O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Download 112,48 Kb.
bet1/8
Sana25.06.2022
Hajmi112,48 Kb.
#702460
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdujalilov (копия) (копия) (копия)



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo’nalishi 2-kurs talabasi


Abdujalilov Suhrobning
“Zamonaviy jamiyatda dinning ijtimoiy ahamiyati va uning davlat bilan o’zaro munosabati” mavzusida yozgan

KURS ISHI

Ilmiy rahbar: Sotsiologiya fanlari boʻyicha
falsafa doktori (PhD), dots.v.b. Ahmedova F.M.

Toshkent 2022


MUNDARIJA


KIRISH
I BOB. Din va Jamiyat
1.1 Din-tushunchasi hamda uning jamiyatda tutgan o’rni
1.2. Dinning jamiyatdagi funksiyalari
 
II BOB. “Vijdon erkinligi” ning kafolatlanganligi Davlat va Din munosabatlarida
2.1 Davlatning dinga munosabati

2.2 O‘zbekistonda e’tiqod erkinligini ta’minlashda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning faoliyati



UMUMIY XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


KIRISH

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya aʼzolari bag‘rikenglik tamoyili asosida tinch-totuv yashab kelishmoqda va diniy bag’rikenglik tamoyillari asosida o’z faoliyatlarini emin-erkin olib borishmoqda. Turli millat va din vakillarining har qanday tajovuzdan bexavotir o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etishlari jamiyat barqarorligining muhim ko‘rsatkichlaridan sanaladi. Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos ko’rinishi deyish mumkin. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi hamda axborot almashunuvi orqali g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi tobora jadal tus olmoqda. Ayniqsa, siyosiy maqsadlarga bo‘ysindirilgan, inson ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalari ko‘payib bormoqda. Bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, ko‘plab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solmoqda. Siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan aqidaparast oqimlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. So‘nggi yillarda “jihodchilar”, soxta “salafiylar” kabi diniy-siyosiy guruhlar, shuningdek, “Xizbut tahrir” diniy-ekstremistik guruhi respublikamizda faol harakat qilishga urinmoqdalar. Malumki, o’zbek xalqining 90% ko’p qismi islom diniga e’tiqod qilib kelmoqda, va shu jihatdan mamlakatimizda Islom olamidagi “muammolar” sanab o‘tilib, aybdorlar sifatida dunyoviy davlat va jamiyat ko‘rsatiladi. Ming taassufki, bizning yurtimizdan ham ayrim yoshlar ota-onasini qon yig‘latib Suriya, Iroq kabi fitna o‘choqlariga ketib qolmoqdalar.
U yerlarda manqurtga aylangan jallodlar va johillar yurtiga qurol o‘qtalib o‘z xalqi, ota-onasi va dindoshlariga tahdid bilan dag‘dag‘a qilishdek tubanlikka yuz tutyaptilar. Birgina joriy yilning 1-iyuniga qadar o‘tgan davr ichida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza bo‘limiga turli davlat idoralari tomonidan 800 dan ziyod diniy mazmundagi materiallar taqdim etildi1. Ushbu materiallarning aksariyat qismini aqidaparastlik g‘oyalari singdirilgan mahsulotlar tashkil etadi. Ularning aksariyati hozirgi kunda Iroq va Suriyada faoliyat yuritayotgan terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilishni da’vat etuvchi chaqiriqlar va videoroliklar tashkil etadi. Ayni vaqtda, bunday materiallar bilan huquqni muxofaza qiluvchi idoralari xodimlari tomonidan qo‘lgan olinganlar ichida endi voyaga yetgan o‘smirlar mavjud ekani bizdan alohida e’tibor talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, mustaqil hayotni boshlayotgan yoshlarimizni turmushda ularni og‘ir sinovlar kutib turayotgani, xususan, bizning yurtimiz, xalqimizga do‘st bo‘lmagan, soxta g‘oyalar bilan hali hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan o‘smirlarimizni oilasi va Vatanidan ayirib olib, o‘z manfaatlari yo‘lida qurbon qilishdek g‘araz maqsadlar ega kuchlar borligidan ogohlantirishimiz biz tadqiqotimiz ko’zlagan maqsadlardan biri, ayniqsa, diniy soha vakillarini kun tartibidagi asosiy masalasi hisoblanadi. O‘z navbatida, jamiyatimizda diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishini oldini olishda profilaktik va tushuntirish ishlari saviyasi va ta’sirchanligini tizimli ravishda kuchaytirib borish bugungi kunning hayotiy muhim masalasiga aylandi. Dindan o’z g’arazli maqsadlari yo’lida foydalanib, to’g’ri yo’ldan adashtirishga urinayotganlar ham yo’q emas.


Birgina misol joriy yilning dastlabki choragida davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar hodimlari bilan birgalikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatlari hududlaridi o’tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, jami a’zolari 25 nafar bo’lgan ikkita yashirin “jihodchilar” faoliyatiga chek qo’yildi. Jamoatlarning biri 2019-yilda tashkil qilingan bo’lib unga yetakchilik qilgan shaxs, o’tgan yili noyabr oyida Suriyada faoliyat olib borayotgan “Tavhid va Jihod katibasi” deya nomlangan xalqaro terroristik tashkilotiga borib qo’shilgan. Tezkor surishtiruv natijasida shuni ma’lum bo’ldiki, jamoa a’zolari Suriyada jangarilar safida bo’lgan o’z yetakchilari bilan muntazam aloqada bo’lgan, tergov davomida aksariyat aldangan yoshlar, hozirda yurtimizda taqiqlangan va terror tashkiloti a’zosi sifatida e’lon qilingan Abdulloh Zufar, Abu Saloh va Sodiq Samarqandiy kabi o’zlaridan ulamo yasab olgan soxta “shayh” larning ma’ruza va da’vatlari ta’sirida bunday qabih ishga qo’l urmoqchi bo’lishgan. Ayni damda yuqorida sanab o’tilganlarning “chaqiriq va da’vat” larini tarqatishga urunish qamoq ja’zosi bilan ja’zolanmoqda. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Ma’naviyat targ‘iboti markazi davlat idoralari va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishida dastur asosida tizimli faoliyat yuritmoqdalar. Targ‘ibot va tushuntirish ishlari OAV, Internet, tele- va radiodasturlardagi chiqishlar, o‘quv muassasalari, mahalla fuqaro yig‘inlari, turli tashkilot va korxonalarda ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish shakllarida amalga oshirilmoqda. Olimlar va ulamolarimiz, soha mutaxassislari tomonidan aqidaparastlikning turli ko‘rinishlarini fosh etuvchi qo‘llanmalar nashr etilib, aholining keng qatlamlari ichida tarqatilmoqda. O‘zbekistonda islom maʼrifatini tarqatish, o‘tmish ajdodlarning boy maʼnaviy merosini yanada chuqur o‘rganish olib borilayotgan diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan sanaladi.
Bu borada O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi va Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi tarixiy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda o‘tgan uch yilda ekstremistik guruhlarga aloqadorligi uchun nazoratga olingan 20 mingdan ziyod fuqaro «maxsus hisoblar» dan chiqarildi. Taqiqlangan tashkilotlarga adashib kirib qolgan, qilmishiga pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 1000 ga yaqin fuqaro Prezidentning afv etish haqidagi farmonlari asosida har yili ozodlikka chiqarilmoqda. Shuningdek, 2019-2020 yillarda tashkil etilgan “Mehr” operatsiyasi doirasida Yaqin Sharqning jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlaridan 318 nafar ayollar va bolalar Vatanga qaytarildi. Taqiqlangan diniy oqimlar safiga qo‘shilib qolgan fuqarolarni jamiyatga qayta moslashtirish bilan bog‘liq tizimli ishlar muntazam olib borilmoqda. O‘z navbatida, hukumat tomonidan islom dinini musaffoligini asrash, uni turli buzg‘unchi oqimlar g‘oyalaridan ayri ekanini yosh avlodga singdirishga qaratilgan tadbirlar ham tashkil etilmoqda.

Download 112,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish