O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi



Download 5,54 Mb.
bet82/96
Sana05.06.2022
Hajmi5,54 Mb.
#639487
TuriУчебное пособие
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96
Bog'liq
Амалий машғулотлар Эшова Х Х Садикова С

Ishning mazmuni: sutemizuvchilar umurtqali hayvonlar ichida eng yuksak darajada rivojlangan bo’lib, xilma-xil sharoitlarda yashashga moslashgan. Ularning boshqa umurtqali hayvonlarga nisbatan asosiy progressiv belgilari quyidagilardir:
1. Markaziy nerv sistemasi, ayniqsa oldingi miya katta yarim sharlarining kulrang moddasi - oliy nerv faoliyatining markazi yuksak darajada takomillashgan. Markaziy nerv sistemasining murakkab tuzilganligi bu hayvonlarga o’zgarib turadigan yashash muhiti ta’sirida yangi ko’nikmalarni oson va tez hosil qilish, ya’ni o’zgaruvchan sharoitga tez moslashuv imkonini beradi.
2. Tirik tug’adi va bolalarini sut bilan boqadi.
3. Termoregulyatsiyaning juda takomillashganligi tana tempuraturasining doimiyligini ta’minlaydi.
Yuqorida ko’rsatilgan progressiv belgilaridan tashqari, sutemizuvchilarda yana o’ziga xos tuzilish belgilari bor, ya’ni sutemizuvchilarning tanasi yung bilan qoplangan va ularning terisi turli bezlarga juda boy. Yuragi to’rt kamerali bo’lib, chap aorta yoyi saqlangan. Tishlari differensiallangan bo’lib, kurak, qoziq, kichik oziq va katta oziq tishlarga bo’lingan. Eshitish organi uch bo’limdan iborat bo’lib, o’rta qulog’ida uchta eshitish suyakchalari (uzangi, sandon va bolg’acha) bor.
Sutemizuvchilarda ana shunday tuzilishdagi progressiv belgilari asosida ular turli sharoitlarda yashashga yaxshi moslashgan. Geografik nuqtai nazardan sutemizuvchilar Antarktidaning markaziy qismidan tashqari dunyoning barcha qit’alarida tarqalgan. Ular hamma muhitda, ya’ni suvda, yer ostida, yer ustida va daraxtlarda yashaydi. Ayrim turlari uchishga ham moslashgan (99-100 rasmlar),
Tashqi tuzilishi. Kalamushning gavdasi - bosh, bo'yin, tana, dum va orqa xamda oldingi oyoqlarga bo'linadi. Tumshuqning pastki qismiga joylashgan og’iz teshigi harakatchan lab bilan o'ralgan. Yuqori lab ikkiga bo'lingan. Ko'zlarni shikastlanishdan asraydigan harakatchan yuqori va pastki qovoqlar bor. Qovoq chetida qattiq tuksimon kipriklar joylashgan. Ko'zning ichki burchagidagi uchini qovoq yoki yumgich parda rudiment (qoldiq) holda. Ko'zdan yuqorirokda elastik tog’ay skeletli quloq supralari joylashgan.
Tumshuqining uchida ikkita yoriqsimon burun teshiklari bor.
Dumining ostida orqa chiqarish teshigi bor, undan bir oz oldinda siydik — tanosil teshigi joylashgan. Urg’ochisida siydik tanosil teshigi kenggina yoriq shaklida, erkagida esa kichkina, erkaklik jinsiy a'zosining uchiga o'rnashgan. Voyaga yetgan erkak kalamushda jinsiy a'zoning ikki yonidagi, terisi ko'tarilib, xaltacha - yorg’oq hosil hiladi. Oldingi oyoqlari deyarli kalta va to'rt barmoqli, Orqa oyoqlari esa uzun kamda besh barmoqli bo'ladi. Barcha barmoqlari tirnoqli. Kalamushning uzun dumi siyrak tuklar bilan qoplangan bo'lib, ular orasida shoxsimon tangachalar ko'rinib turadi.
Kalamushning butun gavdasi junlar bilan qoplangan. Mo'yna ikki xil jundan: yo'g’on va uzun qildan va shu hillar tagiga o'rnashgan kalta va yumshoq tivitdan iborat. Tumshuqining uchidagi siyrak, uzun va juda kattiq tuklar - vibrissalardir. Bunday tuklar ko'z usti va oralig’ida, ustki va pastki lablarda hamda quloqlarining oralig’ida kam bo'ladi. Urg’ochi kalamushning qornida to'rt juftdan yetti juftgacha emchaklar bo'ladi.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish