M. hududi aksari qismining bal. 1000—2000 m. Yirik togʻ tizmalari: Mongoliya Oltoyi (bal. 4362 m gacha), Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey. Togʻ tepalari, asosan, yasen. Jan. va jan.sharqida Gobi choʻlining bir kismi bor. Bu yerda vulkan tepalari qad koʻtargan. Shim. va shim.-gʻarbida bir necha soylik va vodiylar bor. M.ning sharqiy qismi shim.-sharq, jan. va jan.-sharq tomon pasayib boruvchi tekislikdir. Katta Koʻllar soyligi va Gobi choʻlida 30 ming km2 yer kum bilan qoplangan. M. hududidagi Markaziy Osiyo burmali mintaqasining shim. qismi kaledon, jan. qismi gersin burmalariga ajralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |