini ahamiyatsizlik bilan o‘tkazadi, “nima bo‘lsa bo‘lar” degandek. Tug‘ishdan avval yoki tuqqandan so‘ng onsongina rad etadi, bunda una hech qanday kechinmalar, vijdon azobi kuzatilmaydi.


Realistik tip-bolani rad etish- maqsadga qaratilgan hodisa bo‘ladi. Bu tipdagi ayollar hammasini ma’qul va qarshi tomonlarini o‘lchab ko‘radi. Bunda u o‘zini manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bolaga asbobga qaraganday munosabatda bo‘ladi: kerak bo‘lsa qoldiradi, foydasi bo‘lmasa inkor etadi. Masalan, bola uy-joy masalasi bo‘yicha foyda bersa, ular vijdon azobisiz tug‘ruqxonaga qaytib kelib goism qaytarib oladilar. Bu tipdagi ayollarni psixologik xususiyatlari: ularda tabiiy onalikka bo‘lgan ehtiyoj past darajada va odatda empatiya ham past darajada bo‘ladi. Apamnezida-o‘zi voyaga etgan oilasiga nisbatan sovuqqon, bosiq. Bolani hech qanday emotsional kechinmasiz oson rad etadi.
Qadriyatli tip-onalik qimmati juda yuqori, ular uchun ijtimoiy holati, mablag‘I katta ahamiyatga ega, shuning uchun bu tomoni to‘g‘ri kelmasa konfliktli kechinmalarga olib keladi. Bu holat homilador davrida va bola dunyoga kelgandan so‘ng ham davom etadi. Oqibatda onada aybdorlik hissi, xavotirlik paydo bo‘ladi, bu esa o‘zini himoya qilish uchun bolaga nisbatan bo‘lgan munosabati yaxshi bo‘lmaydi. Ularda doimiy motivlar kurashi, qaror qabul qilish qiyin bo‘ladi.
Ijodiy tip- bu tipdagi ayollarda goism inkor etish darajasi judayam past, agar ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lganda ham. Ularda tabiiy onalik instinkti kuchli, bolaga mehri kuchli.

Download 87,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish