O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi


-rasm. Daryo minogasining tashqi ko'rinishi



Download 5,54 Mb.
bet13/96
Sana05.06.2022
Hajmi5,54 Mb.
#639487
TuriУчебное пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
Bog'liq
Амалий машғулотлар Эшова Х Х Садикова С

62-rasm. Daryo minogasining tashqi ko'rinishi: 1 - og’iz oldi (so'rgich) voronkasi; 2 - toq burun teshigi; 3 - ko'zi; 4 - jabra haltachalarining tashqi teshigi; 5 - yon chiziq organining teshiklari; 6 - anal teshigi; 7 - orqa suzgich qanotlari; 8 - dum suzgich qanoti.

Yelka (dorzal) qismida dastlab toq bo'lgan suzgich qatlami qoldiqlari - ikkita orqa suzgichlari joylashgan. Keyingi suzgich qanot dumni o'rab oladigan dum suzgich qanoti bilan qo'shilib ketgan. O'ng skeleti dum suzgichini ikki teng qisimlarga bo'ladi, bunday birlamchi teng pallali dum suzgichini prototserkal dum suzgich deb ataladi (63-rasm).



63-rasm. Daryo minogasining og’iz voronkasi: 1 – og’iz teshigi; 2 - til; 3 - til uchidagi tish plastinkasi; 4 - ustki tish plastinkasi; 5 - pastki tish plastinkasi; 6 - ustki lab tishlari; 7 - yonbosh lab tishlari; 8 - mayda yonbosh lab tishlari; 9 - og’iz oldi voronkasini o'rab turgan teri popuklari.

Minoga terisidagi mahsus bezlar shilimshiq modda ajratib turadi. Minogada tashqi skelet (tangacha yoki tashqi skeletning boshqa ko'rinishdagi elementlar)ning hech qanday belgisi yo'q. Miotomlarni minoga tanasining bir qismidagi terisini: shilib tashlab, so'ng aniq ko'rish mumkin.


Ichki organlarining tuzilishi
Skeleti. Skeleti tog’ay va faqat biriktiruvchi to'qima pardalaridan iborat bo'lib, uning tarkibida suyak yo'q. O'q skeleti qalin biriktiruvchi to'qima pardasi bilan o'ralgan hordadan iborat. Juft mayda tog’aylar tizmasi hordaning ikki yon devorlari bo'ylab qator joylashgan. Bu tog’aylar biriktiruvchi to'qima pardasiga botib turadi. Ular orqa miya joylashgan kanalni yon tomondan chegaralaydi va ustki yoylar deb ataladi. Minoganing ustki yoylari umurtqalar murtagidir (64-rasm).

64-rasm. Minoganing skeleti: yonbosh tomondan ko'rinishi: 1 - miya qutisi; 2 - hidlash kapsulasi; 3 - eshituv kapsulasi; 4 - ko'z osti yoyi; 5 - halqa tog’ay; 6 - oldingi ustki tog’ay; 7 - ketingi ustki tog’ay; 8 - yon tog’aylar; 9 - tayoqchasimon tog’aylar; 10,11,12 - til osti toqayi; 13, 14 - jabra qutisi; 15 - yurak oldi to g’ayi; 16 - xorda; 17 - umurtqa o'simtasi murtagi.


Bosh skeleti juda sodda va o'ziga hos tuzilgan bo'lib, uch bo'limdan: 1) miya qutisi, 2) og’iz oldi voronkasi va 3) visteral apparat skeletidan iborat.
Miya qutisi (neyrokranium) bosh miya va sezgi organlarini himoya qiluvchi kapsula hisoblanib, bosh miyani yon atrofidan va qisman ostidan o'rab olgan. Miya qutisi kapsulasining tagida asosiy plastinka bor. Asosiy plastinka ikki pallali, serbar keyingi ustki tog’ay shaklida miya qutisidan oldinga qarab davom etadi. Miya qutisining oldingi qismiga toq hidlov kapsulasi taqalib turadi. Miya qutisi keyingi qisimining ikki yoniga bir juft eshituv kapsulasi o'rnashgan. Bular minoga bosh skeletining ohirgi qismini tashkil etadi, chunki to'garak og’izlilarda bosh skeletning ensa bo'limi butunlay rivojlanmagan.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish