Esonxon (1440— 55 y.larda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543 y.larda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashgan Moʻgʻul davlatini tiklashga harakat qildilar. Dayanxonning oʻlimidan keyin mamlakat Jan. Moʻgʻuliston va Shim. Moʻgʻulistonga boʻlinib ketdi. Shim. Moʻgʻuliston ham oʻz navbatida Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-a.da M. ning uchala qismida jami 200 xonlik boʻlgan. 16-a. oxiriga kelib M.da budda dinining lamaizm yoʻnalishi yoyildi va 17-a. boshida davlat diniga aylandi. 1616 y.da Shim.-Sharqiy Xitoy hududida vujudga kelgan Manjurlar davlati 1634 y. Jan. Moʻgʻulistonni bosib oldi va uni Ichki Mongoliya deb atadi. 1688 y.da Sharqiy Moʻgʻuliston manjurlar asos solgan Sin sulolasi (1644— 1911) hokimiyatini tan oldi. Shundan keyin Sharqiy Moʻgʻuliston (hozirgi M. xududi) Tashqi Mongoliya deb atala boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |