Eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalar hissiy emotsional iroda sferasining tasnifi Logopediya Kechki yo`nalishi 102- guruh talabalari Sodikova Dildora Shayzakova Maftuna Eshitishida nuqsoni bo'lgan bola tarbiyalanayotgan ijtimoiy sharoit uning shaxs sifatlari shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda, ijtimoiy tajriba jarayonida bola shaxsi rivojlanadi. Atrofdagi ijtimoiy muhit bola ijobiy munosabatlar tizimidagi o'rnini aniqlashga imkon beradi So'zlashuv muloqotining buzilishi kar bolani atrofdagilardan uzoq- lashtiradi, ijtimoiy tajribani egallashda qiyinchiliklarni tug'diradi. Nutqning rivojlanishida orqada qolish bolani o'zini, boshqalarni emotsional holatini tushunishga to'sqinlik qiladi, o'zaro munosa- batlar shakllanishini sekinlashtiradi. Badiiy adabiyotlar bilan kech tanish kar bolaning emotsional dunyoqarashini chegaralaydi, badiiy asar qahramonlari va o'zgalar ruhiy holatini tushunishga to'sqinlik qiladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar hayotining birinchi kunlaridanoq atrofdagilar bilan to'liqsiz emotsional va nutqiy muloqot mavjudligi sababli ularning jamiyatga moslashuvi, ijtimoiylashuvida qiyinchilik tug'diradi. Xususan, V. Petshak kar bolaning emotsional rivojlanish holatini tadqiq etgan. Unda qu- yidagi o'zaro bog'liq muammolar o'rganilgan: I muammo — ijtimoiy sharoit — ota-onalar eshitish qobiliyatining saqlanish darajasiga ko'ra maktabgacha va maktab yoshidagi kar bolalarning emotsional rivojlanish va munosabatlarini aniqlash. II muammo — kar o'quvchilarning boshqa odam emotsional holatini tushunishi. Boshqalar ruhiy holatini tushunish darajasi bolaning emotsional holatini belgilaydi. O'zganing emotsional holatini tushunish uning yuz mimikasi, ovoz reaksiyalar, nutqiy intonatsiyalar, imo-ishora- larni idrok etishga olib keladi. Kar bolada o'zga odamga simpatiyani rivojlantirish darajasiga ko'ra, emotsional holatini tushunishi malakasi yuzaga keladi. Simpatiya — yoqtirish, boshqa odamning emotsional holatini tushunish va uning hayotiy sharoitiga kirishda asosiy omildir. Nutq rivojlanishining o'ziga xosligi ma’lum emotsional holatni ifodalovchi so'zlarni egallashga to'sqinlik qiladi. Yaqin qarindoshlari bilan emotsional-ijtimoiy muloqotda kar bolalarda muloqotga kirishuvchi odamlar imo-ishorasi, mimikasiga diqqat bilan qarash shakllanadi. Asta-sekin ular boshqa odamlar bilan mi- mik, imo-ishorali muloqotining tabiiy vositalarini egallaydilar. Bu atrofdagilar bilan so'zli muloqotni imo-ishoralar bilan to'ldiradi Maktabgacha davrda motivatsion ahamiyatga ega bo'lgan emotsiya, his-tuyg'u turi insonning atrofdagi predmet, hodisalarga munosabatidir. His-tuyg'uning shakllanishi murakkab va o'ziga xos yo'l sanaladi. Maktabgacha davrda his-tuyg'ular sujetli rolli o'yinlar faoliyatida shakllanadi. D.B.Elkonin odamlar o'rtasidagi munosabatlarni shakllanishida sujetli-rolli o'yinning roli kattaligini alohida ta’kidlaydi. Inson munosabati asosini tashkil etuvchi normalar bolaning ma’naviy va ijtimoiy tuyg'ulari manbayi sanaladi. Emotsiya va tuyg'u bevosita o'yin cheklanishlariga bo'ysunishda ishtirok etadi, bunda bola o'yin qoidalariga muvofiq o'z tuyg'ularini boshqarishga o'rganadi. Bola o'z tuyg'ularini jilmayish, kulish, mimika, imo- ishora, intonatsiya, harakatlar vositasida namoyon etishni o'rganadi. Tuyg'ular tilini o'rganib, ular anglangan holda, o'z emotsiyalarini bayon qiladi. Kichik yoshdagi kar bolalarda o'yin va nutqiy faoliyatning chegaralanganligi sababli ular o'rtoqlarini tushunmaydilar. Lekin o'zaro muhabbatni, tushunishni kutadilar, uydan ajralgan- lari uchun ulardan himoya, qayg'urishni kutadilar. Bog'chaga kelgan kunlarida bolalar o'rtog'iga yordamga kelmaydilar, bir- biriga muhabbat, mehr bilan qaramaydilar. Yil boshida kichik guruhdagi bolalarda uyda tarbiyalanish asosida shakllangan egoistik yo'nalish kuzatiladi (yangi yaxshi o'yinchoqni tortib olish, o'yinchog'ini o'rtog'iga bermaslik). O 'rta va yuqori guruhlarda o'rtoqlik va axloqiy tuyg'ularning rivojlanishida ijobiy ta’sirlar ko'rinadi. Sujetli-rolli o'yin, bayram, tug'ilgan kunlar o'tkazish ijobiy emotsional tuyg'uni shakllantirishga sabab bo'ladi. Bu o'rtog'ini qayg'urishlarini tushunishi, uning emotsiyalari, qiyinchiliklari ijobiy ta’sir ko'rsatadi. V Petshakning tadqiqot jarayonida ma’lum emotsional holatlarda, xursandchilik, g'am-anduh, qo'rquv, nafrat, befarqlik, hayrat emotsiyalari tasvir- langan edi. Tasvirlarni uch xil variantda tasniflash mumkin: shartli-sxematik; realistik; hayotiy sharoit (sujetli rasm). Emotsiyalarni kech anglash bir qator noxush oqibatlarga sabab bo'lishi mumkin. Xususan, adabiy qahramonlarni, ularning faoli- yatlari, qiliqlari, oqibat va sababini tushunish eshitishida nuqsoni o'lgan bolaning shaxs sifatlari shakllanishi va ijtimoiy-emotsional sferasi tarkib topishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. E`tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |